Dunyo okeani. Yer yuzasining 71 foizi suv bilan qoplangan bo‘lib, dunyo okeanini tashkil etadi. Dunyo okeanining maydoni 361 ming km, suvning hajmi 1mlrd. 370mln. km, o‘rtacha chuqurlikda 3.7 km, eng chuqur yeri 11022 m metrni tashkil etadi. Dunyo okeanini materiklar juda katta qismlarga - okeanlarga bo‘lib turadi. Demak, duyo okeanining materiklar orasida joylashgan juda katta qismi okean deb aytiladi.
Dunyo okeani to‘rtga: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlariga bo‘linadi.
Sunami to‘lqinlarining balandligi 20-30m, uzunligi esa 10 km ga yetadi, tezligi soatiga 800 km ga boradi. So`nggi ming yil ichida 357 ta sunami qayd qilingan bolib ularning koplari katta falokatlar keltirilgan. Sunami koproq tinch okeani qirgoqlariga yaqin yerlarda sodir boladi. Faqat yaponiayda sodir bolgan balandligi 10 m ga yetgan sunami 50000 uyni suv tagida qoldirgan.
Vulqonlarning otilishi natijasida ham kuchli tolqinlar boladi. 1883 yilgi Krakatau vulqonining otilishi tufayli vujudga kelgan tolqinning balandligi 35 m, uzunligi 524 km, tezligi sekundiga 189 m ga yetib, 36 ming kishini yostigini quritgan.
Okean va dengiz suvlari harakatining yana bir turi suvning kotarilib va qaytib tushishidir. Bir sutkada dengiz suvlari ikki marta kotarilib ikki marta pasayadi. Demak har 6 soatda suvning kotarilish muddati tamom bolib qaytish muddati boshlanadi. Suvning kotarilishi ichki dengizlarning qoltiqlarida va daryolarning quyar yerlarida ancha kuchli boladi. Masalan, eng kuchli suvning kotarilishi yangi shotlandiyadagi fondi qoltigida bolib 18 m ga da esa Oxota dengizining penjina qoltiqchasida 13 m ga yetadi.
Okean va dengiz suvlarining ko`tarilishi va qaytishi va sababini I.Nyutonning butun olamining tortilish qonuni izohlab bergan. Quyosh va oyning yerdagi suv massaini tortishishi natijasida suvning kotarilkish hodisasi sodir boladi.
Bizga malumki, yer bilan oy ozaro bir biriga juda yaqin turadi. Yerning oyga qaragan tomonida oyning tortishish kuchi koproq bolib, dengiz suvini oyga tomon tortadi, natijada suv kotariladi. Yerning teskari tomonida aksincha, oyning tortishish kuchi kamroq bolib, markazdan qochish kuchi koproqdir.
Okean va dengiz suvi faqat oy tortishishidangina emas, balki quyosh tortishishidan ham kotarilib, qaytib turadi. Quyosh massai katta bolsa ham, u juda uzoqda joylashganligi uchun uning tortishish kuchi oyning tortishish kuchidan ancha zaifdir. Shuning uchun quyoshdan hosil bolgan suv kotarilishi oynikidan 2,17 marta kuchsizroq bo’ladi. Shunday qilib, yer o’z oqi atrofini bir marta aylanganda suvlarning ikki marta ko’tarilishi va 2 marta qaytishiga sabab bo’ladi. Suvning ko’tarilishi va qaytishi natijasida juda katta energiya (8*10 kvt) vujudga keladi. Bundan foydalanib, Fransiyaning Rona daryosining quyar yeriga elektr stansiya qurilgan.
Nihoyat dengiz suvi harakatining yana bir muhimi - dengiz oqimlaridir. Suv massalarining dunyo okeanida 1 joydan 2 - joyga kochib yurishiga dengiz oqimlari deyiladi. Dengiz oqimlari juda katta suv oqimidan iborat bolib, ekvatordan kutblarga tomon va qutb o`lkalaridan ekvatorga uzliksiz harakat qilib turadi.
Okean suvlarining bunday harakat qilib turishiga asosiy sabab, shamoldir. Chunki doimo esib turuvchi kuchli shamollar suvning ustki qismini bir tomonga surib, juda katta suv oqimini vujudga keltiradi. Shamol tasirida vujudga kelgan oqimlar dreyf oqimlari deyiladi. Shamol 1 tomonga surib ketgan va kamaygan joyni toldirish uchun okeanning boshqa qismidan suv oqib keladi. Natijada kongensasion oqim vujudga keladi. Shamol haydab kelgan suvlar materim va orollarga urilib atrofga oqa boshlaydi. Bunday oqim quyilma (stok) oqim deyiladi.
Oqimlar tempraturasiga kora, ilk va sovuq oqimlarga bolinadi. Ekvatordan har ikki tomonga harakat qiluvchi oqimlar iliq boladi. Chunki quyosh bu yerlarn iuzoq vaqt yoritib, suvni koproq isitib turadi. Aksincha, okeanlarning sovuq suvli qismlaridan ekvator tomondan harakat qiluvchi oqimlar sovuq oqimlar boladi.
Shuningdek, dunyo okeani inson uchun oziq ovqat bola oladigan osimlik va hayvonlarga juda boy. Dunyo okeanida 10 ming osimlik turi bolib quruqlikdagi osimliklarga nisbatan organik moddalarga 4 - 5 marta boy. Bazan suv o’tlarida quruqlikdagi o’tlardagiga nisbatan oqsil moddalari ko’proq (50%). Vaholanki mol goshtida oqsil atigi 21%.
Dunyodagi 63 hayvon sinfining 51 tasi okean va dengizlarda bo’lib ularning 150 ming turi mavjud. Ularning umumiy vazni 16 - 20 mlrd tonnaga yetadi. Shu sababli har gektar dengiz suvidan quruqlikdagi eng yaxshi 1 gektar yaylovda yetishtiriladigan goshtga nisbatan 2 marta ortiq mahsulot olish mumkin.
Demak, dunyo okeani oziq ovqat resurslarining yirik manbaidir. Dunyo okeanidagi organik moddalarning miqdori 30 mlrd tonnani tashkil etadi. Lekin hozir dunyo okeanidagi manashu oziq ovqat resurslarining (baliqlar, kit, beluxa, dengiz mushugi, tyulen, dengiz quyoni, morj, qiqichbaqa, mollyuska, ustrita va umurtqali va umurtqasiz va boshqa hayvonlar hamda suv osimliklari) faqat 1 %i dangina inson foydalanilmoqda.
Okean hayvonlari ichida ko‘p moy va go‘sht berishda kit birinchi o‘rinda turadi. Uer sharidagi eng katta hayvon bo‘lib uzunligi 35m, og‘irligi 125 tonna. Shuning 50 tonnasi moyga tog‘ri keladi. Kitdan kanserva mahsuloti, chorvachilik uchun ozuqa, un, o‘g‘it, shuningdek, yuqori sifatli charm olinadi. Dunyo okeanidan hozir har yili 550mln.ts har xil baliqlar ovlanadi.
Dunyo okeanida suv o‘tlarining oziq-ovqat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan 70 turi bo‘lib, ularning eng muhimlari dengiz karami, dengiz salati va boshqalar.
Quruqlikdagi suv. Quruqlikda 85 mln. km suv (yer osti suvlari, doimiy qor va muzliklar, daryo va ko’l suvlari hamda botqoqliklardagi suvlar va boshqalar) bor. Yog’inlar quruqlikka tushgach, uning bir qismi daryolarni hosil qilsa, bir qismi shimilib yer osti suvini, boshqa bir qismi botqoqliklardagi suvlarni, shuningdek, qor va muzliklarni hosil qiladi.
Yer po’sti qatlamlari ichida bo’lgan hamma suvlar yer osti suvlari deyiladi. Ular qattiq (muz), bug’ hamda suyuq holatda bo’lishi mumkin.
Yer osti suvlarining umumiy hajmi 60,0 mln. km Yer osti suvlari yer yuzasidagi (daryo, ko’l, botqoqlik) suvlardan, yog’inlardan, havodagi suv bug’larining Yer ichiga yoriqlar orqali kirib suyuqlashib,so’ngra suvga aylanishidan vujudga kelgan. Bunday yo’l bilan vujudga kelgan yer osti suvlarini vadoz lotincha vadoz “sayoz” demakdir. Vadoz suvlar yer yuzasiga yaqin bo’ladi va grunt suvlar deb ham yuritiladi.
Yer osti suvlarining bir qismi magmadan ajralib chiqqan suv bug’larining asta-sekin yuqoriga ko’tarilib sovishidan hosil bo’ladi. Bu yo’l bilan vujudga kelgan yer osti suvlari yuvenilsuvlar deyiladi.Yuvenil suvlar magmadan ajralib chiqqan yosh suvlar bo’lib, tabiatda suv aylanishida ishtirok etadi.
Yer usti va yog’in suvlar yerga singib, tuproq qatlamiga yetib boradi. ba’zan suv gilli qatlamga yetib borgach, to’xtab q oladi. Chunki gil suvni deyarli qum, mayda va yirik sharsharalar orasidan bemalol o’tib ketadi. Bunday qatlamlar suv o’tkazmaydigan qatlamlar hisoblanadi. Granit, qumtosh, gilli slanetsdan tarkib topgan qatlamlar suv o’tkazmaydi. Yer osti suvlari suvli qatlamni vujudga keltiradi deb aytiladi.
Yer osti suvining bir qancha turlari bo’lib, ular orasida eng ko’p tarqalganlari bosimsiz grunt ( sizot ) suvlar, qatlamlar orasidagi bosimli yer osti suvlari (artezian suvlar) xarakterlidir. Grunt suvlari (sizot suvlar) yer yuzasiga yaqin eng ustki Qatlamlar orasida (30-100 m chuqurlikkacha) bo’ladigan suvlardir. Grunt suvlari yuqorida qayd qilganimizdek, yog’in suvlaridan va yer ustidagi suvlardan vujudga kelgan.Shu sababli, grunt suvlarining joylanishi va chuqurligi yil fasllarida o’zgarib turadi. Masalan, O’rta Osiyo sharoitida grunt suvlari erta bahorda qorlar eriganda, bahorgi yomg’irlardan keyin yuqoriga ko’tarilsa, aksincha, yozda ancha pastga tushib ketadi. Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi iqlimga, tuproq qatlami va o’simliklar xarakteriga ko’ra, zonal holda o’zgaradi.
Grunt suvi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida to’planib, nishab tomonga qarab qoladi va biron yerdan buloq bo’lib yer yuzasiga chiqadi. Bir necha yuz yillar qatlamlar orasida suv to’planaveradi. Agar bunday joy qazilsa, ikki tomondan bo’lgan bosim ta’sirida yer osti suvi fontan kabi yer betiga otilib chiqadi. Shunday hudud XII asrda birinchi marta Frantsiyaning Artua rovintsiyasida qazilgani uchun artezian hudud deb nom olgan.Artezian suvlarning minerallashish darajasi turlicha bo’ladi, yer betiga yaqin (100 - 600 m chuqurlikda) bo’lgan chuchuk suvlar litrida 1 gr tuz bo’ladi. Bu suvlarda ko’proq gidrokarbonat, xlorid tuzlari bor. Lekin suv qancha chuqurlikdan chiqsa, uning minerallashish darajasi ortib boradi. 1 litr suvda 50 gr har xil tuzlar bo’ladi. Mineral suvlar shifobaxsh xususiyatga ega. Chuqurlashgan sari suv issiq bo’lib, temperaturasi 300° ga yetishi mumkin. Lekin 10 -12 km dan chuqurlikda yer osti suvi bo’r hgolida bo’ladi.Yer osti suvlari temperaturasiga ko’ra issiq (temperaturasi 20-27° bo’lsa), termal (37-42°) va qaynoq (42° dan yuqori) turlarga bo’linadi.
O’rta Osiyo tog’laridagi hozirgi zamon muzliklarining umumiy maydoni 16562 kv. km. Bu esa Kavkaz tog’laridagi muzliklardan 9,5 marta, Oltoy muzliklaridan esa 28 marta ziyoddir.O’rta Osiyo muzliklarining 48% i pomir tog’larida, 46% i Tyanshan tog’larida va 6% i esa Oloy tog’larida joylashgan.Hozirgi zamon muzliklarining ko’pligi jihatidan Oltoy tog’lari uchinchi o’rinda turadi.
Botqoqliklar. Yer ustida namgarchilikka moslashgan o’simliklar o’sib yotadigan o’ta zax yerlar botqoqliklar deb ataladi. Botqoqliklarning vujudga kelishi uchun bir qator tabiiy geografik sharoitlar bo’lishi kerak. Avvalo relef tekis bo’lishi, so’ngra kelgan suvga nisbatan bug’lanish kam bo’lishi, suv o’tkazmaydigan qatlam yer yuzasiga yaqin turishi kerak. Bunday holda suv chuaqurlikka sizib o’tolmaydi, yer tekis bo’lganidan suv oqib ketmaydi va natijada botqoqlik vujudga keladi.
Botqoqliklar yana ko’l tagiga qum, loylar cho’kib uning sayozlanishidan ham hosil bo’ladi, ularda har xil o’simliklar (qamish, piyoz, mox va boshqalar) o’sadi. Toshqin vaqtida daryo qirg’oqlarini suv bosganda ham botqoq yerlar vujudga keladi, geografik o’rni, suv rejimi va o’simliklariga ko’ra, botqoqliklar ikki katta gruhga bo’linadi: 1) yassi yoki past botqoqliklar. Bunday botqoqliklar asosan, yer yuzasi yassi, botiq yoki ilgari ko’l bo’lgan joylarda, daryo qirg’oqlarida vujudga keladi. Boshqa vaqtda daryo qirg’oqlari suvlarida ham botqoq yerlar vujudga keladi. Botqoqliklar ko’proq tundrada va o’rta mintaqaning o’rmon zonasida uchraydi. Yer yuzasida taxminan 3,5 mln. km botqoqlik bor.
Ko’llar. Quruqliklarning suvga to’lgan va dengiz bilan bevosita tutashmagan chuqurliklariga ko’llar deb aytiladi. Yer sharidagi ko’llarning maydoni 2,7 mln. kv. km bo’lib, butun quruqlik maydonining 1,8% ini ishg’ol qiladi. Ko’llar chuqurliklari (kotlovinalari)ning vujudga kelishi jihatidan quyidagi guruhlarga bo’linadi:1) yer po’stining cho’kishidan vujudga kelgan tektonik ko’llar;2) o’chgan vulqon kraterlarida hosil bo’lgan vulqonik ko’llar; 3) tug’on ko’llar; 4) muzlik (morena) ko’llari; 5) karst ko’llari;6) daryoning o’zanlarida vujudga kelgan qoldiq ko’llari; 7) laguna ko’llari; 8) antropogen ko’llar.
Tektonik ko`llarga Kaspiy, Baykal, Onega, Ladoga, Issiq ko’l, Orol, Balxash ko’llari misol bo’ladi. Tektonik yo’l bilan vujudga kelgan ko’llar juda katta va chuqur bo’ladi. Darhaqiqat, Kaspiy ko’lining maydoni 371,0 ming kv. km bo’lib, dunyodagi eng katta ko’l hisoblanadi. Baykal ko’li esa dunyodagi eng chuqur ko’l bo’lib, chuqurligi 1620 m.
Tug’on ko’llar kotlovinasi tog’ qulab tushib daryo vodiysini to’sib quyishidan vujudga keladi. Bunday ko’llarga pomirdagi Sarez ko’li (chuqurligi 505 m), Zurko’l, Yashil ko’l misol bo’ladi.
Daryolar.Tabiiy chuqurlikda harakat qiladigan doimiy suv oqimiga daryo deyiladi. Har qanday daryoning boshlanadigan joyi, yu qori oqimi, o’rtacha oqimi, qo’yish oqimi va quyilish joyi bor.
Daryolar buloqlardan, sizot suvlaridan, botqoqliklardan,ko’llardan, doimiy qor, muzliklardan boshlanadi. Daryoning qanday yerdan boshlanishi uning suv rejimini xususiyatiga ham ta’sir etadi. Agar daryolar ko’l va muzlardan boshlansa, sersuv, aksincha, buloqlardan, sizot suvlardan boshlansa, kam suv bo’ladi.
Daryolarning boshlanish joyiga yaqin bo’lgan qismi uning yuqori oqimi deyiladi. Bu qismida daryo suvi o’rta qismidagiga nisbatan kam suv bo’lsada, tez oqadi. Chunki daryo nishabi katta bo’ladi. Daryolar o’rta qismida o’rtacha tezlikda oqadi. Odatda, juda ko’p daryolar quyi oqimi tekislikdan sekin oqadi. Daryoning dengizga, ko’lga, biron boshqa kattaroq daryoga quyiladigan joyi uning quyilish joyi deyiladi. Ba’zi daryolar, chunonchi, Zarafshon, Qashqadaryo suvi ko’lga, dengizga yoki biror daryoga oqib bormasdan sug’orishga sarf bo’lib tugab qoladi. Daryolar, odatda, soylikdan oqadi. Bunday soylik daryo vodiysi deb yuritiladi. Daryo vodiysining suv to’lib oqadigan qismi esa daryo o’zani deb aytiladi. Daryo suvi ko’paygan davrda toshib, daryo vodiysining bir qismini suv bosadi. O’zanning o’sha toshqin vaqtida suv tagida qolgan qismiga qirg’oq deyiladi.
Daryo vodiysi yonbag’rida zinapoya shaklida terrasalar joylashgan. Terrasalar daryo vodiysining qadimgi (daryo ancha balandda oqqan davridagi) qirg’oqlarning qoldiqlaridandir. Terrasalar daryolar o’zanining chuqurlashishi natijasida hosil bo’ladi. Har Qanday daryoning irmoqlari bor. Irmoqlari bosh daryodan kamsuv, kalta bo’ladi. Bosh daryoning oqish tomoniga qarab turilsa, daryoga o’ng tomondan quyilayotgan o’ng irmoq, aksincha, chap tomondan quyilayotgani chapirmoq deb aytiladi. Masalan, Amudaryo uchun Kofirnihon o’ng irmoq, Afg’onistondan oqib kelayotgan Surxob esa chapirmoqdir.
Ma’lum daryoga (masalan, Sirdaryoga) suv yiriladigan xudud o’sha daryoning havzasi hisoblanadi. Bir daryo havzasi bilan ikkinchi daryo havzasi ajratib turadigan joylar suvayirg’ichlar deyiladi.
Ular ko’pincha torlar, balandliklardan iborat bo’ladi. Ma’lum havza hududidan oqadigan bosh daryo va uning katta-kichik irmoqlari daryo sistemasini tashkil etadi. Daryo sistemasi bosh daryo, uning irmoqlaridan iborat bo’ladi. Daryolarning boshlanish yeridan quyar yerigacha bo’lgan umumiy masofasi uning uzunligi deyiladi. Masalan, Zarafshon daryosining Zarafshon muzligidan Sandiqli qumligigacha 781 km. Yer sharidagi eng uzun daryo Afrikadagi Nil (6671 kv.km) daryosi hisoblanadi.
Daryolarda eroziya protsessi uning yuqori oqimida o’zan nishabligi tufayli kuchli bo’ladi. Aksincha, o’rta va quyi oqimlarida eroziya sustlashib, yemirilgan jinslar asta-sekin daryo tagiga yoki Qirg’og’iga yotqizila boradi. Bunday hodisa, ayniqsa, daryoning quyi qismi uchun xarakterlidir. Daryolar yotqizib qoldirgan jinslar allyuviy deb aytiladi. Allyuvial yotqiziqlar daryolarning quyi oqimida ayniqsa ko’p bo’ladi. Chunki daryo Quyilishi Qismida juda sekin oqadi, jinslarni asta-sekin cho’ktirib qoldiradi va pasttekisliklar xosil qiladi. Daryo quyar yerida tarmoqlarga bo’linib delta xosil qiladi. Delta ko’pincha uchburchak shaklida bo’ladi.Daryo deltalari asta-sekin dengiz tomonga qarab o’sib boradi. Masalan, Lena daryosining dengizga quyilar yerida maydoni 31 ming km keladigan delta vujudga keltirilgan. Daryo deltasi yil sayin dengiz tomon o’sib bormoqda.
Amazonkadan keyin sersuvligi jihatidan dunyoda ikkinchi o’rinda Afrikadagi Kongo, uchinchi o’rinda Osiyodagi Yantszi turadi.
Daryolarning xo`jalikdagi ahamiyati. Daryolar muzim tabiiy resurslardir. Shu bilan birgalikda, daryolardan yerlarni sug’orishda, energiya olishda, transportda, aholini va sanoatni suv bilan tahminlashda, baliq ovlashda va boshqalarda foydalaniladi.
Daryo suvi, eng avvalo, kishilarning va sanoatning chuchuk suvga bo`lgan talabini qondirishda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtdabir kishining ichishi va ovqat tayyorlashi uchun sutkasiga 2,5-3 litr suv sarflanmoq da. Daryolar suvini toza saqlash. So’nggi yillarda daryo suvlaridan xalq xo’jaligida noto’g’ri foydalanish tufayli yer sharidagi daryolar suvining tabiiy hususiyati buzilib, ifloslanib bormoqda. Natijada dunyodagi sanoatlashgan regionlarda joylashgan ba’zi daryolar (Reyn, Rur,Kolorado, Sena, Rena, Mias, Elba, Missisipi daryolari va irmoqlari va hokazo) ahlatxonalarga aylanib bormoqda.