22-mavzu. Valuta kursi reja : Valyuta va jaxon valyuta tizimi tushunchasi


Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar



Yüklə 116,61 Kb.
səhifə3/9
tarix17.07.2023
ölçüsü116,61 Kb.
#136764
1   2   3   4   5   6   7   8   9
22-MAVZU. VALUTA KURSI

18.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar
Barcha xalkaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orkali olib borilishi tufayli xar kanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valyuta baxosini yoki valyuta kursini aniklash zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunday kilib, valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshka mamlakatlar pul birligida ifodalangan baxosidir. Valyuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘gri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining baxosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, bunga to‘gri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AKSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya rubli 32 so‘mga teng va xakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to‘gri keladigan xorijiy valyutaning mikdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek so‘mi 0,001025 AKSh dollariga to‘gri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda xam to‘gri kotirovkalash kabul kilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning baxosi yoki kursi aniklanadi. O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valyuta birjasida o‘rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish xukukiga ega bo‘lgan banklar xisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga boglik xolda valyuta kurslarini kabul kilishning bir-biridan fark kiluvchi ikki varianti mavjud.
1. Talab va taklifga asosan aniklanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniklanadigan kat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi.
Yerkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniklanadi. Masalan, bir o‘zbek so‘mining AKSh dollariga almashishini karab chikamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (32-chizma).

P
D S


3

2


1

0 Dollarning kiymati K





Yüklə 116,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin