2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) Reja



Yüklə 256,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix01.02.2023
ölçüsü256,85 Kb.
#82137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. 11



2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat) 
Reja: 
1. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. Personalni boshqarishning 
rivojlanish bosqichlari. 
2. Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlari. Personalni boshqarish va inson 
resurslarini boshqarish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. 
3. Inson resurslarini boshqarish vazifalari 
 
Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari 
 
Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu sohasiga oid 
g‘oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan yuzlab, hatto minglab yillar ilgari 
mavjud bo‘lganligini kuzatish mumkin. 
Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod etilishi bugungi kunda 
“personalni boshqarish” nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol 
bo‘la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og‘irlikka 
ega og‘ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan 
ancha olisda tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish va o‘rnatish 
puxta rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa, ehromlarni barpo qilayotgan, asosan 
qullardan iborat 100 ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o‘ttiz yil davomida 
boshqarib turish oson bo‘lmagan. 
Mehnatni tashkil etishning yuqori samarali usullari qadimgi Rim va Sharqda 
ham mavjud edi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib, nafaqat iqtisodiy, 
balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga dadil kirib bormoqda. 
Ayniqsa, buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy 
va boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta ahamiyatga egadir. 
Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo‘lganini butun dunyo tan 
oladi, Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora 
etish tartibi o‘z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur 
hokimi mutlaq bo‘lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi – bosh vazir boshliq 7 
vazirlikdan iborat arkoni davlat – Vazirlik Mahkamasi boshqargan. Vazirlardan biri 

Yüklə 256,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin