3-seminar mashg’uloti. Yer qobig’I: litosfera, gidrosfera (2 soat) Umumiy ma’lumot. Litosfera



Yüklə 68,55 Kb.
səhifə2/8
tarix22.03.2023
ölçüsü68,55 Kb.
#89086
1   2   3   4   5   6   7   8
3-seminar

Zilzila. Zilzila,  yer qobigʻida seysmik toʻlqinlar keltirib chiqaruvchi energiya ajralishidir. Zilzilalarni oʻrganish bilan seysmologiya shugʻullanadi. Zilzila keskinligi magnitudalarda oʻlchanadi.
Zilzila, yer qimirlash - yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining har xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi. Ular kuchlilik jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi.
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.
Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda - Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi.
Geyzer. Geyzerlar (islandcha geysir - shiddatli oqim) - vaqt-vaqti bilan qaynoq suv va bugʻ favvora boʻlib otiladigan buloqlar. Geyzerlar asosan, soʻnish arafasidagi yoki yaqinda soʻngan vulqanlar yon atrofida vujudga keladi. Yoriqlardan suv katta bosim va yuqori temperaturada shiddat bilan (qaynoq suv 20-40 m, bugʻ 150 m balandlikkacha) otilib chiqadi. Geyzerlar suvi nisbatan toza, bir oz minerallashgan (1-2 g/l). Kimyoviy tarkibi xlorid-natriyli yoki xlorid-gidrokarbonat-natriyli. Silikat angidridi (SiO2) koʻp boʻladi. Vulqon kanalining ogʻzida va yon bagʻrida geyzerit hosil boʻladi. Geyzerlar muntazam va nomuntazam turlarga boʻlinadi. Geyzerlarning otilish sikli va alohida bosqichlari muntazam xilida doimiy, nomuntazamida oʻzgaruvchan. Geyzerlar bosqichlarining harakati bir necha minut yoki undan koʻproq davom etishi mumkin. Tinchigan vaqti esa bir necha minutdan bir qancha soat yoki kun boʻladi. Islandiya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Yangi Zelandiya va Rossiya (Kamchatka) da geyzerlar koʻp. Geyzerlardan xonalarni isitishda, energetikada foydalaniladi.

Yüklə 68,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin