Hisoblang: 1) bahoning o’zgaruvchan, o’zgarmas va tuzilmaviy siljishlar ta’siri indekslarini;
2) tegishli xulosa qiling.
157-masala. Kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va tannarxi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Kichik korxona
Mahsulot hajmidagi ulushi, %
Mahsulot birligining
tannarxi, so’m
I chorak
II chorak
I chorak
II chorak
1
45
30
280
290
2
25
45
375
370
3
30
25
490
490
Kichik korxonalar bo’yicha quyidagilarni hisoblang:
1) individual indekslarni;
2) tannarxning umumiy indekslarini:
a) o’zgaruvchan tarkibli;
b) o’zgarmas tarkibli;
d) tarkibiy siljishlar ta’siri.
3) tegishli xulosalar qiling.
158-masala.Joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholar 3% o’sgan holda tovar aylanmasining fizik hajmi 20% ortgan. Tovar aylanmasi qanday o’zgargan?
159-masala. Qandolatchilik fabrikasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar ma’lum:
Mahsulot
turi
Oylar bo’yicha ishlab chiqarilgan, kg
1 kg uchun o’zgarmas baholar,
ming so’m
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
Parvarda
Konfetlar
Shokolod
4800
6450
1400
4950
7110
1600
5000
8100
1750
6410
9000
1500
2,20
4,50
9,60
Yanvar-aprel oylari uchun konditer fabrikasi bo’yicha mahsulot fizik hajmining bazisli va zanjirsimon indekslarini hisoblang. Indekslarni hisoblashda qaysi vaznlardan(o’zgaruvchan va o’zgarmas) foydalandingiz?
160-masala. Fermer xo’jaligining yetishtirgan va sotgan mahsulotlari quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:
Mahsulot turi
Mahsulot bir birligining bahosi , ming so’m
Sotilgan mahsulot hajm
May
Iyun
Iyul
May
Iyun
Iyul
Gilos, kg
Shaftoli, kg
Sut, l
2,5
3,0
0,9
2,0
15
1,1
1,8
1,0
1,2
4800
1400
1600
2000
6000
1800
500
1000
1700
Yuqoridagi mahsulotlar bo’yicha o’zgarmas va o’zgaruvchan vaznlardagi bazisli va zanjirsimon indekslar aniqlansin. Hisoblangan indekslarni to’g’riligini (noto’g’riligini) bazisli va zanjirsimon indekslarni o’zaro bog’liqligidan foydalanib tekshirib ko’ring.
161-masala.Joriy yilda tuman savdo korxonalarining tovar aylanmasi hajmi solishtirma baholarda 140 mlrd so’mni tashkil qilgan. Baholar pasayishi natijasida aholi 7 mlrd so’mni tejab qolgan.
O’tgan davr tovar aylanmasi 100 mlrdso’m ekanligi ma’lum bo’lsa, tovar aylanmasining fizik hajmi va baho indekslarini hisoblang.
162-masala. Har bir savdo xodimiga to’g’ri keladigan tovar aylanmasi joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 10%ga oshgan. Savdo xodimlari soni o’zgarmay qolsa tovar aylanmasida qanday o’zgarish sodir bo’ladi?