2 oraliq nazorat bo’yicha savollar



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə9/11
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Statistika fanidan 2 Oraliq nazorat savolnoma va masalalar 2023 2024

163-masala. Mahsulot tannarxi 2% pasaygani holda, ishlab chiqarish hajmi 20% ortsa, umumiy xarajatlar summasi qanday o’zgaradi?


164-masala. G’isht zavodida ishlab chiqarilgan mahsulot soni 2 baravarga, ishlovchilarning soni esa 40% oshsa bitta ishchiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi qanday o’zgaradi?


165-masala. Bank xodimlari soni 20%ga, ish haqi fondi esa 20% oshsa o’rtacha ish haqi qanchaga o’zgaradi?


166-masala. Tikuv sexida ishlab chiqarilgan bitta ko’ylakning tannarxi joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 10% pasaygan, ishlab chiqarilgan ko’ylaklar soni 42% oshgan. Ko’ylaklar ishlab chiqarish umumiy xarajatlari qanchaga o’zgarganligini aniqlang.


167-masala. Korxonada mahsulot tannarxi 5% pasaygan, umumiy xarajatlar 18%. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanday o’zgargan?


168-masala. Sotiladigan mahsulotlar hajmi 1,5 marta oshgan, mahsulot bir birligining bahosi esa 8% pasaygan. Sotishdan keladigan yalpi tushum summasi qanday o’zgarganligini aniqlang.


169-masala. Dehqon bozorida sotilgan ho’l mevalarning umumiy narxi 7% o’sgan, tovar aylanmasi hajmi 12% pasaygan. Tovar aylanmasining fizik hajmi qanday o’zgarganligini aniqlang.


170-masala. “Fayz-baraka” fermer xo’jaligining ekin maydoni 3%ga kamaygan, o’rtacha hosildorlik esa 12% o’sgan. Yalpi hosil indeksini aniqlang.


171-masala. Dehqon bozorida sotilgan go’sht mahsulotlarini narxi 5% pasaysa, miqdori esa 5% oshsa tovar aylanmasi hajmi o’zgaradimi?


172-masala. Talabalarni o’quv yili davomida to’plagan o’rtacha ballari miqdori o’tgan o’quv yiliga nisbatan 12% oshgan, talabalar soni esa o’zgarmagan. To’plangan ballar miqdori nima hisobiga oshgan?


173-masala. Joriy o’quv yilida fakultetning ikkita akademguruhlarida 20 tadan talaba mavjud, shundan 50% qizlar.O’rtacha to’plangan ball 75. O’tgan o’quv yilida qizlar hissasi 40%, o’rtacha to’plangan ball 80 tashkil qilgan. O’rtacha ballni pasayish sababini o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tarkibiy siljish indekslari yordamida aniqlang.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin