Bitiruv ishi nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur ishda “Matematik
analiz” fanining integral hisob elementlari bo’limlari kiritilgan. SHuningdek,
matematik tushuncha va tasdiqlarning matematik talqini misollar yordamida
yoritildi. “Matematik analiz” kursini o’qitishdan asosiy maqsad talabalarda
mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlash, matematik tafakkurini shakllantirish va
rivojlantirish, o’zining fikr–mulohazalarini, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon
etishga o’rgatish, nazariy va amaliy masalalarini yecha olishga yetarli matematik
apparatni egallash va uni qo’llash, matematik masalalarning matematik modelini
tuzish va tahlil qilishga o’rgatishdan iborat. Matematika ta’limda asosiy (tayanch) fan hisoblanib, u algebra, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematika statistika, differentsial tenglamalar va boshqa fanlarga asoslanadi.
Matematik islohotlarni hayotga samarali tatbiq etishning yana bir sharti
matematik ta’lim tizimini modernizatsiyalashdir, matematika sohasi uchun
mutaxassislarni shakllantirish mexanizmini yaratishdir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarning asosini
shakllantiruvchi qator me’yoriy xujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib
kelinmoqda. Bular asosida “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi to’g’risida”gi qonunlar alohida o’rin tutadi. Bu qonunlardan kelib
chiqadigan vazifa ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir. Ushbu usullar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda, matematik masalalarni hal qilishda, muammoni hal qilishning eng maqbul yo’llarini topishda yordam beradi.
Bitiruv ishining tuzilishi va xajmi.Bitiruv ishi kirish, ikki bob, beshta
paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan.
Bitiruv ishida 25 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan.