2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


 Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari



Yüklə 445,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix23.05.2023
ölçüsü445,46 Kb.
#120997
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
5 мавзу макро

2. Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari 
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o`sishi sur‘atlarini, 
ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy o`sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o`sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jihatdan 
ta‘minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
• 
tabiiy resurslar soni va sifati;
• 
mehnat resurslari soni va sifati;
• 
asosiy kapital hajmi;
• 
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
• 
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.
Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko`proq yalpi talab bilan 
belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko`proq ishlab chiqarish 
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o`sishni modellashtirishda 
diqqat markazida real sektor turadi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o`sish potensialini yuzaga 
chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) 
kiritiladi:
• 
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
• 
iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
• 
kredit-bank tizimi samaradorligi;


• 
iste‘mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
• 
eksport hajmining o`sishi;
• 
iqtisodiyotda 
ishlab 
chiqarish 
resurslarini 
qayta 
taqsimlash 
imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
 Agar o`sish qo`shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta‘minlansa va 
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi 
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
Ekstensiv iqtisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostansiyalar 
qurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qo`shimcha jalb etish 
kabilar hisobiga ta‘minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi 
rivojlanishning ma‘lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini 
kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo`yadi.
YaIMning o`sishi iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidan yuqori sur‘atga ega 
bo`lsa intensiv ihtisodiy o`sish ro`y beradi.
―Iqtisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining 
oshishiga bog`liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`g`ri keladigan mahsulot 
ishlab chiqarishni ko`paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini 
yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
• 
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni 
yangilashda;
• 
xodimlar malakasini oshirishda;
• 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini 
yangilashda‖
10.
Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof holda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni 
ta‘minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko`proq 
ekstensiv, yoki ko`proq intensiv bo`lishi mumkin.

Yüklə 445,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin