Qaynatib sterilizatsiyalashni maxsus ichiga distillangan suv va 1foizlii
natriy gidrokarbonati qo‘shilgan sterilizatorlarda olib boriladi. Distillangan suv
bщlmasa, qaynatilgan suv quyish mumkin. Sterilizator tagiga tekislab paxta yoki
marlini yoyib, ustiga shprits, nina, pinset, qaychi, skalpel va boshqa narsalar
solinadi va 10 minutdan 40 minutgacha qaynatiladi (ifloslangan darajasiga qarab).
Bu sterilizatsiyalashni turmush sharoitida sanatoriya, dam olish uylarida,
kasalxonalarda, turli transport vositalarida ham qo‘llaniladi.
Olovda cho‘g‘ qilib qizdirib sterilizatsiyallash yoki flanbirovanie qilish.
Bu usul mikrobiologik nina ushlovchini, Paster pipetkalarini, pinsetlarni va boshqa
olovda buzilmaydigan predmetlarni sterilizatsiyallash uchun qo‘llaniladi.
SHisha idishlarni sterilizatsiyalash. Idishlarni sterilizatsiyalashdan oldin
tozalab yuvib quritiladi. Probirka va kolbalar paxta tiqinlar bilan yopiladi.
Probirkalarni 10, 20, 30, 40 donadan qog‘ozga o‘raladi. Kolbalarning tiqinlari
ustidan yana qog‘oz bilan o‘rab, ip bilan bog‘lab qo‘yish kerak. Pipetkalarning
og‘izga soladigan tomoniga paxta tamponlar tiqiladi. Pipetkalarni uzun eni 4-5 sm
li qog‘ozlarga o‘raladi va qopqoqli karton yoki metalldan yasalgan penallarga
solinadi. Agar penallar bo‘lmasa, qalin qog‘ozdan penallar yasash mumkin.
Sterilizatsiya qilingan pipetkalarni faqat tamponli tomonidan ushlash mumkin.
Petri likobchalarini har birini alohida yoki 2-3 donadan qog‘ozga o‘rash kerak.
Tayyorlangan idishlarni quritish shkafining reshetkalariga yoki avto-klavga
solganda juda zich joylamaslik kerak, chunki quruq havo va quruq to‘yingan par
bir tekisda idishlarni qizdirishi kerak. Quritish shkafi zich, mahkam yopilishi
kerak. Agar quritish shkafida haroratni birdek saqlay-digan moslamasi bo‘lmasa,
sterillashda doim haroratga qarab turish kerak. Haroratni 175
0
S dan oshirmaslik
lozim, chunki qog‘oz va tiqinlar buziladi. Idishlar yorilib ketmasligi uchun
sterilizatsiya tugagandan keyin shkaf 100-70
0
S gacha sovushi kerak, shundagina
idishlarni chiqarib olish mumkin. Steril idishlarni o‘ragan qog‘ozlarni bevosita
ishlash oldidan ochish kerak, aksida sterillik buzilishi mumkin.