22-mavzu. Valuta kursi reja : Valyuta va jaxon valyuta tizimi tushunchasi


- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat



Yüklə 116,61 Kb.
səhifə7/9
tarix17.07.2023
ölçüsü116,61 Kb.
#136764
1   2   3   4   5   6   7   8   9
22-MAVZU. VALUTA KURSI

33- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat

Valyuta taklifining kiskarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy maxsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan kimmatlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, eksportning kiskarishiga va importning oshishiga olib keladi. Okibatda joriy operatsiyalar xisobida takchillik paydo bo‘ladi.Agarda, soliklarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamgarmalar xajmi o‘zgarmasa xam (S-I) egri chizigi yana chapga siljiydi.


e S2-I S1-I
Real valyuta
kursi

e2
e1


Xn(Ye)

Sof eksport Xn2 Xn1 Xn




34-chizma. Valyuta taklifidagi o‘zgarishlarning real almashtirish
kursiga ta’siri
Investitsion solik kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va to‘lov balansida takchillikni keltirib chikaradi.
Chet mamlakatlardagi ragbatlantiruvchi byudjet-solik siyosati bu mamlakatlardagi jamgarmalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalkaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochik iktisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.
e e S-I
S-I(R*1)

S-I(R*1)

e2 B
Ye1

Ye2
e1 A Xn(Ye)2


Xn(Ye)
Xn(Ye)1

Xn2 Xn1 Xn Xn1=Xn2 Xn


35-chizma. Byudjet - solik siyosati- 36-chizma. Importdagi o‘zgarishlarning
ning real almashtirish kursla- eksportga ta’siri
riga ta’siri

Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya ko‘yish uchun taklif kilinayotgan milliy valyuta ko‘payadi va (S-I) egri chizigi o‘ngga suriladi (35-chizma). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy maxsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko‘payadi.


Importga tarif yoki kvotalar joriy kilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu xol grafikda Xn (Ye)1 egri chizigini Xn (Ye)2 xolatiga siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (36-chizma).
Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy maxsulotlar kimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
Shunday kilib, mamlakat ichki bozorini chet el rakobatchilaridan ximoya kilish maksadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar xisobi va kapital xarakati xisobiga ta’sir kilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va tashki savdo mikdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan bo‘lsa xam B nuktadagi eksport va import xajmi A nuktadagi eksport va import xajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy kilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.
Shuning uchun xam uzok davrda nominal valyuta kursi (Yen) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real valyuta kursi e2 nuktada barkarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan e1 nuktaga kadar pasaymaydi. Baxolar darajasining ko‘tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish kobiliyati paritetini tiklaydi.

Yüklə 116,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin