3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi



Yüklə 162,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix05.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#173758
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Qisqacha xulosalar 
Talab va taklif vositalari iqtisodiyotni shakllantiradigan ko’plab muhim voqealar 
va siyosatlarni analiz qilishga imkon beradi. 

Talabning narx elastikligi narxdagi o’zgarishga nisbatan qancha talab bo’lishini 
hisoblaydi. Talab ko’proq elastik bo’ladi agar o’rnini bosuvchi tovarlar mavjud 
bo’lsa, agar tovar zaruriyatdan ko’ra ortiqroq bo’lsa, agar bozor tor doirada bo’lsa 
yoki haridorlarda narxning o’zgarishiga munosabati sekin bo’lsa.

Talabning narx elastikligi talabning foizdagi o’zgarishini narxning foizdagi 
o’zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar talab narxga nisbatan kamroq o’zgarsa, 
unda elastiklik 1 dan kichik bo’ladi, ya’ni talab elastik emas desa ham bo’ladi. Agar 
aks holat bo’lsa, elastiklik 1 dan yuqori va talab elastik hisoblanadi.

Umumiy daromad tovar narxi bilan ularning sotilgan miqtoriga ko’paytirib topiladi. 
Elastik bo’lmagan talab uchun, narx oshganda daromad oshadi. Agar talab elastik 
bo’lsa narx ko’tarilganda daromad oshadi.

Talabning daromadlar elastikligi iste’molchilar daromadi o’zgarganda qancha talab 
bo’lganligini ko’rsatadi. Talabning narxlar kesishuvi elastikligi bir Tovar narxining 
o’zgarishiga boshqa bir Tovarga bo’lgan talab sonini ko’rsatadi. 

Taklifning narx elastikligi narx o’zgarishiga qarab qancha taklif bo’lganligini 
bildiradi. Elastiklik e’tiborga olingan vaqt birligiga tez-tez bog’liq bo’ladi. Ko’plab 
bozorlarda taklif qisqa vaqtdan ko’ra uzoq vaqtda elastikroq bo’ladi.

Taklifning narx elastikligi taklifning foizdagi o’zgarishini narxning foizdagi 
o’zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar taklifning o’zgarishi narxning 
o’zgarishidan kamroq bo’lsa, elastiklik 1 dan kichik bo’ladi,ya’ni taklif elastik emas 
desa ham bo’ladi. Agar aks holat bo’lsa, elastiklik 1 dan yuqori va taklif elastik 
hisoblanadi.

Talab va taklif mexanizmi turli xil bozorlarda qo’llaniladi. Bu bo’limda bug’doy 
bozorini, neft bozorini va giyohvand moddalar bozorini tahlil qilishda ulardan 
foydalanildi. 

Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin