7. Tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish. Bundan oldingi bosqich bilan
tushunchani o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilgan ish yakunlanmaydi. Ta’limning keyingi
jarayoni davomida o‘quvchilar tushunchaning mazmuni bilan chuqurroq tanishadi va
mazkur fan ichidagi turli tushunchalar bilan keyinchalik esa turli fandagi tushunchalar
bilan aloqa va munosabatlarini o‘rganib borishadi.
Shardakov tomonidan taklif etilgan tushunchalarni shakllantirish yo‘li ta‘lim
jarayonida tushunchalarni shakllantirishning barcha usullarini rad etmaydi. Bu usulni
faqatgina shunday tushunchalarni shakllantirishda amalga oshirish mumkin, ya‘ni aniq
yaqqol materialga, hissiy idrok etiluvchi narsa va hodisalarga tayanish mumkin bo‘lgan
hollardadir. Bunday hollarda Galperin taklif etgan “narsali” faoliyat orqali yoki
Ardakov taklif etgan “hissiy idrok” qilish bilan tushunchalarni shakllantirishning ilojisi
yo‘q. Bu yerda boshqacha yo‘l bo‘lishi mumkin tushunchalarni shakllantirishni
ta‘riflash bilan boshlashdir. Bu yo‘lni Davidov taklif etadi
Davidov hisoblaydiki, o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish darhol
umumlashtirishning
ikkinchi
shaklidan
boshlanishi
kerak.
Uning
fikricha,
tushunchalarni shakllantirishning ketma - ketligi o‘quv dasturlarining tuzilishi bilan
aniq belgilanadi. Bu dasturlarda esa tushunchalarning “mavhumlikdan aniqlikka,
umumiydan hususiyga” tomon harakati ta‘minlanishi (muvofiqlanishi) kerak. Bu
dasturning negizi, Davidovning fikricha, fanning “xujayralarini qayd etuvchi dastlabki
(boshlang‘ich)” tushunchalaridan iborat bo‘lishi kerak.
Dasturning bunday tuzilishida umumlashtirishning birinchi shakli deyarli inobatga
olinmaydi. Davidovning fikriga ko‘ra, buning o‘zi zarur ham emasdir, “chunki, fanda
tushunchalar allaqachon shakllangandir”.
“Biroq, agar fanda narsaning umumiy ta’rifi topilgan bshlsa, Davidov hisoblaydi,
olim tomonidan amalga oshirilgan emperik izlanishlarni o‘quvchi takrorlashidan qanday
maqsad bor?”
Ta‘limning o‘ziga xos jihati ham shundaki, aynan shu maqsadda, ya‘ni bola bu
yerda allaqachon qo‘lga kiritilganlarni inson tomonidan tizimlashtirilgan shaklidagi
ifodasini o‘zlashtiradi. Bu yerda olimning izlanishining natijasi hisoblangan
tushunchalardan boshlash kerak.
Haqiqatan, tushunchani shakllantirishda uning paydo bo‘lguniga qadar fanda bosib
o‘tilgan yo‘lini o‘quvchilar qayta shu yo‘lni boshidan oxirigacha takrorlashiga zarurat
yo‘q. Ko‘p hollarda tushunchani shakllantirishni ilmiy ta‘rifidan boshlash maqsadga
muvofiq
va
undan
umumlashtirishning
ikkinchi
shakliga
tushunchani
muayyanlashtirishga o‘tish mumkindir.
Demak, geometriyada perpendikulyar, to‘g‘ri burchak, uchburchak va shu kabi
tushunchalarni shakllantirishni ta‘rifidan boshlash mumkin. Biroq, har doim ham bu
yo‘l pedagogik oqlanmasligi va hamma vaqt ham bunga imkonning bo‘lmasligi
muqarrar. Barchasidan avval o‘quvchilar bilimining kengayib borishi bilan birga
mazmuni sekin asta ochilib boruvchi qiyin (murakkab) tushunchalarni shakllantirishda
ta‘rifidan boshlashning ilojisi yo‘q. Misol uchun:
Bunday hollarda ta‘rif o‘rniga tushuntirish yoki tushunchaning belgilaridan bir
nechtasini sanab o‘tish bilan kifoyalanamiz. Ba‘zida kursni o‘rganishning kelgusi
bosqichlarida o‘quvchilarning bilim zaxirasi va o‘zlashtirilgan tushunchalar doirasi
mazkur tushunchaning ta‘rifini anglash uchun yetarli bo‘lganda muntazam to‘ldiriluvchi
to‘liq bo‘lmagan ta‘rifga yo‘l qo‘yiladi.
Davidov “tushunchalarni o‘zlashtirishda kichik o‘quvchilarning psixolog ik
imkoniyatlari” kitobida tushunchalarni shakllantirish jarayoniga mantiqiy ruhiy talabni
qo‘yadi: unda asosiylari sifatida quyidagilari ifodalangan
1. Mazkur o‘quv fanini yoki uning asosiy bo‘limlarini tashkil etuvchi tushunchalar,
o‘quvchilar tomonidan ularning paydo bo‘lish zarurligini ta’minlovchi predmetli
moddiy sharoitlarini ko‘rib chiqish yo‘li bilan o‘zlashtirilish kerak. Boshqacha
aytganda, tushunchalar o‘quvchilarga “tayyor bilim” sifatida berilishi kerak emas.
2. Umumiy va mavhum xarakterdagi bilimlarni o‘zlashtirish xususiy va muayyan
bilimlar bilan birgalikda olib borilishi zarur. Oxirgilari birinchilaridan o‘zlarining
yagona asosidan xulosa o‘rnida keltirilib chiqariladi, bu tamoil tushunchani kelib
chiqishini aniqlashtirishga qo‘yilgan talabga mu vofiqdir.
3. U yoki bu tushunchalarning predmetli moddiy manbaalarini o‘rganishda
o‘quvchilar birinchi navbatda mazkur tushunchalarning berilgan barcha ob’ektlarini
strukturasi va mazmunini, umumiy aloqalarini aniqlab beruvchi genetik kelib yaiqishini
topishlari lozim.
4. Bu aloqani uning xossasini “sof holda” o‘rganishga imkon beruvchi narsali,
grafik yoki belgili modellari yordamida (ular ustida) ko‘rib chiqish zarur.
5. O‘quvchilarda shunday narsali faoliyatlarni maxsus, atayin shakllantirish
kerakki, bu orqali ular o‘quv materialidagi ob’ektlarni aniqlab va ularning muhim
aloqalarini modellarda ko‘rib chiqishi, so‘ng esa uning hossalarini o‘rganib olishlari
kerak.
6. O‘quvchilar asta-sekin va o‘z vaqti bilan narsali faoliyatlardan ulami fikran
bajarishga o‘tishlari lozim.
Muallif tasdiqlaydiki, o‘quv fanlarninig bunday tuzilishi ta’limni shunday tashkil
etishga imkon beradi, ya’ni bu jarayonda kichik yoshdagi o‘quvchilar odatda katta
sinfdagi o‘quvchilarga tegishli bo‘lgan tushunchalarni to‘liq egallashadi. Bu
tushunchalarni o‘zlashtirish o‘quvchilarda nazariy tafakkurni shakllanishiga olib keladi.
Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirishning usullarini
yuqorida aytilgan va mazkur ish muallifining nuqtai nazarlarni solishtirsak, shunday
xulosaga kelamiz. Davidov o‘zi endi “olimning emperik izlanishini takrorlash” deb
xarkterlangan va birinchi shakldagi umumlashtirish bosqichinig kategorial shaklini
inkor etmaydi, bu yerda tushunchaning kelib chiqishining “predmetli moddiy sharoitini
ko‘rib chiqish” ning zarurligi tan olinmoqda. Endi u tushuncha bolalarga “tayyor bilim”
shaklida berilishi kerak emas deb tasdiqlaydi. Shuningdek yana “narsali faoliyatlardan
asta-sekin va o‘z vaqtida ularni fikran bajarishga o‘tish” zarurligini ham ko‘rsatgan.
Ta‘limda ilmiy tushunchalarni shakllantirish usullarining ko‘rib chiqilgan nuqtai
nazarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, har bir muallif o‘zi taklif etayotgan usulni yagona
to‘g‘riligini isbotlashga intiladi, bu degani, barcha tushunchalarni, ularning
mazmunidan va bolalardagi ularni o‘zlashtirishiga bo‘lgan tayyorgarligik darajasidan
qat‘iy nazar, universaldir deganidir.
Biz shunga o‘xshash tasdiqlarni amalda noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Kichik
yoshdagi maktab o‘quvchilarning ta‘lim jarayonidagi tushunchalarni shakllantirish
usullarinikatta yoshdagilariga o‘tkazish mumkin emas. Elementar matematk, geometrik
tushunchalarni shakllantirish uchun yaroqli metodlarni qiyin tabiiy ilmiy tushunchalarga
qo‘llash mumkin emas.
Biz o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish turli xil usullar va metodlar orqali
amalga oshirilishi mumkin (va kerak) deb hisoblaymiz. Tushunchalarni shakllantirish
usuli, bosqichlarining navbati bilan ketma ketligi shakllantiriluvchi tushunchalarning
mazmunidan, o‘quvchilarning umumiy rivojlanganligi darajasidan, ulardagi mavjud
tushunchalar bazasidan kelib chiquvchi tajribalaridan, bilish qobiliyatlari va
tasavvurlarining darajasidan va boshqalardan kelib chiqib aniqlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |