Asbob va uskunalarni sterilizatsiyalash. Mayda metall asboblarni (ilmoq,
igna, pinset, qaychilarni) sterilizatsiyalash uchun ishlatishdan oldin olovda qizdirib
olinadi. Olovda qisqa muddatda kolba va probirkalarning og‘zini hamda
kulturalarni ekishda, ozuqa moddali muhitlarni quyishda paxta tiqinlar ham
qizdiriladi.
Mikroorganizmlar o‘stiriladigan uskunalarni, ularning qismlarini, rezina
tiqinlarni, ulaydigan shlangalarni dastlab qalin qog‘ozga o‘rab, avtoklavda
sterilizatsiya qilinadi.
Issiqqa bardoshli bo‘lmagan plastmassadan yasalgan toza sentrifuga
probirkalarini ultrabinafsha nurlar yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Nazorat savollari
1. Sterilizatsiya nima?
2. Sterilizatsiya qilishning qanday usullari mavjud?
3. Laboratoriya idishlari qanday sharoitda sterilizatsiya qilinadi?
4. Pasterizatsiya nima? Pasterizatsiyaning qanday usullari bor?
1-topshiriq. Laboratoriyadagi idishlarni quritish shkafida sterillash
shartlarini yozing.
2--topshiriq. Gaz bilan sterillash qanday sterillash turiga kirishini
izohlang va qaerlarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |