“kesma” tushunchasi uchun yordamchi tushunchadir, shu ningdek yonalishdosh nurlar”
tushuncha “yonalish” tushunchasi uchun yordamchi tushunchadir va hokazo), u holda
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatidagi II punkt tushirib qoldirilishi mumkin. Agar
o‘quvchilar qo‘llayotgan tushuncha bilan avvallari duch kelgan bo‘lsalar va bu
tushuncha haqida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘lgan bo‘lsalar, u holda I punkt tushirib
qoldirilishi mumkin.
O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida yuqorida tavsiya etilgan yoldan tizimli ravishda
foydalanib borilgach, o‘quvchilarda ma’lum darajada ko‘nikma hosil bo‘ladi, shundan
so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan muammoga tezda javob bera
oladigan bo‘lsalar, u holda I, III. IV punktlarni tushirib qoldirish mumkin. Bunda
ko‘rsatma-qo‘llanmalardan foydalanishda aniqlikni sekin-asta predmet-model-rasm-
simvol yonalishida kamaytirib boriladi.
Geometrik tushunchalarni, ayniqsa sistematik kursning dastlabki davrlarida,
yuqoridagi tartibda o‘rganish o‘quvchilarning o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchini
oshiradi, ularning aqliy faoliyatlari, ya‘ni ularda taqqoslash, umumlashtirish, analiz va
sintez qilish malakalari shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: