4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə4/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-mavzu

Liderlik piramidasi
Aziz o`quvchi 3.1-rasmda liderlikning “liderlik kapitali” va “liderlik shartlari” deb atalgan ikki asosini ko`rib turibsiz. Liderlik kapitali – bu liderning o`z atrofdagilarni samarali ergashtira olish uchun kerak bo`ladigan sifatlari va iste`dodi yig`indisidir. Bular shaxsga tug`ilganidayoq beriladigan boshlang`ich, qayta ishlanilgan, tabiatan ato qilingan qobiliyat va iste`doddir. “Kapital” so`zining ishlatilishi tasodif emas. Bunda “kapital” deb, o`sishi uchun zarur, namoyon bo`lgan qobiliyat resurslarining jalb qilinishi nazarda tutiladi.

3.1-rasm. Liderlik piramidasi
Xuddi shuningdek, mutaxassislarning e`tirof etishlaricha, liderlik qobiliyati Amaliyot Tamoyillar Psixologik sifatlar Maqsad Liderlik kapitali (falsafa/ psixologiya) Liderlik shartlari (sotsiologiya/metafizika) Intizomga asoslangan (ideal) liderlik modeli Falsafa Hissiyot Donishmandlik – mardonavorlik Ishonchni qozona olish qobiliyati – muomalaga kirishimlilik Qadriyatlar Makon – Odamlar Jamiyat qonunlari – O’tish davri Psixologiya Falsafa liderlik shartlari paydo bo`lib uni uyg`otmagunicha (ta`sir etmagunicha) “uxlab” yotadi. Bu shartlar xuddi katalizatordek insonlarga shunday sharoitlarni taqdim etadi-ki, natijada ular o`zlarini lider sifatida yaqqol namoyon qila olishadi. Har ikkala tuzilma, kapital va shartlar, asl liderlikni ko`rsatish uchun zarurdir. Masalan, qotillik ishini olib borayotgan tergovchida, shu ishni qilishi mumkin bo`lgan gumondor bor. Lekin gumondorni aybdor qilish uchun unda bu jinoyatni sodir qilishga motiv, shuningdek, vaziyat va qurol bo`lganini isbotlash kerak. Faqatgina kriminal kapital yetishmaydi, deb aytish mumkin. Har uchchala shart ham bajarilishi kerak, bo`lmasa gumondorning jinoyatdagi aybdorligi isbotlanmay qoladi. Liderlik kapitali Boshqaruv psixologiyasi bo`yicha taniqli psixolog olim L. Stautning fikricha, liderlikni abstrakt formula jihatida emas, balki real shaxslarning hayot tarzi sifatida qarash kerak. Liderliklikni o`zaro mustaqillik modeli har qanday shaxsning maqsadi, shaxsiy sifatlari, qadriyatlarini va shu bilan bir qatorda, uning ijobiy o`sishi ta`sir qilgan liderlik qobiliyati imkoniyatlarini tahlil qilishi haqida bosh qotiradi. Xuddi mana shu liderlikning kapitali deb hisoblanadi.



3.2-rasm. Liderlik sifatlari tuzilmasi
Liderlikni parokandalikka uchrashini, odatda, liderlik kapitalining yetishmaganligida yoki bo`lmasa liderlik roli uchun sharoitlarning to`g`ri kelmaganligida deb tushuntirish mumkin. Liderlik kapitali ko`pincha to`g`ri baholanmaydi. Hamisha ham aynan aqlli, mard yoki tashabbuskor odam lider bo`lavermaydi. Shuningdek, liderlik kapitali – bu faqatgina to`g`ma instinktlar emas. O`z nomlanishi bilan “liderlik kapitali” ma`lum ko`rinishdagi o`lchov mezoni-ki, uni u yoki bu darajada ko`paytirish ham mumkin. Liderlik – o`zaro mustaqil jarayondir. U o`zaro harakatdagi uch asosiy tuzilishni: liderlikning falsafiy dunyoqarashini, liderlik psixologiyasi va ijtimoiy yo`nalganlikni namoyon qiladiki, natijada bu uchchala holat liderga atrofdagilarni o`z orqasidan ergashtira olishlik imkoniyatini beradi. Birinchi ikkilikni tashkil qiluvchi, liderlik dunyoqarashi va liderlik psixologiyasi odatda liderlik kapitalini shakllantiradi. Uchinchisi, liderlik sifatlarini amaliyotda qo`llash imkonini beruvchi psixologik holat hisoblanib, o`z navbatida, u liderlik sharoitlari deb ataladi.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin