4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə6/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-mavzu

Akmeologiya – ulg`aygan shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini o`rganuvchi maxsus fan. A. (grekcha “akme – cho`qqi, yuqori pog`ona, gurkiratuvchi kuch” ma`nolarini bildiradi) – ilmu-fanning shunday yangi tarmog`iki, u insonni o`z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayot-faoliyatining turli bosqichlarida o`zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishining kompleks masalalarini o`rganadi. Ya`ni u shaxsni o`z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot va yuksalishning ob`yektiv hamda sub`yektiv omillari doirasida tadqiq etadi. A. tushunchasi birinchi marta fanga rus olimi N.Ribnikov tomonidan 1928-yilda kiritilgan bo`lib, uning o`zi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanishi jarayonidir, deb ta`riflagan edi. Lekin tom ma`nodagi jiddiy fan sifatida uning shakllanishiga yana bir rus psixologi B.Ananyev va uning izdoshlari bo`lgan peterburglik olimlar alohida ulush qo`shishgan. Ularning ta`kidlashlaricha, akmeologiyaning predmeti – odamning ijodiy salohiyati bo`lib, u inson tomonidan o`ziga inoyat etilgan barcha imkoniyatlar va iqtidorni qanday qilib, qanday shartsharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta`sirida ro`yobga chiqarishini kompleks tarzda o`rganadi. A. fanining asosiy vazifasi ongli faoliyat sub`yekti bo`lmish shaxsni turli faoliyat jarayonlarida, xususan, tanlagan kasb-kori, ixtisosligi doirasida o`z ijodiy salohiyatini to`la ochish va amalda namoyish etishiga bog`liq bo`lgan bilimlar, amaliy ko`nikmalar, malakalar, texnologiyalar bilan ta`minlash, tanishtirishdir. V.Zazikin va A.Chernishovlarning yozishicha: “A. – mohiyatan bu yetuk, barkamol insonlarning rivojlanishi to`g`risidagi fandir”. Shuning uchun ham bu fan bugun biz uchun juda muhim va uning imkoniyatlari deyarli ochilmagan. Milliy istiqlol g`oyalarida barkamol shaxs, komil inson g`oyasi yetakchilardan sifatida berilgan ekan, biz bo`lajak menejer (rahbar)lar tarbiyasida ularni o`z imkoniyatlarini rivojlantirishga, o`zligini anglash orqali, kar`yeraning har bir bosqichida o`z “acme”si – barkamollik cho`qqisining nimalar va qanday omillar hisobiga rivojlantirish mumkinligini o`rgata olishimiz kerak.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin