15
3-kitob 11 ta qoida va 37 ta teoremani o'z ichiga oladi, shu jumladan, aylanalar,
ularga o'tkazilgan urinmalar, vatarlar va ularning xossalariga bag'ishlangan. Bu
xossalarning hammasi Gippokrat tomonidan tekshirilgan.
4-kitob 7 ta qoida va 16 ta teoremadan iborat bo'lib, ular aylana tashqarisiga va
ichkarisiga chizilgan muntazam ko'pburchaklarga tegishlidir.
5-kitob 20 ta qoida, 4 aksioma va 25 ta teoremani o'z ichiga oladi.
6-kitob 5 ta qoida, 33 ta teoremadan iborat bo'lib, ular shakllar o'xshashligiga
bag'ishlangan, bu joyda 5-kitobda keltirilgan nisbatlar
va proporsiyalar nazariyasi
yordamida geometrik algebra metodini rivojlantirish, kengaytirish mumkinligi
ko'rsatilgan. Bu kitobi bilan geometriyaning planimetriya qismi tamom bo'ladi.
7-9-kitoblar arifmetika va sonlar nazariyasiga bag'ishlanadi. Bu kitoblari
progressiyalar, Yevklid algoritmi, tub, toq va juft sonlar haqidagi teoremalar
keltirilgan. Ko'p tarixiy manbalar bu bo'limni Yevklidning arifmetika kitobi deb ham
yuritadilar.
10-kitob irrasional ifodalarga bag'ishlangan. Bu o'rinda
Yevklid umumiy
o'lchovga ega bo'lgan va bo'lmagan miqdorlar haqida gapiradi. Bu kitob 115 jumla
(teorema) dan iborat bo'lib, 18 tasi umumiy o'lchovga ega bo'lgan miqdorlar haqida.
36-41, 73-78-teoremalar esa bikvadrat tenglamalar ildizi bo'lgan kvadrat
irrasionalliklarga bag'ishlanadi.
11-kitob 29 ta qoida va 39 ta teoremadan iborat bo'lib, ularni hammasi
stereometriyaga bag'ishlangan.
12-kitob 18 ta teoremadan iborat bo'lib, bunda piramida, prizma, silindr, shar
kabi geometrik jismlar tekshirilgan.
13-kitob 18 ta teoremani o'z ichiga olgan. Bu kitobida Yevklid beshta muntazam
ko'pyoqli (tetraedr, oktaedr, ikosaedr, kub, dodekaedr)ni yasash masalasi tekshiriladi.
Manbalarning tasdiqlashicha, Yevklidning 5-kitobi Yevdoksga va 13-kitoibning bir
qismi Teetetga tegishli ekanligini ko'rsatadi. 5 ta muntazam ko'pyoqlini
yasash
masalasi birinchi marta iskandariyalik matematik Papp (III asr) o'zining mashhur
“Matematik to'plam” nomli asarida e'lon qiladi.
Yevklidning “Negizlar” asariga ko'plab Markaziy Osiyolik olimlar sharhlar
yozganlar. Shulardan biri Xorazm Ma'mun Akademiyasida faoliyat ko'rsatgan Abu
Ali ibn Sinodir.
Abu Ali ibn Sinoning geometriyaga oid kitoblari “Donishnoma”, “Yevklidga
sharhlar” (Taxriri Uklidis. 2720-raqamli Ayo Sofiya qo'lyozmasi) va “Usul ‘ilm al-
handasa” (“Geometriya negizlari”) asarlaridir.
O'rta asrlarda to'rtta matematik fan: geometriya, astronomiya, arifmetika va
muzika birgalikda o'qitilgan. Ibn Sino Yevklidning “Negizlar”
asarini
“kvadrivium”ga asoslanib yozilgan.
Abu Ali ibn Sinoning “Usul ‘ilm al-handasa” 1976 yilda Qohirada nashr
qilingan asarida ta'riflardan keyin talab qilinadigan jumlalarni keltirib, ularni
“Aniqlanadigan negizlar”, ulardan keyin aksiomalarni “Umumiy tushunchalar” deb
atagan.
Ibn Sinoning “Usul ‘ilm al-handasa” asarining Qohirada chiqqan nashri asosan
15 kitobdan iborat bo'lib, olim ularga alohida nomlanishlar bergan.
“Usul ‘ilm al-hadasa” asari geometriyadan darslik hisoblangan. Shu sababli Ibn
Sino bu asarida Yevklidning “Negizlari” kitobini asos qilib olgan bo'lsa ham,