Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori;
Soliq multiplikatsiyasi mexanizmi va soliq multiplikatori;
Balanslashgan budjet multiplikatori;
2022-yil uchun davlat byudjeti: asosiy ko‘rsatkichlar tahlili.
Fiskal yoki budjet-soliq siyosati
Davlat budjeti – bu ma‘lum davr ichida (odatda 1 yil) davlat daromad va xarajatlarining balanslashuvi hisoblanib, u mamlakatning asosiy moliyaviy rejasini aks ettiradi va hukumatning qonun qabul qiluvchi organi hisoblangan Oliy Majlis (parlament, davlat dumasi, kongress) tomonidan qabul qilingandan so`ng ijro uchun qonuniy va majburiy tus oladi.
Fiskal yoki budjet-soliq siyosati
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Rag‘batlantiruvchi va cheklovchi fiskal siyosat
Fiskal siyosatning ikki turi mavjud:
Rag`batlantiruvchi fiskal siyosat – davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish;
Cheklovchi fiskal siyosat – davlat xarajatlarini kamaytirish yoki soliqlarni oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish.
Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori
Qisqa muddatli davrda budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari samarasi ta’siri ostida bo‘ladi.
Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔE=ΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg) Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o‘sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o‘sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo‘yicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida o‘sadi.