3-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash Reja


YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash



Yüklə 416,75 Kb.
səhifə3/11
tarix08.05.2023
ölçüsü416,75 Kb.
#109575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-Mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

3. YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash

Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo’lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.


Ishlab chiqarish hajmini to’g’ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko’pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o’taydi. Shu sababli YaMMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko’p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg’arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmrtlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo’shilmaydi..
Qo’shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko’rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan Yalpi qo’shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o’zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.
2.1-jadval ma’lumotlariga tayangan holda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan YAIMning tarmoq tuzilishini ko’rib chiqamiz.
2.1-jadval.
O’zbekiston Respublikasida YaIM dinamikasi va ishlab chiqarish tarkibi





Yüklə 416,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin