2 oraliq nazorat bo’yicha savollar


- ORALIQ NAZORAT BO’YICHA MASALALAR



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/11
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Statistika fanidan 2 Oraliq nazorat savolnoma va masalalar 2023 2024

2 - ORALIQ NAZORAT BO’YICHA MASALALAR:
70-masala. Viloyatdagi 20 ta sanoat korxonasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Asosiy kapitalning o’rtacha qiymati, mln so’m

Ishchilarning o’rtacha yillik soni, kishi

Ishlab chiqarish hajmi, mln so’m

1.

30

160

32

2.

70

180

69

3.

20

90

15

4.

39

205

42

5.

33

170

64

6.

28

120

28

7.

65

280

94

8.

66

70

119

9.

20

85

25

10.

47

96

35

11.

27

75

23

12.

33

80

13

13.

30

105

14

14.

31

210

30

15.

31

320

25

16.

35

210

79

17.

31

175

36

18.

56

200

80

19.

35

170

25

20.

40

190

28

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish hajmini asosiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga bog’liqlik zichligini aniqlang.


71-masala. Tijorat banklarining kapitali haqida quyidagi shartli ma’lumotlar berilgan:



Xususiy kapital, mlrd so’m

Banklar
soni

Jalb qilingan kapital, mlrd so’m

Jalb qilingan kapital dispersiyasi

1
2
3

30-40
40-50
50-60

8
10
2

100
180
200

400
250
360

Banklarning xususiy kapitali bilan jalb qilingan kapitali o’rtasidagi bog’liqlik zichligini aniqlang.


72-masala. Uchta fermer xo’jaligidagi sog’in sigirlar soni quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:



Fermer xo’jaliklari

Sigirlar soni

jami

shu jumladan sog’in sgirlar

1
2
3

200
225
300

180
160
285

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida fermer xo’jaliklari bo’yicha sog’in sigirlar salmog’ining umumiy dispersiyasini aniqlang.

73-masala. Tumanda kuzgi bug’doy ekinining qishda nobud bo’lishi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:



Bug’doy navi

Ekin maydoni, ga

Bug’doy ekinini qishda nobud bo’lish salmog’i, %

Mahalliy
Xorijiy

600
400

10
20

Kuzgi bug’doy ekinining qishda nobud bo’lish salmog’ining umumiy dispersiyasini “dispersiyalar qo’shish qoidasi” yordamida aniqlang.




74-masala. Korxonada ishlab chiqarilgan lampochkalarning yonish davomiyligi to’g’risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud:

Lampochkalarni yonish davomiyligi, soat

Lampochkalar soni, dona

200-400
400-600


600-800
800-1000
1000-1200
1200-1400



4
8
32
30
18
8

Yuqoridagi ma’lumotlar bo’yicha assimmetriya va ekssess ko’rsatkichlarini aniqlang.


75-masala. Sanoat korxonasining uchta sexida asosiy ishchilarining salmog’i mos holda 80, 70 va 90% ni tashkil etsa, korxona bo’yicha asosiy ishchilar salmog’ini hisoblash mumkinmi?


76-masala. Tanlab kuzatish natijalariga ko’ra viloyatdagi tekshirilgan 15 ta chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklaridagi har bir sog’in sigirdan 3050 litrdan sut sog’ib olingan. O’rtacha kvadratik tavofut 64 litrga teng. 0,954 ehtimol bilan chegaraviy xato aniqlansin. Tanlash tasodifiy takroriy usulda amalga oshirilgan.


77-masala. Korxona xodimlari ish stajini o’rganish maqsadida 5% mexanik usulda tanlab kuzatish o’tkazilgan va quyidagi natijalar olingan:



Ish staji guruhlari, yil

6 gacha

6-10

10-14

14-18

18-22

22-26

26 va undan yuqori

Xodimlar soni, kishi

5

12

20

30

18

9

6

Hisoblang:
1) 0,997 ehtimol bilan bosh to’plamdagi xodimlarning o’rtacha ish staji uchun ishonch intervalini;
2) 0,997 ehtimol bilan ish staji 18 va undan ortiq yil bo’lgan xodimlar ulushining ishonch intervalini.

78-masala. Ishsizlarning yoshi bo’yicha tarkibini o’rganish maqsadida 10% mexanik usulda tanlab kuzatish o’tkazilgan va uning natijalari quyidagicha:



Yosh guruhlari, yil

20 gacha

20-25

25-30

30-35

35-40

40-45

45-50

50-55

55 va undan yuqori

Ishsizlar soni, kishi

8

18

13

14

15

12

10

4

6

Hisoblang:
0,997 ehtimol bilan bosh to’plamdagi ishsizlarning o’rtacha yoshi uchun ishonch intervalini.


79-masala. Ip kalavaning mustahkamligini o’rganish uchun 3%li tasodifiy takrorlanmaydigan tanlash usulida sinov o’tkazilgan, uning natijalari quyidagicha:

Ipning mustahkamligi, gramm

190 gacha

190-210

210-230

230-250

250-270

Sinovlar soni

5

15

40

30

10

Hisoblang:
1) 0,997 ehtimol bilan ip kalavaning mustahkamligi uchun chegaraviy xato va ishonch intervalini;
2) 0,954 ehtimol bilan ipning mustahkamliligi 230 g va undan yuqori bo’lgan ip kalavaning salmog’i ishonch intervalini.


80-masala. Korxonada bitta detalni ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtini o’rganish maqsadida 10%li tasodifiy takrorlanmaydigan usulda tanlab kuzatish o’tkazildi va natijalari quyidagicha ifodalanadi:



Bitta detalga sarflangan ish vaqti, min.

10 gacha


10-12


12-14


14-16


16 va undan yuqori



Detallar soni, dona

12

25

65

30

10

Hisoblang:
1) 0,997 ehtimol bilan bosh to’plamda bitta detalni ishlab chiqarish uchun o’rtacha sarflangan ish vaqtining ishonch intervalini hamda 14 minutdan ko’p ish vaqti sarflangan detallar ulushining ishonch intervalini.


81-masala. Xomashyoni o’z vaqtida yetkazib bermasligi oqibatida ishchilarning bekor turishlarini aniqlash uchun 5% li tipik tanlash o’tkazilgan va quyidagilar aniqlangan:

Sex

Tanlanma to’plamga kirgan ishchilar soni

Xomashyoni o’z vaqtida olmaslik oqibatida yuz bergan bekor turishlar salmog’i, %

A

25

5,0

B

40

10,0

V

19

15,0

D

30

2,0

0,954 ehtimol bilan korxona bo’yicha xom ashyoni o’z vaqtida olmaslik oqibatida yuz bergan bekor turishlar salmog’ining ishonch intervalini aniqlang.

82-masala. Turli malakadagi ishchilarning detallarga ishlov berishida sarflagan vaqtini o’rganish uchun 10%li tipik tanlash o’tkazilgan va quyidagi natijalar olingan:



Malakasi bo’yicha ishchilar guruhi

Tanlanma to’plamga kirgan ishchilar soni

1 ta detalga ishlov berish uchun sarflangan vaqt, min.

1ta detalga ishlov berishda sarflangan vaqtning o’rtacha kvadratik chetlanishi,
min.

1

50

15

6

2

120

20

9

3

70

27

7

4

60

32

11

0,997 ehtimol bilan korxona bo’yicha o’rtacha bitta detalga ishlov berishda sarflanadigan vaqt(min)ning ishonch intervalini aniqlang.


83-masala. Firma xodimlarining o’rtacha oylik mehnat haqini o’rganish maqsadida 20% li mexanik usulda tanlab kuzatish o’tkazilgan va uning natijalari quyida keltirilgan:

Oylik mehnat haqi, ming so’m

250 gacha



250-350


350-450


450-550


550-650


650-750


750 va undan yuqori



Xodimlar soni, kishi

16

32

80

30

18

14

10

Hisoblang: 0,997 ehtimol bilan o’rtacha oylik mehnat haqining ishonch intervalini.


84-masala. 10% li tasodifiy tanlama kuzatish natijalari bo’yicha Xalq banki bo’limidagi 1000 ta omonat qo’yilmalari hisob varag’idan 600 tasi ishchilarga tegishli ekanligi aniqlandi. Agar o’rtacha omonat qo’yilmalari qoldig’ining chegaraviy xatosi (o’rtachaga nisbatan foiz hisobida ) 2,4% ni, variatsiya koeffisiyenti esa 40% ni tashkil etsa, 0,950 ehtimol bilan aniqlang:
1) o’rtacha omonat qo’yilmalari qoldig’ining ishonch intervalini;
2) jami omonat qo’yilmalari summasining ishonch intervalini.


85-masala. Tasodifiy takrorlanadigan tanlama kuzatish natijalari bo’yicha korxona ishchilarining o’rtacha tarif malakasi uchun ishonch intervali 4 dan 5 gacha bo’lishi aniqlangan. Agar tanlama to’plamdagi ishchilar tarif malakasining o’rtacha kvadratik chetlanishi 1 ga teng bo’lsa, 0,954 ehtimol bilan aniqlang:
1) tanlama to’plamdagi ishchilar tarif malakasining chegaraviy xatosini;
2) tanlama to’plamdagi ishchilar tarif malakasining o’rtacha xatosini.


86-masala. Paxta tolasining o’rtacha og’irligini o’rganish maqsadida 400 ta tola takrorlanadigan tanlash usulida tekshirilgan. Tanlama kuzatish natijalari bo’yicha tola og’irligining variatsiya koeffisiyenti 30%ni tashkil etsa, 0,997 ehtimol bilan uning chegaraviy xatosini (o’rtacha miqdorga nisbatan foiz hisobida) aniqlang.


87- masala. 0,954 ehtimol bilan 36% li tasodifiy takrorlanmaydigan tanlab kuzatish o’rtacha xatosi takrorlanadigan tanlab kuzatish o’rtacha xatosiga nisbatan qancha foiz kam bo’ladi?

88-masala. Xaridorlarning jun gazlamaga bo’lgan talabini o’rganish maqsadida, 5 foizli tasodifiy tanlab kuzatish o’tkazildi. Viloyat bo’yicha 600 ta oila tanlab kuzatildi. Kuzatish natijasida jon boshiga to’g’ri keladigan xarid miqdori va oilalar soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar olindi:

Jon boshiga to’g’ri keladigan yillik xarid, kv metr.

2,0 gacha

2,0-3,0

3,0-4,0

4,0-5,0

5,0 va undan yuqori

Oilalar soni

80

100

180

150

90

Hisoblang:
1) 0,954 ehtimol bilan viloyat aholisi bo’yicha jon boshiga to’g’ri keladigan jun gazlamasi xaridining chegaraviy xatosini;
2) 4,0 kv metrdan ko’proq jun gazlamasi xarid qiladigan oilalar hissasining ishonch intervalini.


89-masala. Yil mobaynida shaharda qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan 5000 kishidan 500tasi mexanik tanlash usuli yordamida tanlab olinib o’rganib oilaviy sharoitda tarbiyalanganligi ma’lum bo’ldi. 0,997 ehtimol bilan bosh to’plam uchun nosog’lom sharoitda tarbiyalangan qonunbuzarlar salmog’i o’zgarish chegaralari aniqlansin.


90-masala. Tumanda 10000 oila yashaydi. Mexanik tanlash usuli bilan oilada uchta va undan ortiq bola bo’lgan oilalar salmog’ini aniqlash maqsad qilib qo’yilgan. 0,954 ehtimol bilan tanlamaning chegaraviy xatosi 0,02dan oshmasligi uchun, tanlanmaning hajmi qanday bo’lishi kerak? Agar oldingi tekshirishlar natijasida dispersiya 0,2 ga teng bo’lsa.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin