- agar fan ichidagi bir tizimning tushunchalarini o‘zlashtirishda boshqa tizimdagi
tushunchalar bilan ularning o‘zaro bog‘liqligi sharti amalga oshirilsa,
o‘zlashtirilish samaraliroq bo‘ladi;
mazkur fan tushunchalarining o‘zlashtirilishida fanlararo bog‘lanish shartiga rioya
etilsa, bu jarayon jadallashadi.
O‘quvchilarda
ilmiy
tushunchalarni
shakllantirishning
usullariga
oid
psixologlarning ishlarida turli xil nuqtai nazarlar keltiriladi va asoslanadi. Ulardan eng
ko‘p diqqatga e‘tiborlisi Galperin va Talizina, Shardakov, Menchinskaya va Davidovlar
taklif etishgan usullardir.
Galperin va Talizina o‘zlari rivojlantirgan tafakkur
faoliyatining bosqichma
bosqich shakllanish nazariyasidan kelib chiqib, tushunchalami shakllantirishning
quyidagi ketma ketligini taklif etadi:
1) O‘quvchilarda shakllangan
bodishi
kerak
bodgan
tushunchalar
to‘g‘risidagi ob’ektlar (yoki ularning belgili kodinishlari)
ustida amaliy mashq
(moddiylashgan faoliyat);
2) Baland nutqda ta’riflash (tashqi talaffuz).
3) Ichki talaffuz (tushunchalar bilan fikran amallar bajarish).
Tushunchalarni shakllantirish bosqichlari to‘g‘risidagi Galperin va Talizinalarning
nuqtai nazarlarini ajratmagan xolda, Shadrakov ularning taklif etishgan usullarini
universal deb hisoblamaydi. “tushunchalarning amaliy operatsiyalar orqali shakllanishi,
deb
yozadi Shadrakov, faqatgina bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ularni amaliyotga
hoziroq qodlash xollarida samarali bodishi mumkin”. Galperin va Talizina o‘z
tadqiqotlarida o‘quvchilarda bir qancha geometrik tushunchalarning o‘zlashtirlish
jarayonini odganishdi, aynan shunday tushunchalar bilan ish kodishgan.
Ular o‘quvchilarga tushunchalarning belgi hossalarining ketma ketligi keltirilgan
kartochkalar taklif etishdi: standart shakl va “moddiylashgan” obraz (ip,
simdan
yasalgan burchak va sh.k.). o‘quvchilarga namunalar kodsatilgan va o‘quvchilar ular
ustida amallar bajarishi kerak edi. Tushunchalar o‘quvchilarning amaliy faoliyatining
natijasida o‘zlashtirilgan va tushunchalarni shakllantirishning bunday usuli ularning
tajribalarida yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
Biroq, boshqa
mualliflarning tadqiqotlari, xususan A. N, Sokolovning ishi shuni
ko‘rsatdiki, tushunchalarni shakllantirishning boshqacha tartibi ham qoniqarli
natijalarga
olib keladi, bunda, o‘quvchilar oldin nazariy materialni o‘zlashtirishadi,
keyin esa uni amaliyotda qo‘llashadi.
Dostları ilə paylaş: