3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni


O‘zbekistonning mustaqillikka erishib, xalqaro munosabatlar subektiga aylanishi, unga BMTning to‘la huquqli a’zo bo‘lishi uchun xalqaro huquqiy asos yaratib berdi



Yüklə 131,38 Kb.
səhifə9/10
tarix16.12.2023
ölçüsü131,38 Kb.
#180925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro t-www.fayllar.org

1.O‘zbekistonning mustaqillikka erishib, xalqaro munosabatlar subektiga aylanishi, unga BMTning to‘la huquqli a’zo bo‘lishi uchun xalqaro huquqiy asos yaratib berdi.
2.O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi to‘la teng huquqlilik va o‘zaro ishonch asosiga qurilgandir. Mamlakatimizning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni tiklash, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalarni ham qamrab olmoqda. Bunda bir tomonning boshqasiga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.Endilikda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligi keng tus olmoqda. Bu hamkorlikda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ham yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. BMT mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga beg‘araz yordam bermoqda. Bu yordam BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash dasturiga asoslangan holda amalga oshirilmoqda.
4. O‘zbekistonda demokratiyalash jarayonlarining chuqurlaishib borishi mamlakatimizning BMT bilan aloqalari va hamkorligining yanada kengayib borishiga asos bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMT bilan hamkorlikni va o‘zaro munosabatlarni tobora chuqurlashtirish tashabbuskori bo‘lishi bilan birga, bu xalqaro tashkilotning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta`minlaydigan qudratli tashkilotga aylanishining tarafdori bo‘lib qolmoqda,
5.YUNESKOning bir qator xalqaro konvensiya va deklaratsiyalariga qo‘shilishi O‘zbekistonni makon madaniy hamjamiyatiga integratsiyalashuvning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
6.O‘zbekistonning YUNESKOning boshqaruv organlarida ishtiroki to‘g‘rsida masalasini, umuman xalqaro tashkilotlar tushunchasini tashkil etadigan asosiy belgilardan biri bo‘lgan, ularning doimiy organlarining yoki unga tegishli tashkiliy tuzilmasi masalasini o‘rganib chiqildi.


TAKLIFLAR
1.BMT mavqeini kuchaytirish ya’ni BMT o‘z tuzilmalarini qayta qurish o‘zining rahbarlik idoralari va ixtisoslashgan muassasalari ishini tubdan qayta qurish lozim.
2.Asosiy e’tibor bosh vakolatli idorasi sifatida BMT siyosatini belgilash va muhokama qilish huquqi bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasining rahbarlik o‘rnini tasdiqlash kerak.
3.BMTning Xavfsizlik Kengashini isloh qilish kerak.
4.Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash va Xalqaro sudning roli oshirilishi zarur. BMTga o‘z vazifasini bajarish uchun zarur mablag‘ va resurslarni o‘z vaqtida ta’minlash zarur.
5. YUNESKO O‘zbekiston munosabatlarini o‘rganish chog‘ida ta’lim va fan sohasidagi aloqalarini ko‘p manbalarda uchratmadim. Aynan shu borada munosabatlarga ko‘proq e’tibor berishi lozim deb bilaman.


Yüklə 131,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin