21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


O’zbekistonda ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə14/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
21 bilet

O’zbekistonda ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi. (Tayanch atamalar: Yoshlar siyosati. “El-yurt umidi” jamg‟armasi. “Kamolot”. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Ta‟lim t o’g‟risidagi qonun. Ta’lim islohotlari. Korrupsiyasiz ta‟lim. “Temurbeklar maktabi”. Prezident maktablari. Kredit-modul tizimi. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi. Yoshlar ishlari Agentligi.)
O’zbekistonda ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi.
Ta‘lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an‘analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg’or yutuqlari asosida ta‘lim mazmunini tubdan o’zgartirish, shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularni har tomonlama rag’batlantirish, bilim va ko’nikmalarining puxtaligini ta‘minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo’llashni keng ko’lamda yo’lga qo’yish, shu asosda ta‘lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo’ldi.
O’tgan davr mobaynida O’zbekistonda ta‘lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta‘lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko’zda tutilgan:

  • ta‘lim tizimini bozor iqtisodiyoti va ochiq jamiyatga moslashtirish;

  • aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti bo’lgan ta‘lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish;

  • ta‘lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko’rsatilishini ta‘minlash maqsadida ta‘lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • ta‘lim sektori boshqaruvini takomillashtirish.

Ta‘lim tizimini isloh qilish Konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda yangi taxrirda qabul qilingan Ta‘lim to’g’risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini topdi.(Ta‘lim to‘g‘risidagi birinchi qonun 1992 yil iyunda qabul qilingan edi).
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 3 bosqichda amalga oshirildi.
I bosqich 1997-2001 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo’shimcha 65 milliard so’m sarflandi. Bu bosqich «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning moddiy-texnik bazasini yaratish davri deb nomlandi.

  1. bosqich 2001-2005 yillarni o’z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning sifat bosqichi deb nom oldi.

II bosqich 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda Dastur ijrosi yakuniga yetkazilib, erishilgan natijalar, to’plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etildi hamda shu asosda yurtimizda yangi ta‘lim tizimi yanada takomillashtirildi. Shy boisdan bu bosqich "Ta‘lim tizimini modernizatsiyalash davri", deb ataldi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida quyidagi maqsadlarga erishildi:
- ta‘lim tizimida kadrlarning salohiyatini har tomonlama takomillashtirish hamda o’qituvchilar, ustozlar va ilmiy xodimlarning professional nufuzini oshirish;
- ta‘lim tizimini tarkibiy qayta qurish, ta‘lim va professional dasturlarni tubdan o’zgartirish, ta‘lim, fan, texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi jahon yutuqlariga tayanish;
- majburiy o’rta umumta‘lim, o’rta maxsus, professional ta‘lim-tarbiya tizimiga o’tishni ta‘minlash.
"Ta‘lim to’g’risida"gi Qonunning yangi tahriri va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilinganidan so’ng pespublikamiz butun ta‘lim tizimi, jumladan, oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo’ldi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning O’zbekistonga xos eng muhim xususiyati yangi turdagi 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimini yaratish amalga oshirildi.
Oliy ta‘limda bakalavriat va magistratura tizimi joriy qilindi. Jahon standartlariga xos oliy ta‘lim tizimiga o’tildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘biri bilan aygganda: Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g’ayrat-shijoatli shaxslarni, o’z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma‟naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: O’zbekiston, 2012. B. 177-179.).
Ta‘lim tizimi O’zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to’g’risida"gi Qonuni asosida maktabgacha ta‘lim, umumiy o’rta, o’rta maxsus va professional ta‘lim, oliy professional ta‘lim, oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‘lim shakllarida tashkil qilindi.
Bugungi axborotlashgan tezkor zamon ta‘lim tizimini ham isloh qilishni kun tartibiga qo’ya boshladi. Ta‘lim sifatini zamon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida 2020 yil 23 sentabrda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Ta‘lim to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat ushbu yangi qonunda umumiy o’rta va o’rta maxsus ta‘lim turidan keyin professional ta‘lim turi kiritildi.
Ta‘lim olish shakllari sifatida ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ta‘lim olish (kunduzgi), ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta‘lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta‟lim, oilada ta‘lim olish va mustaqil ta‘lim olish, katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta‘lim berish, inklyuziv ta‟lim, eksternat tartibidagi ta‟lim, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasda kadrlar tayyorlash kabi shakllariga ajratildi (15 modda).
Ta‘lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi. Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganidek, “biz keng ko’lamli demokratik o’zgarishlar, jumladan, ta‟lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya‟ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o’zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”.
So’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim sohasiga katta e‘tibor qaratilmoqda. 2017 yil 9 sentabrda Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3261) qabul qilindi. 2017 yil 30 sentabrda esa Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi (PQ-3305). Shu sanada Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5198) ham qabul qilindi.
2018-2021-yillar mobaynida respublika bo’yicha 1,5 mln bolani maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olishga erishildi. Bu 2017 yildagi ko’rsatkichdan ikki barobar ko’proqdir.
Shuningdek, respublikamizda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari soni ham tobora ortib bormoqda. 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bo’lgan bo‘lsa 2021-yilga kelib ularning soni 14 mingtadan ortdi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganliridek, xalqimizda ta‘lim va tarbiya beshikdan boshlanadi degan hikmatli bir so’z bor. Faqat ma‘rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Shu sababli, ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya‘ni, ta‘lim bog’chadan boshlanishi va butun umir davom etishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya‘ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e‘tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko’rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi.
Binobarin, inson kapitaliga e‘tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Shu yo’ldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasini oshirishdir. 2018 yilda bu ko’rsatkich 34 foizni tashkil etdi. 2018 yil dekabrdagi Murojaatnomada 2019 yilda bu ko’rsatkichni 44 foizga yetkazish belgilangan bo’lsa, yil oxirida bu ortig’i bilan bajarilib, 54 foizga yetkazildi.
2019 yil 8 mayda Prezident qarori bilan O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi (PQ-4312).
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2019 yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog’chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 54 foizga ko’tarildi. 2020 yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xozirda maktabgacha ta‘lim sohasida davlat-xususiy sherikligi formati ham rag’batlantirilmoqda.
«2018-2019 yillarda Maktabgacha ta‘lim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. so’mga teng bo’lgan davlat-xususiy sherikligi bo’yicha shartnomalarni imzoladi. Bulardan 1,1 trln so’m tadbirkorlar hisobidan, 2,8 trln so’m imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan.
Yaqin orada quvvati 147,9 ming o’ringa teng bo’lgan nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2020 yilda 2 mingta oilaviy va 420 ta DXSH doirasidagi MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.
2016-2017 yildan umumiy o’rta (xalq) ta‟limi tizimida ham qator tub o’zgarishlar, islohotlar davri boshlandi
2017 yil 14 martda O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-2829) qabul qilindi. Ko’plab ota-onalar, o’qituvchi va o’quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2017 yil sentabrdan yurtimizda 11 yillik ta‘lim qayta tiklandi.
2017 yil 14 sentabrda Prezidentimizning qarori bilan Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktab-internati va Astronomiya va aeronavtika bog’i (PQ-3275) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (PQ-3274) tashkil etildi. Bu maktablar ta‘lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida aniq fanlar chuqur o’qitiladigan maxsus maktablar bo’ldi.
2018 yil 25 yanvarda Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5313), 2018 yil 5 sentabrda esa Xalq ta‘limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3931) qabul qilindi.
2019 yildan Respublikamizda xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish boshlandi. 2019 yil 20 fevral Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4199) asosan mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi.
2019 yil 29 aprelda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi (PF-5712).
2019 yil 23 avgust kuni Toshkentda Prezident SH.Mirziyoyev raisligida xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglar malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektori bo’lib o’tdi. Unda Prezidentimiz Maktab ta‘limini rivojlantirish biz uchun umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur mavzuida maxsus ma‘ruza qildi.
2019 yil 30 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda 2017 yil 14 sentabrda q.q.gan Qaror asosida Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi
2019 yil 9 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi (PF-5815).
2019 yil 30 sentabrda Xalq ta‘limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‘lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4467) qabul qilindi.
2019 yil 26 noyabrda esa navbatdagi muhim xujjat Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4537) qabul qilindi.
2019 yil 27 dekabrda SH.M.Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashgan Muhammad Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashib nutq so’zladi (Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyotga erishadi).
O’zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha, 2020 yilda byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so’m mablag’ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta‘mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi.
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo’lgan, o’z ishida aniq natijalarga erishgan o’qituvchilarga yuqori maosh to’lash tizimini joriy etamiz.
Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 2020 yil 30 sentabrda O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali yig’ilishida ta‘lim sohasini, ayniqsa, umumiy o’rta ta‘lim tizimini isloh qilish bo’yicha qator yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surdilar. Jumladan, mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini o’ylab, o’qituvchi va muallimlarning hayotimizdagi nufuzi va mavqeini oshirish maqsadida ularning maqomini qonun darajasida belgilash taklifi ilgari surildi. Ushbu qonunda yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish jarayonida o’qituvchilar o’zlarining salohiyatini to’liq namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy, huquqiy, moddiy qo’llab-quvvatlash choralari kafolatlanishi kerak. Jumladan, maktab direktori, uning o’rinbosari, sinf rahbari, o’qituvchining maqomi aniq belgilanishi lozim deya ta‘kidlab o’tilar.
2020 yilda – 14 ta, kelgusi yilda – 82 ta, 2022 yilda – 64 ta, 2023 yilda – 45 ta axborot texnologiyasiga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi va barcha tuman va shaharlar qamrab olinishi belgilandi.
Prezidentimiz ta‘kidlashicha, o’qituvchilar ishini yengillashtirish va ularning salohiyatidan oqilona foydalanish uchun kelgusi yilda ta‘limni raqamlashtirish ishlarini yakunlab, Onlayn maktab, Raqamli va xavfsiz maktab, Elektron darslik, Elektron kundalik kabi tizimlar joriy etiladi. 2020 yil oxirigacha maktablarni keng polosali Internet tarmog’iga ulash darajasi 70 foizga yetkaziladi. Kelgusida barcha maktablar 100 foiz Internet bilan ta‘minlanadi va buning uchun Davlat byudjeti mablag’lari yo’naltiriladi.
2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko’rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o’qituvchining malakasi oshiriladi.
2020/21 o’quv yilidan boshlab mamlakatimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum, jami 630 ta professional ta‘lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilishi belgilab berildi. Mazkur ta‘lim muassasalarida 9000 ga yaqan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlanishi ko’zda tutilgan.
Oliy ta‟lim O’zbekistonda davlat tasarrufidagi oliy ta‘lim muassasalari tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytda O’zbekistondagi oliy ta‘lim muassasalarida ikki bosqichli oliy ma‘lumot beriladi: kamida 4 yil muddatli bakalavriat va kamida 2 yil muddatli magistratura. Bunday tizim oliy ta‘limning moslanuvchanligi, turli bosqichlarda tanlangan maqsad va vazifaga muvofiq ta‘lim yo’nalishi va mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy ta‘limning joriy etilganligi O’zbekiston oliy ta‘limining jahon ta‘lim makoniga kirib borishini ta‘minlamoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, Bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Dastur bu boshqa modellarni qandaydir takrorlash yoki ulardan nusxa ko’chirish emas, aksincha, birinchi navbatda, rivojlangan demokragik davlatlarda to’plangan tajribani o’zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturdir (Karimov I.A. Bizning yo’limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir. 20-j. -T.: O’zbekiston. 2012. B. 190.).
So’nggi yillarda Respublikamizda Oliy ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha qator normativ hujjatlar qabul qilindi:
2017 yil 20 aprelda “Oliy ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-2909) e‘lon qilindi.
2017 yil 29 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (PQ-3101), 2017 yil 27 iyulda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi (PQ-3152).
2017 yil 27 iyulda “Oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-3151) qabul qilindi.
2017 yil 9 avgustda Oliy ta‘lim muassasalarida pedagogika yo’nalishida maxsus sirtqi bo’limlarni tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3183) qabul qilindi. 15 ta OTMda maxsus sirtqi bo’limlar tashkil etildi.
2017 yil 16 avgustda O’zbekiston davlat san‘at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali tashkil etildi (PQ-3218).
2017 yil 26 sentabrda Oliy ta‘lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3290) qabul qilindi.
2017 yil 28 sentabrda OO’MTV tasarrufidagi Oliy ta‘lim muassasalarining 2017-2030 yillarda rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini tasdiqlash to’g’risidagi OO’MTVning 707-sonli Buyrug’i e‘lon qilindi.
2017 yil 16 noyabr kuni Respublika OTM bakalavriatiga kirish test sinovlarini o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-3389) e‘lon qilindi.
2017 yilda yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta‘lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po’lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo’yicha kelishuvlarga erishilganini ta‘kidlash lozim. Oliy ta‘lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo’limlar ochildi.
2018 yil 5 aprelda Respublika oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3655) qabul qilindi. 2018 yilda pedagog xodimlarning ish haqi so’nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko’paytirildi (Murojaatnoma. 28.12.2018).
2018 yil 5 mayda Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3704) qabul qilindi.
2018 yil 8 may kuni Prezident qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi (PQ-3703). Xuddi shu sanada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3702) qabul qilindi.
2018 yil 24 mayda O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi (PQ-3737).
2018 yil 5 iyunda Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident Qarori (PQ-3775).
2018 yil 24 oktabrda Prezident SH.Mirziyayevning Oliy ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda maktab bitiruvchilarni OTM b-n qamrab olish RFda 74 %, J.Koreyada 96 %, O’z da 2016 yil xolatiga ko’ra 7-9 % ligi ta‘kidlanib, sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan qator vazifalar belgilandi.
2018 yil dekabrdagi Prezident Murojaatnomasida so’nggi ikki yilda ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli, bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 9-10 foizdan 15 foizdan oshirishga erishilganligini qayd qilib o’tdi. Lekin bu hali yetarli emas. Chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo’lsak, bu ko’rsatkich ularda 60-70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasi 20 foizga yetkazildi.
2019 yil 14 may kuni OTMga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4319) qabul qilindi.
Oliy ta‘limni rivojlantirish uchun 2019 yili 19 ta yangi oliy o’quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo’shma ta‘lim dasturi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Oliy ta‘lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko’p talaba o’qishga qabul qilindi (O’z.R. Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasidan. 24.01.2020).
2019 yildan yoshlarimizga bir vaqtning o’zida bir nechta oliy o’quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyati berildi. OTMlarga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etildi.
Ma‘lumki maktab bitiruvchilarini oliy ta‘lim bilan qamrab olish 2016 yildan 9 % ni tashkil etgan. 2020 yilda bu ko’rsatkich 25 % ga yetkazildi. 2020-2021-o’quv yilida oliy o’quv yurtiga talabalarni qabul qilish davlat grantlari 2 baravarga ko’paytirildi. Qizlar uchun alohida grantlar ham ajratildi. Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan ushbu grantlar asosida o’qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlari ishlab chiqildi.
Joriy o’quv yilidan boshlab Oliy ta‘lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirildi, ta‘lim yo’nalishlari va o’qitiladigan fanlar qayta ko’rib chiqildi. Mutaxassislikka aloqasi bo’lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirildi.
Oliy ta‘limda o’quv jarayonini kredit-modul tizimiga o’tkazish ishlari boshlandi. Joriy yildan pedagogik ta‘limning 6 ta yo’nalishi bo’yicha o’qish muddati 3 yil qilib belgilanadi.
Oliy o’quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik berila boshlandi. 2020-2021 o’quv yilida ularning 10 tasi o’zini o’zi moliyaviy ta‘minlashga o’tkazildi. 5 ta oliy ta‘lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta‘lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish ishlari boshlandi.
2019 yil 8 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta‟lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi (PF-5847). Konsepsiyada O’zbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 50 % dan oshirish; O’zMU va SamDUni mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta OTMni xalqaro e‘tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o’rindagi OTMlari ro’yxatiga, shu jumladan, O’zMU va SamDUni birinchi 500 ta o’rindagi oliy ta‘lim muassasalari ro’yxatiga kiritish; OTMlarda o’quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish; o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta‘limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta‘lim tizimiga bosqichma-bosqich o’tish; OTMlarining akademik mustaqilligini ta‘minlash; OTMlarda texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish kabi muhim chora-tadbirlar belgilandi.
2020 yil 27 fevralda Pedagogik ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident Qarori (PQ-4623) e‘lon qilindi. Unga ko’ra 5 ta universitet qoshida (SamDU, AndDU, BuxDU, TerDU, QarDU) pedagogika institutlari tashkil etildi. Toshkent davlat pedagogika universitetiga ilmiy unvon berish huquqi berilib, universitetda kredit-modul tizimi joriy etildi. 2020-21 o’quv yilidan bakalavriat bosqichida o’qish muddati 3 yil bo’lgan pedagogik ta‘lim yo’nalishlari (musiqa ta‘limi, jismoniy madaniyat, texnologik ta‘lim, chaqiriqqacha harbiy ta‘lim, tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi, maktabgacha va boshlang’ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport). Alohida iqtidor talab etiladigan yo’nalishlarda ijodiy imtixonlar bilan birgalikda 3 ta fan bo’yicha (ona tili, matematika, O’zbekiston tarixi) test sinovlari topshiradi.
Umuman, 2017-2021-yillarda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o’quv yurtlarining soni 131 taga yetganligi sohada islohotlarning amaliy natijasi deb xisoblash mumkin.
Ta‘lim tizimida o’quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko’nikmalarii egallashi, ayni paytda, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro’y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o’zgarishlardan atroflicha xabardor bo’lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
O’zbekistonda bugungi kunda ta‘lim sohasida alohida e‘tirof etib kelinayotgan yutuqlar sifatida maktab ta‘limi mamlakatda yashayotgan turli millatlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 7 tilda o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg’iz, tojik va turkman tillarida olib borilayotganini aytish mumkin. Bunda har bir bitiruvchi majburiy ta‘limdan so’ng, o’z xohishiga ko’ra, oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishi va bakalavr hamda magistr darajasini olishi mumkin. Har bir kollej tegishli korxonalar bilan aloqa bog’lagan. Respublikaning har bir o’quv yurtida optik-tolali aloqa liniyalari asosida qurilgan yagona "Ziyonet" axborot ta‘lim tarmog’iga ulangan axborot resurs markazlari tashkil etilgan.
2017 yil 16 fevralda “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” Prezident Farmoni (PF-4958) e‘lon qilindi. Mazkur Farmon ijrosini ta‘minlash maqsadida 2017 yil 22 mayda Vazirlar Mahkamasining 304-sonli Qarori qabul qilindi. Farmonga asosan 2017 yilning 1 iyulidan boshlab Oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘limning ikki pog’onali tizimi (Tayanch doktorantura (PhD) va Doktorantura (Doktor of Science) joriy qilindi.
O’zbekiston ta‘lim sohasidagi islohotlar respublikadagi mazkur tizim faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida tub o’zgarishlarga, uning yangidan barpo etilishiga olib keldi, boshqaruv usullari demokratlashdi, ta‘lim muassasalarining, birinchi navbatda, maktabgacha ta‘lim muassasalarining nodavlat sektori, ta‘lim faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbalari paydo bo’ldi, ta‘lim xizmatlari spektri kengaydi na iste‘molchilar (aholi, ish beruvchilar) tomonidan bu xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj kuchaydi.
O’zbekistonda ta‘lim tizimini isloh etish dasturini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan barcha ishlar, birinchi navbatda, mamlakatimizning uzoq muddatli manfaatlariga, uning hozirgi ancha murakkab rivojlanish bosqichining mavjud holati va xususiyatlariga to’la javob beradi.
Yangi Qonun 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonunlarni almashtiradi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin