4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə9/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
4-mavzu

Demokratik uslub bu ba`zan sheriklik, hamkorlikka asoslangan boshqaruv uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi, uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi. Boshqaruv pog`onalarida qaror qabul qilish “pastdan tepaga” qarab boradi, ya`ni avval quyi bo`g`in rahbarlaridan yig`ilgan fikrlar asosida yuqori bo`g`inda qaror ishlab chiqiladi. Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi uchun ham imkoniyat yaratadi. Hamkorlik tamoyiliga asoslangan rahbar vazifani bajarishning aniq ko`rsatmasiga nisbatan umumiy yo`nalishni belgilashni ma`qul ko`radi, hamda xodimning o`zi ijro etish rejasini ishlab chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham, bu toifa rahbarning fazoviy-ijtimoiy holati “jamoa ichida”dir.
Diagnostik ma’lumotlarni yig‘ish – boshqaruvchining vaziyatga aniqlik kiritish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni bilish; bunday ma`lumotlarni tegishli manbalar yordamida qidirishni amalga oshira olish (savolni shunday berish kerakki, ma`lumotni bo`lishishni xohlamagan inson ham javob berganini o`zi bilmay qolsin) kompetentsiyasi.
Diqqatning suhbatdoshga yo‘nalganligi – vizual, ya`ni ko`z kontakti, gapiruvchiga hurmat, sabrtoqat, tinglashga tayyorlikni anglatadigan rahbar faolligidir.
Faollik – rahbarning maqsadga yo`nalganlik, qayta aloqa, tushunarli bayon etish, odob-intizomni anglatuvchi xatti-harakatlar majmui.
Funktsional komanda – tashkilot ishlab chiqqan strategik reja asosida tezkor vazifalarni amalga oshirish uchun tanlangan mutaxassislardan iborat.
Gender – erkaklar va ayollar uchun xos hisoblangan jihatlarni xulq-atvordan ijtimoiy kutish. G. – erkak va ayol o`rtasidagi jismoniy tafovutlarni emas, balki ijtimoiy jihatdan shakllanadigan mardlik va nazokat singari xususiyatlarni anglatadi. G. (gender) – ijtimoiy jins. Ingliz tilida ijtimoiy jins (gender) va biologik jins (sex) tushunchalari farqlanadi. G. (umumiy mazmuni) – anatomik jinsiga ko`ra erkaklar va ayollar o`rtasidagi farq. G. (sotsiologik mazmuni) ko`pincha anatomik ma`noga asoslangan, ammo har doim ham unga mos kelavermaydigan ijtimoiy bo`linish.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin