3 – Laboratoriya Ishi «havoning adiabata ko‘rsatkichini aniqlash»



Yüklə 224,27 Kb.
səhifə3/4
tarix26.04.2023
ölçüsü224,27 Kb.
#102758
1   2   3   4
3 – Laboratoriya Ishi «havoning adiabata ko‘rsatkichini aniqlash

POLITROPIK JARAYONDA tizimning issiqlik Sig‘imi o‘zgarmasdir.

Jarayon tenglamasi quyidagicha yoziladi:


pn = const
bu erda n – shu jarayon uchun o‘zgarmas bo‘lib, politropik ko‘rsatgich deyiladi.

3.5-rasm
O‘z-o‘zidan ma’lumki n ga turli qiymatlar berib, yuqorida o‘rganilgan jarayonlarning matematik tenglamalarini keltirib chiqarish mumkin (3.5-rasm).


3. TAJRIBA DASTGOHINING TUZILISHI
Tajriba dastgohining tuzilishi quyidagicha (3.6-rasm): asosiy qism shisha idish 1 dan iborat bo‘lib, tashqi muhit bilan jo‘mrak 2 orqali bog‘lanadi. Jo‘mrak 3 orqali esa kompressor 4 bilan ulangan. SHisha idishdagi bosim U-simon suv manometri 5 bilan o‘lchanadi.



3.6-rasm


4. TAJRIBANI O‘TKAZISH TARTIBI

  1. Jadvalni tayyorlang.

  2. Jo‘mrak 2 yopiqligiga ishonch hosil qilgach, jo‘mrak 3 orqali kompressor yordamida shisha idishga qiymati 200…400 mm suv ustuniga teng bo‘lgan bosimda havo yuboriladi. Belgilangan bosim hosil qilingach, jo‘mrak 3 yopiladi. Kompressor havoni siqib haydaganda xavo harorati ozgina ko‘tariladi. SHu sababdan 5…7 daqiqa kutsak, shisha idishdagi havo harorati xona harorati T1 bilan tenglashadi. Bu hodisa issiqlik muvozanati deyiladi.

  3. U-simon manometrdan sathlar farqi h1 yozib olinadi.

  4. Jo‘mrak 2 ni shunchalik qisqa vaqtda (taxminan 2 soniya) ochamizki, bunda U-simon manometr sathlari tenglashgan hamon yana yopish kerak. Idish ichida R1 atmosfera bosimi hosil bo‘ldi. Tajribaning eng nozik tomoni ham shundaki, agar talaba bu jo‘mrakni o‘z vaqtida yopa olmasa, tajriba natijasi hatolik bilan chiqadi. Biz jo‘mrak 2 ochish orqali gazga (havoga) adiabatik kengayish sharoitini yaratdik. (Albatta bu shartli, chunki havo idishdan chiqar ekan, albatta idish devorlariga va jo‘mrakka ishqalanadi). Gaz adiabatik kengayish natijasida soviydi, harorati T2 bo‘ladi. Umuman olganda tizim ikkinchi holatga ega bo‘ladi.

  5. Idishdagi sovugan gaz-havo idish devorlari orqali issiqlik olib, xona haroratigacha isiydi. Buning natijasida berk idishda bosim ko‘tarilib R3 ga to‘g‘ri keluvchi h3 sathlar farqini olamiz. Tizim uchinchi holatga ega bo‘ladi.

  6. Tajribani bosim qiymati h1 ning uch xil kattaliklarida o‘tkazing.


Yüklə 224,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin