3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


Ma’naviy-axloqiy xulq-atvorni shaklantirish metodlari. Mashq



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə24/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Saidova Parvina

Ma’naviy-axloqiy xulq-atvorni shaklantirish metodlari. Mashq - ma’naviy-axloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli metodidir. Unga qoidalarni mashq qiidirish - foydali odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish, o‘rgatilgan tajribani yangilash, nazorat - o‘rgatilgan odatning to‘g‘ri va samarali ekanligini tekshirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, tarbiyalanuvchini faollashtiruvchi shaxsiy gigiyena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, ko‘chada, shaxsda xulq-atvor madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo‘la oladi. Mashq qiidirish natijasida o‘quvchida malaka va odatlar tarkib topadi.

Mashq metodining samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olishni talab qiladi: 1) mashqlar tizimi; 2) ularning mazmuni; 3) mashqning tushunarli bo‘lishi; 4) hajmi; 5) takrorlash tezligi; 6) nazorat va tuzatish; 7) o‘quvchilaming individual o‘ziga xosliklari; 8) mashqni bajarish joyi va vaqti; 9) individual, guruhli va jamoaviy mashq shakllarini uyg‘unlashtirish; 10) motivatsiya hosil qilish va rag‘batlantirish. Mazkur omillar orasida mashqning hajmi va sur’ati hamda kutiladigan natija o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlik mavjud: mashq qanchalik ko‘p va tez-tez bajarilsa, uning yordamida shakllantiriladigan sifatlar shunchalik tez rivojlanadi.
Talab - tarbiyalash maqsadida o‘quvchidan biror narsani qat’iyat bilan so‘rab turish boiib, o‘quvchilaming maium bir faoliyatini rag‘batlaydi yoki bartaraf etishga xizmat qiladi. Taqdim etish shakliga ko‘ra bevosita va bilvosita talab farqlanadi. Bevosita talab uchun qat’iylik, aniqlik, mohiyatning tushunarli bo‘lishi xos bo‘lib, keskin ohang, yuz harakatlari uyg'unligi aks etadi. Bilvosita talab (maslahat berish, yalinish, ta’kidlash, qaytarish) bevosita talabdan farqli ravishda o‘quvchida qayg‘urish, qiziqish, intilish kabi psixologik omillami chaqirishga xizmat qiladi. Maslahat berish orqali o‘quvchida ma’lum xatti-harakatning foydali ekanligiga ishonch hosil qilinadi. O‘quvchi qachonki bildirilayotgan fikrni o‘zi uchun muhim ekanligiga ishonch hosil qila olgandagina maslahatni qabul qiladi. Ta’kidlash - o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan axloqiy mazmunni uqtirib, tayinlashdir. Qaytarish - o‘quvchi jahli chiqib, qizishib biror korhol, yomonlik qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni ko‘rsatsa, uni bunday nomaqbul, nojo‘ya ishdan, xatti-harakatdan o‘zini tutishga undash, tiyish. O‘rgatish - o‘quvchiga biror ish-harakat (masalan, turli joy va vaziyatlarda o‘zini tutishni, gapirishni va boshqalar) bajarish usulini, yo‘l-yo‘rug‘ini tushuntirish, bildirish va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilish. Mazkur metodni to‘g‘ri qo‘llash qoidalariga quyidagilar kiradi: O‘qituvchi va o‘quvchilar tarbiya maqsadiga doir aniq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Ayniqsa, o‘quvchi o‘rgatilayotgan ish-harakatning nima uchun xizmat qilishini tushunib yetmasa, o‘qituvchining harakati zoe ketadi.

    1. Ish-harakatni bajarishga o‘rgatishda buyruqqa emas, tushuntirishga asoslanish lozim. Masalan: «Qo‘shnilar bilan salomlashib yursang, ular seni yaxshi ko‘rishadi», «Seni chiroyli kuladi deyishlari uchun tishlaringni yuvib yurishing kerak» va boshqalar. O‘quvchilarga o‘rgatiladigan ish-harakat uchun maqbul vaqt va miqdor hisobga olinishi lozim. Odatlantirish uchun ma’lum muddat zarur, shoshilish kerak emas. Dastlab o‘quvchini harakatlami to‘g‘ri bajarishi haqidagi qayg‘urish, keyin uni tez amalga oshirishiga intilish zarur.

  1. O‘quvchiga harakatlar qanday bajarilishini, natijasi nima bilan tugashini ko‘rsatib berish lozim. Masalan, toza va iflos poyabzal, silliq va g‘ijimlangan kiyimni taqqoslab ko‘rsatish orqali o‘quvchini bunday holatlami bartaraf etishga o‘rgatib borish mumkin. O‘rgatish doimiy nazoratni talab etadi. Nazorat chin ko‘ngildan, qiziqish bilan amalga oshirilishi, zarda-jahl tarzida bo‘lmasligi hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan uyg‘unlikda olib borilishi lozim. O‘rgatish o‘yin orqali amalga oshirilsa, yaxshi samara beradi. O‘yinda o‘quvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning majburlashisiz ham o‘z xohishiga ko‘ra bajaradi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin