3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi


-rasm. Dunyo neft bozoroda taklifning qisqarishi



Yüklə 162,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix05.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#173758
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3.8-rasm. Dunyo neft bozoroda taklifning qisqarishi 
Kartel uzoq muddatdan ko’ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini 
o’rgandi. 
Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki 
kamaytiradimi?
Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi 
giyohvand moddalardan foydalanish. Bu moddalarning ko’plab salbiy ta’siri mavjud. 
Biri shuki, giyohvand moddaga bog’lanib qolish odamlarning va ularning oilasining 
hayoti barbod bo’lishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida 
giyohvand odam o’g’irlikka va boshqa jinoyatlarga qo’l uradi.Noqonuniy moddalardan 
foydalanishni cheklash maqsadida Qo’shma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand 
moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablag’ ajratadi. Talab 
va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni to’xtatish 
siyosatini tekshiramiz. 
Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan 
federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir bo’ldi? 
Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif 
egri chizig’ining o’zgarganini ko’rib chiqamiz. Ikkinchidan, o’zgarishning qaysi 
tomonga bo’lganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz o’zgarish muvozanat narxi va 
miqdoriga qanday ta’sir etganini ko’ramiz. 
Garchi narkotiklarni to’xtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga 
qaratilgan 
bo’lsa 
ham, 
uning 
aniq 
ta’siri 
haridorlarga 
emas 
balki 
sotuvchilargadir.Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarni kirishini 
to’xtatgan va ko’plab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi 
oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga bo’lgan talab, 
ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni o’zgarmaydi. 9rasmda ko’rsatilganidek, 
taqiq taklif egri chizig’ini chap tomonga S
1
dan S
2
ga surdi, talab esa o’zgarishsiz qoldi. 
Muvozanat narxi P
1
dan P
2
ga ko’tarildi, muvozanat miqdor esa Q
1
dan Q
2
ga pasaydi. 
Muvozanat miqdorining kamayishi shuni ko’rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi 
ulardan foydalanishni qisqartirdi. 



Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin