21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə4/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
21 bilet

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni. (Tayanch atamalar: Davlat madhiyasi. Konstitutsiya. Referendum. Taraqqiyotning “ O’zbek modeli”. Reforma. Bozor iqtisodiyoti. Ijtimoiy himoya.)

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni.

    Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O’zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo’lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o’z ifodasini topgan. Konstitutsiya O’zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishiga qonuniy asos soldi. O’z ona vatanining mustaqil davlat bo’lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan O’zbekiston xalqi o’z maqsadiga erishdi, o’z davlatchiligiga o’zi ega bo’ldi.

    1. Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o’z mazmun - mohiyatiga ko’ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida namoyon etadi.

    O’zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya komissiyasi tarkibi qisman o’zgardi.

    1. Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov raisligida bo’lib o’tdi.

    2. O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. O’zbekiston Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi SH.Z.O’razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.

    3. Reja bo’yicha 1991 yil avgust oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov Konstitutsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi konsepsiyasining loyihasi to’g’risidagi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini o’rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo’lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o’tdi.

    4. Konstitutsiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.Z.O’razayev quyidagilarni qayd qilgan: Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o’qib chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g’oyat ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko’ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga va u bo’yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o’z qo’li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko’rsatar edi. Prezident – o’ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko’pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o’ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini o’z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa o’tardi (Уразаев Ш.З. Как готовился проект Конститусии Республики Узбекистан // Народное слово, 1992, 26 декабрь.).

    1991 yilning noyabr oyigacha Konstitutsiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi varianti tayyor bo’ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy o’zgartishlar kiritdi. Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning ko’rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat bilan o’rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi.

    1. Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o’qib chiqdi, ba‘zi moddalarga o’zgartish kiritishi natijasida ular to’laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bo’ldi. Konstitutsiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bo’limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika matbuotining o’zida Konstitutsiya loyihasiga bag’ishlangan yuzdan ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.

    2. Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o’tdi.

    3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan o’zgartishlar va to’ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela boshladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishda loyiha bo’yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko’p sonli takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o’rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80 yaqin o’zgartish, qo’shimcha va aniqliklar kiritildi.

    4. Mustaqil O’zbekiston davlatining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a‘zosining kundalik turmushiga, faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini ro’yobga chiqishi uchun ishonch bag’ishlaydi.

    5. Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitutsiyani xalqchil qomus deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o’tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganligini, sayqal topganligini ta‘kidladi (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: O’zbekiston, 1996. – 118 bet.).


    Yüklə 1,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin