Tiazolidindionlar suyuqlikni kechikishi va tana vazniga qo‘shilishga yordam
beradi. Jigar kasalliklari, har qanday genez shishi, har qanday funksional sinfning
surunkali yurak yetishmovchiligi, diabetning ifodalangan dekompensasiyasi,
homiladorlik va laktasiyada ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma beriladi.
Sul'fonilmochevina dori vositasi (SMDV) (3.13-jadval) yuqori samaradorlikka ega.
SMDV ta'sirining asosiy mexanizmi oshqozonosti bezining β-hujayrasi plazma
membranasining o‘ziga xos reseptorlari bilan o‘zaro ta'siri hisobida insulin
sekresiyasi qo‘zg‘alishi hisoblanadi.
3.13-jadval. Peroral qandni pasaytiruvchi dori vositalari farmakologik guruhining
asosiy tavsifi
Dostları ilə paylaş: