3-ma’ruza. Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. (2 soat) Reja



Yüklə 245 Kb.
səhifə5/9
tarix21.12.2022
ölçüsü245 Kb.
#77106
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma\'ruza (2)

Mansablar, unvonlar va amallar. Avvalo, ta’kidlash lozimki, manbalar va adabiyotlarda Buxoro amirligida mavjud bo’lgan unvon, mansab hamda amallarga oid ma’lumotlar juda chalkash, ko’p hollarda bir-birini inkor etadi. So’nggi yillarda Sh.Vohidov va R. Xoliqovalar o’z tadqiqotlarida ushbu masalalarga aniqlik kiritishga harakat qilganlar. Quyida ularning tadqiqotlariga asoslanib amirlikdagi mansablar va unvonlar haqida so’z yuritamiz. Buxoro amirligidagi eng yuqori unvon va mansablar, avvalo mang’it urug’i vakillariga,sayyidlarga, xo’jalarga hamda ulamolarga berilgan bo’lib, davlatdagi eng yuqori unvon amir ul-umaro, otaliq, hokim(valiy, bek), qo’shbegi va devonbegilar bo’lgan. Davlat amir, amir ul-umaro tomonidan boshqarilib, u amalda va rasman cheklanmagan huquqlarga ega bo’lgan. Oltin O’rda davlatida joriy etilgan otaliq unvoni mang’itlar davriga kelib otaliqqa olingan shaxsning maslahatchisi va ishonchli vakili, harbiy va ma’muriy ishlarda asosiy vakiliga aylandi.
Amir Shohmurod davrida otaliqning vakolatlari cheklanib, unga Zarafshon daryosi suvining tasimotini nazorat qilish, Buxoro kanali(rud-i shahr) va dorug’alik vazifasi yuklanadi. Budavrda qo’shbegi yoki qo’shbegiyi bolo eng oliy saroy mansabi hisoblanib uning mavqei juda baland bo’lgan. Amalda bosh vazir vazifasini bajargan bu mansab egasi iqtisodiy,siyosiy va harbiy masalalar bo’yicha amirning eng yaqin odami bo’lgan. Saroydagi oliy mansablardan yana biri devonbegi bo’lib,bu mansabdor vazir vakolatlariga ega bo’lgan. Devonbegi moliya ishlari, daromad va xarajatlar hamda soliq yig’ish ustidan to’la nazorat qilish ishlariga javob bergan. Amirlikdagi markaziy davlat boshqaruvida Buxoro shahri alohida o’rin egallagan. Jumladan, Buxoro shahri hokimi amirning birinchi vaziri va boshqa viloyatlar boshqaruvchisi hisoblangan. Shahardagi jamoat tartibini saqlash mirshablarga topshirilgan bo’lib, ular shahar mirshabboshisiga bo’ysunishgan. Buxoro shahri mirshabboshisiga boshqa barcha shaharlar mirshabboshilari bo’ysungan. Mang’itlar davrida Buxoroda qo’shbegi, qozikalon, bosh rais va mirshabboshi birgalikda “chor hokim”, ya’ni, “to’rt hokim” deb yuritilgan. Amirlikning boshqaruv tizimida bosh rais alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu amal yarim diniy, yarim targ’ibotchi usulida edi. Amirlikda bosh rais odatda eshon rais yoki rais-ush shariat deb atalgan bo’lib unga barcha mahalliy raislar bo’ysungan. Bosh rais ularni vaqti-vaqti bilan amir oldida tekshiruvdan o’tkazib turgan. Eshon rais qozikalondan keyin turadigan amaldor bo’lib, uning mahkamasiga vaqtincha o’rinbosarlik qiluvchi xalifa, noib, mulozimlar, mirzalar, miroxo’rboshi, tergovchi, shahar mirobi kabilar kirgan. Amir saroyida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi lavozimlar qatoriga shahar xavfsizligiga javobgar bo’lgan mirshab va uning qo’l ostidagilar, suv ta’minotiga javobgar bo’lgan mirob va uning qo’l ostida ishlaydiganlar kirgan. Mirshab qo’l ostida yasovulboshi, devonbegi, mahramboshi, mirzalar, dahboshi,shabgard(kechki qorovul), farroshboshi kabilar bo’lgan. Mirob tasarrufida esa mahram,mirzalar, bakovullar, miroxo’rlar, suv tarmoqlari nazoratchilari,mahalla, mavze va qishloq oqsoqollari faoliyat yuritganlar. Amirning ikkinchi vaziri qo’shbegi poyon, ba’zi manbalarda mir poyon deb atalgan bo’lib, unga yasovulboshi, miroxo’rboshi, xazinachi, mirzalar,bakovulboshi, zakotchilar bo’ysungan. Miri poyon ularni bevosita o’z nazoratiga olib turgan. Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi mansabdorlar ham mavjud bo’lgan. Amir farmonlarini yetkazuvchi parvonachi, amirga doimo hamroh bo’lib yuruvchi hidoyachi, amir maslahatchisi va xorijiy mehmonlarni ko’tib oluvchi shig’ovul, amir osoyishtaligi va tinchligini muhofaza qiluvchi tongotar(tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni qabul qiluvchi javobgar salom og’asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari chog’ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog’ida qonun bilan shug’ullanuvchi mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og’a kabilar shular jumlasidan. Amirga bo’lgan sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh,inoq, to’qsabo,otaliq, eshikog’asi kabi unvonlarga ega bo’lganlar.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab shayxulislom hisoblangan. Ammo,bu davrda uning vazifalari ancha toraygan edi. XIX asr o’rtalaridan boshlab shayxulislom o’rnini qozikalon egallaydi. Yuqorida eslatilgan amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais qatnashgan. Amir Muzaffar davridan boshlab amirlikdagi barcha huquqiy normalar qozilar tomonidan hal qilingan. Barcha fuqarolik,xo’jalik va jinoiy ishlar Qur’on asosida ko’rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan. Qozilar amir irodasiga ko’ra qozikalon tomonidan tayinlangan.
Shariat bo’yicha boshqaruv qozilar qo’lida bo’lgan. Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo’lishi bilan birga, davlatdagi boshqa qozilar boshlig’i hisoblangan. Amirlikda rasman uchta diniy unvon – o’roq, sudur va sadr mavjud bo’lgan. Manbalarga ko’ra, madrasani tugutgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi mumkin bo’lgan. Yuqoridagi amallarda bir necha yil ishlagnidan so’ng shariat huquqlari sohasida to’plagan bilim va tajribalari asosida bunday shaxslarga dastlab o’roq, keyin sudr va so’ngra sadr unvonlari berilgan. Eng oxirgi diniy unvoni bo’lgan shaxslar qozikalon, muftiy, a’lam, oxun kabi diniy amallarni egallashi mumkin bo’lgan. Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning shikoyatlarini shu masalalar bilan shug’ullanuvchi maxsus amaldor-qozi askar ko’rib chiqqan. Harbiy jinoyatlar bo’yicha fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida bo’lgan. Demak, amirlikdagi harbiylar va fuqarolik ishlari alohida-alohida mahkamalar tomonidan ko’rib chiqilgan. Amir Nasrullo davrida amirlikda muntazam qo’shin – sarbozlar qo’shini tashkil etilgan. Eng yuqori harbiy unvonlar sarkarda, amiri lashkar, dodxoh(qo’shin boshlig’i) kabilar bo’lib, qo’ronbegi, to’qsabo, mingboshi kabi oliy toifali harbiy amaldorlar ham faoliyat yuritgan. Bekliklar hududidagi qo’shinga beklarning o’zlari rahbarlik qilganlar. Bekning eng yaqin yordamchilari yasovulboshi boshchiligidagi yasovullar bo’lgan. Qo’shinda ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o’nboshi, miroxo’r kabi bo’linma boshliqlari ham bo’lgan. Ming boshi bayroq(tug’) ko’tarib yurish huquqiga yega.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xonlikninglari va Buxoro amirligining xalq ta`limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta`kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g`oyasi O’rta o`rinni egallar edi.O`z boshlang`ich nuqtasini X-XII asrlardan e`tiboran olgan so`fiylik tariqati naqshbandiylik g`oyasi bilan uyg`unligi negizida XV asrga kelib eng yuksak cho`qqiga ko`tariladi, u to XX asrdagi siyosiy to`lqin va larzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining borishida jiddiy rol o`ynaydi. XVI asrning ikkinchi yarmidan e`tiboran Jo`ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din peshvolari yuqori mavqeiga ega bo`ladilar. Bu davrning nomdor Jo`ybor shayxlaridan Ho`ja Muhammad Islom (1493 yil atroflari-1563), Xoji Jaloliddin Kosoniy (1549 yilda vafot etgan), u tarixda Mahdumi A`zam nomi bilan mashhur edi; Ho`ja Sa`ad (1531-32-1589); Ho`ja Tojiddin Hasan (1547-1646); Ho`jaAbdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo`lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyondalari bo`lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va xuquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o`zlarini “Musulmon amirlari” deb e`lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o`zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e`lon qilingan. Ayni zamonda din ham xonlarni qo`llab-quvvatlagan, Ollox va Qur`on nomidan ularga katta va cheklanmagan xuquqlar bergan. Masalan, Amir Nasrullo (1826-1860 )ning Qo`qon xonligini 1842 yili bosib olishi bunga dalil bo`la oladi. Yoki amir Shohmurod Ollox irodasini baho keltirishni qizg`in namoyish qilgani va davlatda Islomning ravnaq topishiga g`amho`rlik ko`rsatgani uchun “begunox amir” nomini olgan. Darvoqe Shohmurod naqshbandiylar darvesh jamoasining a`zosi va o`sha davrda shu jamoaning boshlig`i bo`lgan shayx Safarning muridi bo`lgan.
Ruhoniylarning ta`siri va raxnamoligida o`z davrining mulkdorlari va xudojo`y kishilari mablag`lari hisobiga qabristonlar obod qilinar, u yerlarga boradigan yo`llar, ko`priklar ta`mirlanar va qabristonlarga yaqin joylarda masjitlar va madrasalar qurilardi. Naqshbandiylar ta`limotining asoschisi Bahoviddin Naqshbandning Buxorodan 12 kilometrlar chamasi narida joylashgan qabri to oktyabr to`ntarishiga qadar ham musulmon dunyosi xalqlari o`rtasida mashhur qadamjoy bo`lgan. Bu yerda har chorshanba kuni Buxoro shahridan va boshqa uzoq-uzoq yurtlardan musulmonlar bozorga vaan`anagaaylanib qolgan “gul bayrami”ga to`planganlar. Qur`oni Karimdan tilovatlar qilib nomozlar o`qiganlar. Qabr atrofida katta sayil bo`lar, odamlar qo`shiq aytib raqsga tushardilar.
Amirlar bu qadamgohni xaftada bir martaalbatta ziyorat qilishni odat tusiga kiritganlar, xojilar, jamoaarboblariga sovg`a-salomlar va tangalar xadya qilganlar.
O’rta Osiyodagi har uchala xonlikningda ham ruhoniylar qozikalon sifatida barcha sud ishlarini o`z qo`llari ostida markazlashtirib olganlar. Qozikalonlarni amir va xonlar tayinlar edilar. Ma`rifat, fan va maorifda ham Islom mafkurasi asosiy va yetakchi yo`nalish bo`lib xizmat qilgan.

Yüklə 245 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin