2. Vektorlarni ayirish. a va bvektorlarni ayirmasi a - b deb b vektor bilan yig'indisi a vektorni beradigan c vektorga aytiladi. Demak a - b ayirmani topish uchun a vektor bilan b vektorga qarama-qarshi -b vektorni yig'indisini topish lozim ekan. ОА=a va ОС=b vektorlarni ayirmasini topish uchun bu vektorlarni tomon hisoblab, yasalgan ОАВСparallelogramning Сuchidan o'tkazilgan diagonali САvektorni topish lozim. Ayirma vektorda yo'nalish «ayriluvchidan» dan «kamayuvchi» ga qarab yo'naladi(19e-chizma). 3. Vektorni songa ko'paytirish. Noldan farqli a vektorning m^0 songa ko'paytmasi deb, a vektorga kollinear, uzunligi \m\ ■ |a| ga teng bo'lgan, m>0, bo'lganda a vektor bilan bir xil yo'nalgan, m < 0 bo'lganda esa unga qarama-qarshi yo'nalgan hamda ma bilan belgilanadigan vektorga aytiladi(20-chizma).
3cZ
-2 cZ
-1- 20-chizma Izoh. 1. Istalgan a vektorni uning uzunligi |a| bilan unga mos a0 birlik vektorni ko'paytmasi shaklida tasvirlash mumkin, ya‘ni a=|a| ■ a0. a va b (b Ф0) kollinear vektorlar uchun shunday yagona 2 son mavjud bo'lib a=2b tenglik o'rinli bo'ladi.
=2 belgilashni kiritsak a =
a
a
b yoki ±
b
b
Haqiqatan, a=|a| ■ a0, b = |b| ■ b0 vektorlarni kollinearligidan a0=± b0 ekanligi kelib chiqadi. U holda a=± |a| b0 = ± 2 b hosil bo'ladi.
Shunday qilib vektorlarni qo'shish, ayirish hamda vektorni songa ko'paytirish natijasida vektor hosil bo'lar ekan. Vektorlar ustida chiziqli amallar quyidagi xossalarga ega. a+b =b +a (21a-chizma);
(a+b )+ с= a + (b + с) (2P-chizma);
m(a+b )=ma+ mb .
a +0= a;
a +(- a )= 0 ;
a ■1= a ;
(m+n) ■a= ma+na, m va n haqiqiy sonlar;
(m-n) ■ a = m-(na )=n (m a ). Ikki vektor orasidagi burchak tushunchasi.
Fazoda a va b vektorlar berilgan bo'lsin. Fazoda ixtiyoriy 0 nuqtani olib ОА =a va ОВ=b vektorlarni yasaymiz. tarif. a va b vektorlar orasidagi burchak deb ОАva ОВvektorlardan birini ikkinchisi bilan ustma-ust tushishi uchun burilishi lozim bo'lgan p (0 <p< Я) burchakka aytiladi.
a vektor bilan £ o'q orasidagi burchak deganda a vektor bilan £ o'qda joylashgan va у bilan bir xil yo'nalgan £0birlik vektor orasidagi burchak tushiniladi. a va b vektorlar orasidagi burchak (aлb ) kabi belgilanadi.
cos( a Ikki vektorning skalyar ko'paytmasi a • b = |a| • b tos( a л b ) dan
a • b
|a| •
b
л b )=
ni topamiz.
Agar vektorlar a=aхi + ayj + azk , b =bxi +byj +bzk yoyilmari yordamida berilgan bo'lsa, u holda (7.9) dan hamda vektorni uzunligini topish formulasi (6.6) dan foydalanib vektorlar orasidagi burchakning kosinusini topish uchun
(7.10)
b^+ by2 + b
+ ay 2
ax bx+ ay by+ azbz
cos( aл b )=
formulani hosil qilamiz. Misol. a=i -k, b =i +2 j-2k vektorlar orasidagi burchak topilsin. Yechish.(7.10) formulaga asosan
cos( aл b )=
3 = 1
3^2 a/2, 1 -1 + 0 • 2 + (-1) • (-2)
д/l2 + 02 + (-1)2- у] 12 + 22 + (-2)2 (aл в)=450 bo'ladi. Demak qaralayotgan uchburchak teng yonli to'g'ri burchakli uchburchak ekan. Vektorning o'qqa proeksiyasi va uning xossalari.
Fazoda £ o'q va АВvektor berilgan bo'lsin. Аva Вnuqtalardan bu o'qqa perpendikulyar tushirib perpendikulyarning asoslarini mos ravishda А1va В1orqali belgilaymiz. АВvektor АВvektorning £ o'qdagi tashkil etuvchisiyoki komponenti deb ataladi (22-chizma). £ 1 va £ 2 sonlar Аva Вnuqtalarning £ o'qdagi koordinatalari bo'lsin. ta'rif. £2-£ i ayirma АВvektorning £ o'qqa proeksiyasi deb ataladi.
