Uchinchi toifadagi rahbarlar qatoriga axloq me’yorlarini xayotiy zarurat sifatida ichki ishonch va tuygu bilan o’zlashtirmasdan, ularni ko’r-ko’rona qabul qiluvchilar kiradi. Bunday rahbarlar ko’p o’qib o’rganadi, ular nazariy jihatdan yuqori bilimga ega bo’ladi, amadda esa bu bilimlarni qo’llay olmaydi.
To’rtinchi tur rahbarlar ruhiy-sust, ma’naviy madaniyatli bo’lsada, adolatsizlikni o’tkir hissiyot bilan qabul qiladi.
* Ularda axloqiy bilimlar yetarli, ammo ularni ro’yobga chiqarish uchun tashabbuskorlik, mustaqillik va irodaviy shijoat yetishmaydi.
Beshinchi toifadagi rahbarlar ma’naviy madaniyatni va siyosiy psixologik bilimlarni yetarli darajada egallagan, tashabbuskor va shijoatli bo’ladi. Bu rahbarlarda chuqur bilim, teran tafakkur, o’tkir mushohada, ma’naviy hissiyotlar boy buladi. Ularning amaliy faoliyatlisi bu fazilatlarni namoyon qiladi.K o’rinib turibdiki, psixologik bilimlarni atroflicha o’zlashtirgan rahbar yuqori darajadagi madaniyat, xuli;, axloq kategoriyalarini o’zida doimiy xarakterga aylantirgan bo’ladi. Bu esa raxbar o’zida individual va intellektual saviyasini har tomonlama shakllantirib borishni taqozo qiladi.
Ta’lim muassasalarini boshqarishning ta’sirchanligi bevosita raxbar xodimlarga bogliq. Mustaqillik yillarida ta’lim muassasalarini malakali rahbarlar bilan mustahkamlash sohasida ko’pgina ishlar qilindi. Ammo oliy ta’lim, o’rta- maktab, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bu muammo hamon jiddiyligicha satslanib kelmoqda. Salohiyatli, shakllangan raxbar xodimlar armiyasini tayyorlash jarayoni o’ta murakkab va uzoq davrni hamda bu sohaga kompleks yondashish- ni talab etadi.
Shuning uchun oliy ta’lim, o’rta ta’lim, o’rta- maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan rahbarlarning kichik jamoasidan tortib, katta lavozimlarda faoliyat ko’rsatayotgan barcha raxbar xodimlarini aniq maqsad sari yunaltirib borish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida mustaqil Respublikamizning vatanparvar rahbari etib shakllantirishga hamda ularda milliy g’urur, milliy fe’l-atvorning eng yaxshi sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish zarur.