Anaksagor : U hamma jismlar eng mayda zarralarning tegishli sifatidan, xavo-
eng mayda xavo zarralaridan, go`sht-eng mayda go`shtdan iborat deb hisoblaganlar.
Demokrit (er.av 370-460 y) butun koinot modda jihatidan bir xil, xajm, shakl
jihatdan har xil bo`lgan zarra atomdan iborat deb fikr bildirgan.
Arastu (mil.av. 322-384 y) u materializm bilan idealizmni qo`shib yuborgan.
Real sur`atdagi olamni tan olgan.
Ma`lumki inson uz qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim
zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan.
Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib,
tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda bilimlar tizimi insoniyat
taraqqiyotini harakatlantiruvchi mexanizmga aylantirgan.
Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo`lgan kishilar mil.av. II-VIIasrlarda
YUnoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etgan deb hisoblashadi. Barcha
«fanlar onasi» falsafa ham rivojlangan. Mil.av. VI asrda «Ritorika» (notiqlik) va
«politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat fani tarixida
keyingi bosqichlarda falsafa tarkibidan matematika, fizika ajralish jarayoni boshlandi.
Qadimgi Rim imperiyasida I qurilish tehnikasidan qo`llanmalar paydo bo`ldi.
Ulardan birini iyunning zamondoshi
Vitruviy Pollion yozgan. Uning «Arxitektura»
haqida degan traktatuda binokorlik mexanikasiga oid bilimlar sistemasi bayon
13
qilingan. erammizning I asr oxirilarida boshqa bir muallif Frontin «Osma quvurlar
to`grisida» deb nomlangan gidrotexnikaga oid qo`llanma zgan.
Tabiat fanlari soxasidagi kashfiyotlar va texnika sohasidagi muvaffaqiyatlar
bilan birga eramizning II asridayok madaniy taraqqiyot nishonalari hamda paydo
bo`la boshlagan.
Aleksandriyalik Museyoni imperiyaning astronomiya bilimlariga oid markazi
bo`lib qolavergan. Eramizning II asrida u yerda geograf