Boshqaruv malakasi – kasbiy mahorat va hayotiy tajribaga asoslanadigan boshqaruv jarayonidagi ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Boshqaruv muloqoti – rahbarning xodimlarni ma`lum tomonga yo`naltirish maqsadidagi o`zaro ma`lumot almashinuvi jarayonidir.
Boshqaruv psixologiyasi– boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub`yekti va ob`yekti o`rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi.
Boshqaruv usullari – o`zining tavsifiga ko`ra iqtisodiy, tashkiliy-ma`muriy, ijtimoiy-psixologik bo`lishi mumkin. Iqtisodiy usullar – xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo`lib, davlat, jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog`lanishiga imkon yaratadi. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari– yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas`uliyatga asoslanadi. Ijtimoy-psixologik boshqaruv usullari – mehnatkashlarning ishlab chiqarishni boshqarishda keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo`lib, uning qo`llanilishidan asosiy maqsad jamoalarda sog`lom ijtimoiy-psixologik muhit yaratishdan iboratdir.
Burch– muayyan axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini anglash.
Daholik – favqulodda kuchli aql, xotira, sinchkovlik, zukkolik egasi va ilmiyijodiy iste`dodi, bilimi hamda intellektual salohiyati jihatidan o`z davridan ilgarilab ketgan shaxs.
Davlat – muayyan hududda boshqaruvni amalga oshiradigan, huquqlari va kuch ishlatish imkoniyati qonuniy musstahkamlangan siyosiy apparat (hukumat institutlari va davlat xizmati amaldorlari). D. – hamma jamiyatlarda ham bo`lgan emas. U ovchilar va termachilar jamiyatida, shuningdek, agrar tipdagi kichik jamiyatlarda ham bo`lmagan. D.ning paydo bo`lishi insoniyat tarixida juda muhim qadam bo`ldi, chunki siyosiy hokimiyatning markazlashuvi ijtimoiy o`zgarishlar jarayoniga yangi kuch bag`ishlaydi.