АВvektorning £ o'qqa proeksiyasi pr£АВkabi belgilanadi. Shunday qilib АВ vektorning £ o'qqa proeksiyasi deb vektorning boshi Аva oxiri Вnuqtalarning £ o'qdagi proeksiyalari А1va В1nuqtalar orasidagi masafoga aytilar ekan. Bu masofa
vektor bilan o'qning yo'nalishi mos tushganda «+» ishora bilan aks holda «-» ishora bilan olinadi. Proeksiyani tarifidan АВvektor o'qqa perpendikulyar bo'lganda uning o'qqa proeksiyasi nolga teng bo'lishi kelib chiqadi. (22- chizma) Proeksiyaning asosiy xossalarini keltiramiz: a vektorning t o'qqa proeksiyasi a vektor uzunligini bu vektor bilan o'q orasidagi p burchak kosinusiga ko'paytmasiga teng, yani pp a=|a| cosp . Bu 23a- chizmadan ko'rinib turibdi.
Ikki vektor yig'indisining o'qqa proeksiyasi qo'shiluvchi vektorlarning shu o'qqa
proeksiyalari yig'indisiga teng, yani pp (a + b )= pp a + pp b . Bu 23b-chizmadan ko'rinib turibdi. Vektor a ni 2 songa ko'paytirganda uning o'qqa proeksiyasi ham shu songa ko'payadi, yani pp (2 a )= 2. pp a (23d-chizma).
Endi АВvektorning t o'qdagi tashkil etuvchi АВvektorni proeksiya orqali ifolalaymiz. t0vektor t o'qqa mos birlik vektor bo'lsin. U holda АВ= pp АВ ■ t0 (6.1) bo'lishi ravshan. Izoh. Vektorning boshqa vektor yo'nalishiga proeksiyasi ham xuddi vektorning o'qqa proeksiyasi kabi aniqlanadi. Vektorni koordinata o'qlaridagi tashkil etuvchilari bo'yicha yoyish.
Oxyz fazoda to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasini olaylik. O'qlarning har birida boshi koordinatalar boshida bo'lib yo'nalishi o'qning musbat yo'nalishi bilan ustma-ust tushadigan birlik vektorklarni olamiz va ularni i, j, k lar orqali belgilaymiz. Bu yerdagi i 0x o'qqa mos, j 0y o'qqa mos va k 0z o'qqa mos birlik ♦ -► vektorlar. Demak i, j, k birlik vektorlar o'zaro perpendikulyar va nokomplanar. ta'rif. Uchta i, j,k vektorlar sistemasi dekartning to'g'ri burchakli bazisi yoki ortlar deb ataladi.
a fazodagi ixtiyoriy vektor bo'lsin. Shu vektorni i, j,k ortlar orqali ifodalash mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa u ifodani qanday topish mumkin? degan savollarga javob topishga harakat qilamiz.
аvektorni o'z-o'ziga parallel ko'chirib uning boshini koordinatalar boshiga joylashtiramiz. а=ОМvektorning oxiri Мnuqtadan koordinata tekisliklariga parallel tekisliklar o'tkazamiz. Natijada diagonallaridan biri ОМvektordan iborat parallelepipedga ega bo'lamiz. 24-chizmadan vektorlarni qo'shish qoidasiga binoan a = ОМ1 + Мхр + рМga ega bo'lamiz. Мхр = ОМ2, рМ = ОМ3bo'lgani uchun а = ОМХ + ОМ2 + ОМ3(6.2) bo'ladi. ОМХ , ОМ2va ОМ3 vektorlar mos ravishda а=ОМvektorni 0х, 0уva 0z o'qlardagi tashkil etuvchilari bo'lganligi uchun ular (6.1) formulaga ko'ra ОМ1 = prxОМ . i, ОМ2 = Ргоу ОМ . j, ОМ3 = ргогОМ. к (6.3) bo'ladi. а=ОМvektorning 0х, 0у,0z o'qlardagi proeksiyalarini mos ravishda ах, ау, az lar orqali belgilasak (6.2) va (6.3) formulalarga asoslanib a = axi + ayj + azк(6.4) formulaga ega bo'lamiz.
Shunday qilib fazodagi istalgan a vektorni yagona usul bilan dekart bazisi i , j,кorqali (6.4) ko'rinishda ifodalash mumkin ekan. (6.4) a vektorni uning koordinatalar o'q laridagi tashkil etuvchilari orqali yoyilmasidir. Bu yoyilmani har xil qo'llanmalarda har xil nomlar bilan yuritiladi. Masalan uni vektorni ortlar, dekart bazisi, vektorni proeksiyalari va koordinatalari orqali yoyilmasi deb ham yuritiladi. Faraz qilaylik vektorning oxiri Мnuqta x,y,z koordinatalarga ega bo'lsin. U holda a = ОМvektorning koordinata o'qlaridagi proeksiyalari ax=x, ay=y, az=z bo'lib (6.4) yoyilma > —► a =x i +y j +z к(6.5) ko'rinishga ega bo'ladi. Vektorning koordinata o'qlaridagi proeksiyalarini uning koordinatalari deb ham ataladi. O'qlardagi proeksiyalari ax, ay, azga teng a vektorni a{ax , ay , az} yoki a ={ax; ay; az} ko'rinishda yozamiz. ах - a vektorning abssissasi, ау -ordinatasi, az - applikatasi deb ataladi. Shunday qilib boshi koordinatalar boshida bo'lgan а =ОМvektor bilan uni oxiri M nuqta bir xil koordinatalarga ega bo'lar ekan. ОМvektor M nuqtaning radius-vektori deyiladi.