4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə7/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
4-mavzu

Analitik fikrlash – rahbardagi mantiqiy, tizimli, ketma-ket yondashuvlardan foydalangan holda muammoni hal eta olish qobiliyati.
Atrofdagilarga ta’sir o‘tkazish – rahbarning o`z g`oyalari, maqsadlari, loyihalari va qarorlariga hamfikr va qo`llab-quvvatlovchilarni topa olish qobiliyati.
Autopsixologik kompetentsiya – bu rahbardagi shunday malakalar majmuiki, ular boshqaruvchini o`z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya`ni o`zini o`zi diagnostika qilish, o`zini o`zi tuzata olish (korrektsiyalash), o`zini o`zi takomillashtira olish, o`ziga-o`zi motivatsiya bera olish, har qanday ma`lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetentsiyalar bilan bog`liq qobiliyatdir.
Avtokratlik – hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko`rsatmalar berish va jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o`qituvchining talabaga) nodemokratik usullardan foydalangan holda ta`sir etishga moyilligi.
Avtoritar uslub – bunda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o`z qo`liga olib, qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga oladi va yo`l qo`yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash shahdini namoyish etadi hamda xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi. Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori ko`rsatkichni ta`minlaydi. Guruhdagi ijtimoiy fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan baholaganda, bunday boshqaruvchi “jamoadan chetda”, avtonomdir.
Boshqalarni tushuna olish – rahbardagi boshqalarning munosabatlari va his-tuyg`ularini oldindan bilish, seza olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlarini boshqalarga ma`lum qilish xususiyati.
Boshqarish tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat, ob`yektni o`z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.
Boshqaruv – turli xil faoliyat koordinatsiyalarining maqsadlari hisobga olinadigan shartlarning bajarilishini tatbiq etish jarayoni.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin