Quruq issiqlik bilan Paster pechkasida sterilizatsiyalash. Paster pechi
ikki devorli shkaf bo‘lib, tashqi devori asbest yoki boshqa issiqqa chidamli,
issiqlikni izolyasiya qiladigan boshqa material bilan qoplangan (4-rasm).
Elektroenergiya yordamida shkaf qizdiriladi. Sterilizatsiyalash 140
0
S dan yuqori
haroratda olib boriladi. Bu usulda 160-170
0
S da 1,5 - 2 soat davomida shisha
idishlar, paxta, qog‘oz, qum va boshqa materiallar sterilizatsiyalanadi.
Sterilizatsiya qilinadigan idishlarni tozalab yuvib, qurutib, qog‘ozga o‘raladi.
Probirka, kolba, pipetkalar paxta tiqinlar bilan berkitiladi.
Filtrlab sterilizatsiyalash (sovuq sterilizatsiyalash). Ozgina qizdirishga ham bardosh bermaydigan suyuq ozuqa muhitlarini
maxsus mayda g‘ovakli (porali) bakterial filtrlar yordamida sterilizatsiya qilinadi.
Bakterial filtrlar yuzasida mexanik aralashmalar bilan birga mikroorganizmlar ham
ushlanib qoladi.
Faqat viruslar va faglar undan o‘tib ketadi. Filtrlash yo‘li bilan tarkibida
oqsillar, antibiotiklar, vitaminlar va uchuvchan moddalari bor ozuqa muhitlarni
sterilizatsiya qilinadi. Bunda muhit tarkibi va xususiyatlari o‘zgarmay saqlanadi.
G‘ovak filtrlardan SHamberlan, Berkefeld shamlari (4-rasm), Zeytsning asbest
filtrlari (5-rasm) va nitrotsellyulozadan yasalgan membrana filtrlari qo‘llanadi.
Filtrlashni yuqori bosimda yoki filtr tagidagi bo‘shliqqa vakuum yaratib olib
boriladi.
6-расм. Керамика шамлари орқали фильтрлаш: 1 - шам; 2 - шиша идиш;
5-расм. Газ билан иситиладиган Кох аппарати
Filtrlar ishlatilish oldidan sterilizatsiya qilingan bo‘ladi. Filtrlangan
suyuqlikni sterillik qoidalariga rioya qilib, oddiy sterillangan kolbaga quyib,
tiqinini berkitib, qog‘oz bilan o‘rab qo‘yiladi.