32-chizma. Xorijiy valyuta bozori
Dollarga bo‘lgan talabning kamayishi D to‘gri chizigida berilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, agarda dollar o‘zbekistonliklar uchun arzon bo‘lsa, amerika tovarlari xam ular uchun arzon bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo‘lgan talabini oshiradi.
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning kiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning kiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko‘prok o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki, so‘mning dollarga nisbatan kiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek tovarlarining narxi xam pasayganini bildiradi va okibatda ko‘prok o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi.
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AKSh dollarini valyuta bozoriga olib chikadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuktasi dollarning so‘mdagi kiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so‘mdagi kiymati oshsa, so‘m kiymatining pasayganligini yoki kadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi kiymati pasaysa, so‘m kiymatining oshganligini yoki so‘mning kimmatlashganligini ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam mikdorda milliy valyuta sarf kilish milliy valyutaning kimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so‘m kadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan kimmatlashadi.
Kayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining baxosi bo‘lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir kilmaydi.
Kayd kilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalkaro savdo va moliya bilan boglik bo‘lgan taxlika va noaniklikni kamaytiradi. Kayd kilingan valyuta kurslarini ko‘llash o‘zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar xajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, kayd kilingan valyuta kurslari tizimining xayotga layokatliligi o‘zaro alokalar jarayondagi ikki sharoitga boglik:
- zaxiralarning mavjudligi;
- o‘z xajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yo‘kka chikarishi mumkin.
Xulosa kilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniklab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi xam ichki va xam tashki iktisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Valyuta kurslarining o‘zgarishiga bir kator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni kiskacha karab chikamiz:
1.Iste’molchilar didining boshka mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi.
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar..
3. Baxodagi nisbiy o‘zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz kilamiz, AKSh inflyatsiyani kuvib o‘tish maksadida « kimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini xisobga olib o‘zgartirilgan (korrektirovka kilingan) foiz stavkalari) AKShda boshka mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga karaganda ko‘tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch xosil kiladiki, AKSh moliyaviy vositalarni ko‘yish uchun juda jozibador va kulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar kiymati o‘sganligini bildiradi.
5. Spekulyatsiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi to‘grisidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga xarakat kiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chikaradi.
O‘tish davri iktisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Banklarni kiyin axvolga solib ko‘yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaktning o‘zida xam to‘lov balansi takchilligini xam ichki spekulyativ talabni kondirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chikishning yagona yo‘lidir.
Nominal va real valyuta kurslari o‘zaro farklanadi. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yukorida biz aynan nominal valyuta kursi xakida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarning nisbiy baxosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshka mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti xam deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o‘rtasidagi nisbat kuyidagi ko‘rinishga ega. Pd
Dostları ilə paylaş: |