keladi. Masalan, o‘quvchilar “romb” deb talaffuz qilish o‘rniga “rom” yoki “ro‘m” deb
aytadilar. Bu qiyinchiliklardan qutilish uchun ba’an terminlarni orfografik jihatdan
o‘zgartiriladi.
Ma’lumki, ishlab chiqariladigan buyumlar, jihozlar, mashina va mexanizmlar,
ularning loyihasi-yaratilish jarayoni ularni yasash hamda nazorat qilish bilan bog‘liq.
Bu esa chizmalarsiz,
aniqroq aytganda, chizma chizish va ulami o‘qishni bilmasdan
amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, muhandis o‘z g‘oyalari va fikrlarini chizmalarda
ifodalaydi va boshqalar fikrini shu yo‘l bilan anglaydi. Shuning uchun bu texnik hujjat
hisoblanib, u asosan grafik tasvirlar, ya’ni chi zmalar orqali amalga oshiriladi.
Demak, narsaning aniq shaklini va o‘chamlarini to‘liq ko‘rsata oladigan
tekislikdagi tasvir chizma deyiladi. Chizma texnika tili hisoblanadi. Hozirgi kunda
texnika shu qadar rivojlanib ketdiki, u ishlab chiqarishda turli buyumlarni tayyorlash,
shuningdek, inshootlarni qurishda insonnning og‘ir, mashaqqatli mehnatini
osonlashtiradigan asosiy vositalaridan biriga aylandi. Kundalik hayotda qo‘llaniladigan
eng
oddiy texnikaviy qurol, asbob-uskunalar va moslamalardan tortib, eng murakkab
mashina mexanizmlar, ulkan va hashamatli binolar, maishiy va qishloq xo‘jalik
mashinalari, parvozga parvoz qilayotgan samalyot kosmik kemalargacha insonning
xizmatida. Bunda esa texnikaning taraqqiy etishida esa fanlarning roli juda katta.
Mamlakatimizda barcha ta‘lim tizimida ko‘plab fan sohalari o‘rganilmoqdaki, u tobora
kengayib, chuqurlashib bormoqda va ulardan ulkan kashfiyotlar qilinmoqda.
Ilmiy manbalarda: “Fan va texnika sohasida erishilib kelgan va erishilayotgan
barcha yutuqlarda, ularning tarkib topishi va rivojlanishida terminlarning ham o‘ziga
yarasha o‘rni
va xizmati borligi, kishi borliqda ko‘rgan narsasini, o‘zi kashf etgan
buyumni biror tarzda atamasa bir-biri bilan so‘zlar vositasida aloqa qila olmagan,
binobarin, hozirgi yutuqlarga erishmagan bo‘lur edi. Fanlar va texnika terminlari ham
mana shu zayilda yuzaga kelgan’ligi, fanniy-texnikaviy terminlar umumxalq
leksiyasining eng harakatchan, epchil va tez o‘zgaruvchan qismi ekanligi qayd qilingan.
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, ko‘plab yuzaga kelgan fanlar, texnika sohalari ular
bilan bog‘liq holda bir qator terminologik sistemalar ham yuzaga keldi. Aynan bu fan
va texnika sohalarining mazmuni, yangiliklari terminlarda o‘z aksini, o‘rnini topadi.
R.Doniyorov fan va texnikaga oid terminlarning paydo bo‘lishini o‘rganish
jarayonida ayrim olimlarning fan va texnuikaga oid o‘zbekcha
terminlarning yuzaga
keishini asosan Oktyar revolutsiyasidan keyin paydo bo‘lgan deb bildirgan
basharotlarini asossiz ekanligini isbotlab, ayrim terminlarning yuzaga kelishini ming yil
hatto unda ortiqroq vaqt bilan o‘lchaydi va shu o‘rinda bir qatortarixiy manbalardan
misollar va dalillar keltirgan. Shuningdek, aniq bir fan ham, shu jumladan texnika,
aynan ularning terminlari ham aniq bir fanning yoki bir xalqning ijod mahsuli emasligi,
u jahon xalqlarining jamisi to‘plagan, bilgan, o‘rgangan obe‘ktiv borliqning yig‘indisi
ekanligini qayd qilib o‘tgan.
Haqiqatdan ham, qariyib ming yillar oldin O‘rta Osiyoda shu jumladan, o‘zbek
xalqining ham jahon xalqlari qatori fan va uning sohalari: matematika,
astronomiya,
meditsina va boshqa ko‘plab fan hamda sohalarga qo‘shgan ulkan yutuqlari dunyoda tan
olingan. Shu davrdan to XVI asrgacha yaratilgan juda ko‘p asrlar o‘sha vaqtlardayoq
lotin tiliga tarjima qilingan va Evropaga tarqatilganligi hech kimga sir emas. Demak, bu
fanlarning ham terminlari mavjud bo‘lgan.
Ma’lumki, hozirgi fan texnikaga oid ko‘plab terminlarning bir qismini arabcha
yoki foris-tojikcha so‘zlartashkil qiladi. Buning asosiy sababi va manbai ham
ajododlarimiz: Beruniy, Farobiy, Xorazmiy, Ulug‘bek, Ibn Sino va boshqa ko‘plab
allomalarimizning matematika, astronomiya, geografiya,
meditsina, geologiya, kimyo,
fizika, mexanika, falsafa, tilshunoslik va boshqa fanlarga oid minglab terminlarni arab
yoki foris-tojik tillari negizida yaratishlarini sharoit taqoza etganligi, shu davrlarda
tarixiy asrlarda unumli qodlanilib kelinganligi va mazkur terminlar “ Devoni lug‘otit
turk” boshliq lug‘atlarning deyarli barchasida qayd etilganligi haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Bu borada, o‘z davrida handasaviy, me‘moriy va shu kabi sohalarda qo‘llanilib
bugungi kunda bir qator aniq fanlarda shu jumladan, chizmachilik fani terminologik
tizimida ham
mavjudligi, o‘z o‘rnini saqlab qolganligi ma‘lum. Masalan: Abu Rayhon
Beruniy o‘z ilmiy ishlarida proyeksiyalar metodini tatbiq etib, chizmalar chizgan va
ulardan foydalangan. U Jismlar ko‘lami fazoda uch tomonga – birinchisi uzluksiz,
ikkinchisi kenglik, uchunchisi chuqurlik yoki balandlik bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
Jismlarning mavhum cho‘zilishi emas, balki mavjud cho‘zilishi shu uch chiziq bilan
aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlar vositasida jism oltiyoqqa ega bo‘lib, shunchaki
yoqlaribilan u fazoda chrgaralanadi. Bu oltiyoqlar markazida biror jismni
tasvirlovchichizmani chizishda uning ko‘rinishlariga e‘tibor berilishiga to‘xtalib
shunday deydi:
“To‘g‘ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir
jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li,
usti va osti bo‘ladi”. Bu aynan zamonaviy proyeksiyalash usulining o‘zginasi bo‘lib,
hozirgi kunda tasvirlashdagi asosiy ko‘rinishlarning mazmunida saqlanib qolgan.
To‘g‘ri u bugungi o‘zbek tili leksikasida, shu jumladan, chizmachilik terminlari
qatorida qo‘llanilib kelinayotgan
“olddan”, “ortdan”, “chapdan”, “ustdan” va
“ostdan”, ko‘rinishlarning aynanligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda, keyinchalik ularning
sinonimik yasama variantlari:
“frontal proyeksiya”, “gorizontal proyeksiya”, “profil
proyeksiya”, “bosh ko‘rinish”, “asosiy ko‘rinishlar” “fasad”, “plan” va ular bilan
bog‘liq boshqa shu kabi ko‘plab fan terminlarining shakllanishi va rivojida katta hissa
qo‘shdi. Uning shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini
chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular:
“noriy” – to‘rtyoqlik (tetraedr), “orziy”-
oltiyoqlik (geksaedr), “shavoiy”- sakkizyoqlik (oktaedr), “falsafiy” – o‘nikkiyoqlik
(dodekaedr), ―moiy-yigirmayoqlik (ikosaedr)lardir.
Dostları ilə paylaş: