21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Islomning asosiy manbalari. qur’on va



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə6/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
21 bilet

4. Islomning asosiy manbalari. qur’on va hadis. Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg’ambarga (s.a.v.) Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan oyat-oyat, ba’zan esa to’liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi.

Mazkur ilohiy kitobning bir necha nomlari bo’lib, ulardan “Qur’on” (arabcha - o’qish), “Furqon” (farqlovchi), “al-Kitob” nomlari mashhur. Qur’on 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta, eng ko’pi 286 oyatni o’z ichiga oladi.


Qur’ondagi suralar o’z mazmuniga yoki nozil bo’lgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki Muhammad (s.a.v.) belgilab bergan tartib asosida payg’ambar vafotlaridan keyin jamlab yozilgan.
U ilk bor Muhammad alayhis-salomga Hiro g’orida nozil bo’lgan. Yuqorida qayd etilganidek, Muhammad (s.a.v.) qirq yoshga to’lganlarida asosiy vaqtlarini Hiro g’orida ibodat bilan o’tkazar edilar. Mana shunday ibodat bilan mashg’ul bo’lib turgan paytlarida Jabroil farishta kelib “O’qing!” deydi. U kishi “Men o’qishni bilmayman” deydilar. U farishta bellaridan shunday siqadi-ki, hatto Rasululloh qiyinalib ketadilar. So’ng qo’yib yuborib yana: “O’qing” deydi. “Men o’qishni bilmayman” deydilar. U yana siqadi, yana qiynaladilar. So’ng qo’yib yuborib yana bir bor: “O’qing!” deydi. “Men o’qishni bilmayman” deb uchunchi marotaba javob qaytaradilar. U yana ushlab siqadi, so’ng qo’yib yuborib Alaq surasining quyidagi besh oyatini o’qiydi: “(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo’lmish Rabbingiz nomi bilan o’qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O’qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o’rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o’rgatdi”.
Qur’ondan eng birinchi nozil bo’lgan oyat “Alaq” surasining boshidagi besh oyat bo’lsa, eng birinchi nozil bo’lgan to’liq sura “Muddassir” surasidir.
Muhammad (s.a.v.) Qur’on oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abi Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b xurmoning po’stlog’i, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga o’xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Nozil bo’lgan Qur’on oyatlarini yozib boruvchilar “Kuttabu-l-vahy”(Vahiyni yozib oluvchi kotiblar) deb nomlangan.
Shu tariqa Qur’on 13 yil Makkada va 10 yil Madinada nozil bo’ldi. Sura va oyatlar nozil bo’lish vaqti va joyiga ko’ra ikkiga bo’linadi: Makkiy (payg’ambarlikning Makka davrida nozil qilingan) suralar va Madaniy (Madina davrida nozil qilingan) suralar.
Makkiy sura va oyatlar qisqa, lekin keng ma’noni o’zida qamrab olgan, eshitgan kishini larzaga keltiruvchi balog’atli va jarangdor lafzlar bilan yozilgan bo’dib, mazmun jihatdan yakkaxudolikka va Allohning o’zigagiga ibodat qilishga targ’ib, risolat (payg’ambarlik)ni, qayta tirilish va hisob-kitobni tasdiqlash, qiyomat va undagi holatlar, do’zax va uning azobi, jannat va undagi ne’matlar, borliqdagi mo’jizalar haqidagi oyatlar;
Madaniy sura va oyatlar esa uzunroq bo’lib, mazmunan shariatning umumiy asoslarini o’rnatish, jamiyat amal qilishi lozim bo’lgan ahloq normalari, yetimlarning molini zulm bilan yeyish, qizlarni tiriklayin ko’mish kabi johiliyatni yomon illatlarini o’z ichiga olgan. SHuningdek, ibodat va muomalot (tijorat), had, oilaviy munosabatlar, meros taqsimoti, jihod, jamoat namozining fazilatlari, xalqaro aloqalar, shariat masalalarini yortishga qaratilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Payg’ambar alayhissalom davrlarida Qur’on jamlanmagan edi. Bunga sabab, birinchidan, Payg’ambar hayot bo’lgan ilk davrda Qur’on oyatlari vaqti-vaqti bilan doimiy ravishda nozil bo’lib, uni jamlab kitob holiga keltirish hali dolzarb masala darajasiga ko’tarilmagan edi. Ikkinchidan, bu davrda odamlar orasida «hali vahiy tushishi uzoq davom etadi», degan kayfiyat hukmron edi.
Bu boradagi ishlar Abu Bakr Siddiq va Usmon ibn Affon davrlarida amalga oshirildi. Payg’ambarning (s.a.v.) vafotlaridan so’ng ba’zi arab qabilalari dindan qayta boshladilar. Abu Bakr Siddiq tomonidan ularga qarshi olib borilgan “ridda” urushlarida musulmonlardan bir ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin murattab (Qur’onni to’lib, tartib bilan yod olgan) qorilar shahid bo’ldilar. Buning xabari Madinaga yetib kelgach, Umar ibn Xattobning tashabbusi va tavsiyasi bilan Abu Bakr Siddiq Rasulullohning vahiy kotiblaridan bo’lgan Zayd ibn Sobitni chaqiradilar va Qur’on oyatlarini sahifalarga jamlashni buyuradilar. SHu tariqa xalifa Abu Bakr Siddiq davrlarida Qur’on ilk bor sahifalarda jamlandi.
Uchinchi xalifa Usmon ibn Affon davrida Qur’on ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga keltirildi. Qur’oni karimning Usmon roziyallohu anhu tomonidan jamlanishidagi eng ahamiyatli jihati uning qiroatini yagona shaklga keltirilgani edi. Bundan «Ilk Qur’on oyatlari yozilgan nusxalar orasida har xillik mavjud bo’lganmi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javoban Qur’on ilmlariga oid «etti xil qiroat» haqidagi ma’lumotni keltirib o’tish joizdir.
«Etti qiroat» deganda Qur’onning yetti xil lahjaga xos qiroat bilan o’qish nazarda tutiladi. Bunda oyatdagi bir so’z o’rniga o’sha ma’noni anglatuvchi boshqa so’z (sinonim) qo’yilgan edi. SHu tariqa oyatlar Arabiston yarimorolidagi Quraysh, Huzayl, Havozin, Yaman kabi eng yirik qabilalarning lahjalarida nozil bo’lgani rivoyat qilinadi. Bu turli qabila vakillariga Qur’on tilovati va uni tushunish oson bo’lishi uchun berilgan yengillik edi. Ilk davrdagi hazrat Abu Bakr tomonidan jam qilingan Qur’on to’plami shu yetti qiroatni o’z ichiga olgan edi. Ammo ushbu «etti qiroat» keyinchalik musulmonlar orasida ba’zi ixtiloflarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Usmon ibn Affon davrida islom dini Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, turli xalqlar orasida tarqaldi, musulmonlar soni ko’paydi. Yangi islomga kirgan aholi o’sha yerga borgan qori sahobalardan Qur’on qiroatini o’rganar edilar. Mazkur sahobalar esa o’z lahjalariga xos qiroatni o’rgatardilar. Ikki xil qiroat sohibi bir joyda jam bo’lib qolsa, har bir tomon o’zining qiroati to’g’ri va afzal deb, da’vo qilar, natijada tortishuv yuzaga kelardi.
Mazkur Musxafni jamlash ham Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo’lgan sahoba – Zayd ibn Sobitga yuklandi. Mazkur ish amalga oshirilgach, Qur’ondan yozilgan boshqa har xil lahjalardagi sahifalar kuydirib yuborildi. Yagona mushafdan bir necha nusxa ko’chirildi va har bir mintaqaga bittadan yubordilar.
Usmon ibn Affon turli yurtlarga yuborgan Musxaflarning soni oltita bo’lib, ular Makkiy, Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo’lgan Madaniy va xalifaning o’zi uchun xos bo’lgan Madina Musxaflaridir.
HADIS – Islom dinining Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turuvchi muqaddas manbasidir. U Muhammad payg’ambarning (s.a.v.) aytgan so’zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko’rib yoki eshitib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o’zida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» so’zining lug’aviy ma’nosi – «so’z, xabar, hikoya; yangi narsa». Sunnat hadis so’zidan kengroq ma’noni bildiradi. Sunnat Rasululloh (s.a.v.)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy yo’llariga nisbatan ishlatilgan.
Sunnat qavliy, fe’liy va taqririyga bo’linadi. Qavliy sunnat – Rasululloh (s.a.v.)ning turli holat va munosabatlarda aytgan so’zlari. Fe’liy sunnat – Rasululloh (s.a.v.)dan sodir bo’lgan shar’iy ishlar. Taqririy sunnat – sahobiylar tomonidan qilingan biror hatti-harakat yoki gap-so’zga Payg’ambar (s.a.v.)ning indamasliklari yoki ma’qullashlari. SHuningdek, Payg’ambarning (s.a.v.) xalqiy (tana ko’rinishlari), xuluqiy (axloqlari), va tarjimai hollariga oid ma’lumotlar ham sunnat deyiladi.
Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnod yoki sanaddan iborat. Isnod hadisning tarkibiy qismi bo’lib, uni uning aytuvchisiga bog’lash, ya’ni matnga olib boradigan kishilar (roviylar) zanjiri. Hadisning boshlanishida uni birinchi aytgan va eshitgan kishidan hadis yozayotgan musannifga qadar barcha roviylarning nomlari birma-bir ko’rsatib chiqiladi, mana shu hadisning tayanadigan asosi isnodi bo’ladi. Isnod kuchli deb topilsa matn ham ishonchli hisoblangan. SHuning uchun muhaddislarning asosiy vazifalaridan biri hadislarning isnodini kuchli yoki kuchsiz ekanini ko’rsatib berish bo’lgan.
Hadislar o’zidagi ma’lumot xarakteriga qarab ikkiga bo’linadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin