3-seminar mashg’uloti. Yer qobig’I: litosfera, gidrosfera (2 soat) Umumiy ma’lumot. Litosfera



Yüklə 68,55 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2023
ölçüsü68,55 Kb.
#89086
1   2   3   4   5   6   7   8
3-seminar

O’zbekiston daryolari. O’rta Osiyoning eng katta daryolari Amudaryo, Sirdaryo, shuningdek, Zarafshon, Qashqadaryo, Talas, Chu, Sarisuv, Turgay kabi daryolar kiradi.
Amudaryo eng sersuv daryosidir. Amudaryoni qadimgi yunon va rimliklar Oqsu, arablar Jayxun, mahalliy xalqlar esa Omul deb ataganlar.
Amudaryo Hindiqush tog’larining shimoliy yonbag’rida 4950 metr balandlikda joylashgan Vrevskiy muzligidan Vahjir nomi bilan boshlanadi. Sungra Vaxandaryo O’rta Osiyoning Pomir daryosi bilan qo’shilgach, Panj deb yuritiladi. Panj daryosi Vaxsh daryosi bilan birlashgach, Amudaryo nomini oladi. So’ngra o’ngdan Kofirnihon, Surxondaryo, chapdan Qunduz irmoqlariga ega bo’lib, Orol dengizigacha birorta ham irmoq qo’shib olmaydi. Amudaryoning qadimiy irmoqlari hisoblangan Zarafshon va Qashqadaryo hozir unga yetib bormaydi.
Amudaryoning uzunligi 2540 km. Suv yig’adigan havzasi 465000 km2. Amudaryo togli qismida tor o’zanda shiddat bilan oqib ostini yuvsa, tekislik qismida sekin oqib yonini yuvadi.
Amudaryo orol dengiziga quyilish qismida umumiy maydoni 11000 km2 maydonga ega bo’lgan del’ta hosil qilgan edi. Lekin, hozir orol dengizi suv satxining pasayib ketishi tufayli del’ta deyarli qurub qoldi. Amudaryo eng sersuv bo’lib o’rtacha ko’p yillik suv sarfi sekundiga Karki yonida 2010 kub.m. Amudaryo muz-qor va qor-muz suvlaridan to’yinadi. Shu sababli, to’lin suv davri iyun-avgust oylariga to’g’ri kelib, iyulda sekundiga 9060 kub.m. gacha suv oqizishi mumkin. Eng kam suv sarfi qishga to’g’ri kelib sekundiga 500 kub.m. ga tushib qoladi.
Amudaryo loyqa daryolardan hisoblanib, o’rtacha har kub.m. suvda 3,7 kg loyqa mavjud. Bu loyqaning 76,5 foizini to’lin suv davrida (iyun-avgust) oqizadi. Qishda Amudaryo suvi ancha tiniq bo’lib umumiy loyqa oqiziqning faqat 2-4 foizini o’tkazadi.
Amudaryo tog’li qismida tez oqqanligi tufayli yoppasiga muzlamaydi. Lekin tekislik qismida sekin oqqanligi sababli o’rtacha bir yilda 4 kunda 68-70 kungacha muzlaydi. Amudaryoning eng katta irmoqlari Panj va Vaxsh daryolaridir.

Yüklə 68,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin