Statistika fanidan 2 Oraliq nazorat savolnoma va masalalar 2023 2024
95- masala. Yashiklarga 100 donadan joylashtirilgan 100 ta elektr lampochkalari partiyasining o’rtacha yonish davomiyligini o’rganish maqsadida o’tkazilgan 4% li seriya(uya)lab tanlash quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Yashiklar raqami
1
2
3
4
Lampochkalarning o’rtacha yonish davomiyligi, kvt soat
900
1100
1000
1200
0,954 ehtimol bilan bosh to’plamdagi elektr lampochkalarining o’rtacha yonish davomiyligini ishonch intervalini aniqlang.
96-masala. Tasodifiy takrorlanmaydigan tanlama kuzatish natijalari bo’yicha tuman aholisining umumiy sonida band aholi 60 %ni tashkil etadi. Agar shahar aholisining umumiy 300 ming kishiga teng bo’lsa, 0,954 ehtimol bilan band aholining chegaraviy xatosi 5% dan oshmasligi uchun tanlama hajmi qanday bo’lishi kerak?
97-masala. 12 ta xususiy korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot va sarflangan ishchi kuchi haqida ma’lumotlar keltirilgan:
Ishlab chiqarilgan mahsulot, ming dona
5
6
7
8
9
10
10
14
16
20
20
24
Sarf qilingan ishchi kuchi, kishi
3
4
5
6
6
7
8
8
9
10
12
16
Keltirilganlarga asosan ishlab chiqarilgan mahsulot va sarflangan ishchi kuchi o’rtasidagi bog’lanishning to’g’ri chiziqli tenglamada tasvirlang. Olingan regressiya tenglamasining mohiyatini tushuntirib bering.