qaraganda, bilimlarning hajmi har sakkiz yilda ikki barobar ko‘paymoqda. Biz
terminlar
hosil qilishning nazariy asoslari, yangi terminlar yaratishdagi
amaliy tajribalar hamda
grafik tilning terminoliyasi va tarjima sohasidagi shaxsiy tajribalarimizga asoslanib,
quyidagi ilmiy-pedagogik talablarni qanoatlantirishi kerak, degan xulosaga keldik.
I. Bir ma’nolilik. Har bir terming imkoniyat boricha
bir tushuncha mos kelishi
kerak. Har qanday termin aniq ta’rifga ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa fanning turli sohalari
bo‘yicha terminlar tuzishda bir ma’nolilikka erishish zarur. Bu prinspga (qoidaga) rioya
qilmaslik tilde omonim so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Terminlarning ko‘p
ma’noli bo‘lishi, so‘zsiz, o‘rganilayotgan materialning tushunishni qiyinlashtiradi, bu
esa o‘z navbatida o‘qitish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Terminlarning ko‘p ma’noli bo‘lishi, ko‘pincha xatoga olib kelishini ta’kidlab, D.
S. Lotte bunday degan edi: “Terminlarning ko‘p ma’noli bo‘lishi ko‘p hollarda, ayniqsa,
bir termin bilan turli tushunchalar anglanganda, amaliy xatoga olib keladi”.
Ayniqsa, omonimlar bir tilning bir terminologiya
sistemasiga kirsa, ya‘ni bir
termin orqali biror terminologiya sistemasining bir necha tushunchalari belgilansa,
anglashilmovchilikka olib kelishi turgan gap. Masalan:
1. “Perpendikulyar”, “urinma”, “kesuvchi” kabi terminlar ham ikki xil ma‘noda:
to‘g‘ri chiziq sifatida va shu to‘g‘ri chiziqning kesmasi sifatida qo‘llaniladi.
2. “Gradus” termini ham quyidagi ma‘nolarda qo‘llaniladi: a) burchak gradusi; b)
yoy gradusi; v) temperature birligi.
“Giperbola” termini: a) konus
kesimlariga doir egri chiziqni; b) adabiyotlarda:
mubolag‘a ma‘nosini bildiradi.
Ba‘zi bir termin orqali belgilangan tushunchalar o‘rtasidagi farqni
oydinlashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunga misol qilib “tetraedr” terminini ko‘rsatish
mumkin: a)
uchburchakli piramida; b) muntazam uchburchakli piramida; v)
barcha
yoqlari muntazam uchburchakdan tuzilgan uch burchakli piramida.
Bunday terminlarning tabiatini (ya’ni ulaga mos tushunchalarni) bilish uchun uni
keng ravishda analiz qilishga - sanab o‘tilgan piramidalardan qaysilari haqida so‘z
yuritilayotganligiga alohida ta’kidlashga to‘g‘ri keladi.
Ilmiy tilda omonimlar ko‘pincha ko‘chma ma’nolarda qo‘llaniladi. Bunday
hollarda bir termin o‘zining “tovush qobig‘i”ni saqlab,
biror tilning har xil
terminologiya sistemasiga kirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: