4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja



Yüklə 260,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix26.12.2023
ölçüsü260,44 Kb.
#198349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy




4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy
strategiyasi
Reja: 
1.
1991-2000 yillarda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi belgilab 
olinishi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilishi.
2.
Sud-huquq 
tizimi 
islohotlarini 
chuqurlashtirish, 
odil 
sudlov 
tizimini 
demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini 
ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi. 
3.
O„zbekistonda 2001-2010 yillarda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan 
islohotlar. 
4.
Sudlarni ixtisoslashtirilishi, jinoiy jazolarni liberallashtirilishi, odil sudlov sifatini 
oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi 
5.
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas‟uliyatini 
kuchaytirish, tadbirkorlik sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish bo„yicha huquqiy asoslarni takomillashtirilishi. 
6.
O„lim jazosini bekor qilish, qamoqda saqlash sanksiyasining prokuratura 
organlaridan sudlarga berilishi.
7.
Xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko„tarilishi. 
 
Mustaqillikka erishgandan so„ng O„zbekistonda huquqiy demokratik davlat 
barpo etish yo„li tanlab olindi. Aynan huquqiy demokratik davlatda har bir shaxsning 
huquq va erkinliklari kafolatlanadi, insonning kamol topishi va o„z orzu niyatlarini 
ruyobga chiqarishiga imkoniyat yaratiladi. Huquqiy demokratik davlatda sud 
hokimiyati alohida o„rin tutadi. Shuning uchun ham tubdan isloh qilingan sohalardan 
biri sud-huquq tizimidir. Buning sababi shundaki, yangi, mustaqil, demokratik sud-
huquq tizimi mavjud bo„lmasdan turib mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va ma‟naviy 
hayotining normal faoliyat ko„rsatishini ta‟minlab bo„lmaydi. Boshqaruvning 
ma‟muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish, shuningdek qonun ustuvorligi, shaxs, 
oila, jamiyat va davlat manfaatlari, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyasini 
kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, qonunga 
itoatkor fuqarolarni tarbiyalash kabi masalalar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini 
shakillantirishning maqsadi va bir vaqtning o„zida bu maqsadlarga erishishning 
vositasi hamdir. Ushbu maqsadga erishish davlat va jamiyat hayotining boshqa 
sohalarini isloh etish bilan bir qatorda sud-huquq tizimida ham chuqur o„ylanilgan 
muhim o„zgartirishlar va islohotlarni talab qildi. 
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida ijtimoiy 
munosabatlarni yanada rivojlantirish, demokratik o„zgarishlarni chuqurlashtirish, 
umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish, eng avvalo 



shaxs, uning hayoti, ozodligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquqlarini 
muhofaza qilish uchun sharoit yaratilmoqda. Birinchi Prezident I.Karimov 
ta‟kidlaganidek, “Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi 
eng muhim yo„nalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan 
sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so„z 
bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va 
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa 
bo„lib qolmoqda”
1

O„zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jinoyatga oid 
siyosatni izchil liberallashtirilishi amalga oshirilmoqda. O„zbekiston mustaqillikka 
erishganidan so„ng, demokratik huquqiy dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyatini 
barpo etishni, ijtimoiy yo„naltirilgan bozor munosabatlariga o„tishni o„z oldiga 
maqsad qilib quyishi, halqaro hamjamiyat tomonidan umume‟tirof etilgan shaxs 
huquq va erkinliklari ustuvorligi tan olinishi munosabati bilan kun tartibiga qo„yilgan 
muammolardan biri, jinoyat qonunini isloh qilish masalasi bo„ldi.
Harakatdagi Jinoyat kodeksidan mutloqo farq qiladigan, 1992 yil 8 dekabrda 
qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos ravishda jinoyatlar va 
jazolar to„g„risidagi yangi Jinoyat kodeksining yaratish to„g„risida qaror qilindi. 
Yangi kodeksini yaratishda jinoyatchilikka qarshi kurashda jinoyat-huquqiy 
vositalarning samaradorligini oshirish, jinoyat-huquqiy normalarda taqiqlangan 
huquqbuzarliklarni sodir etgan har qanday shaxs uchun javobgarlikning 
muqarrarligini ta‟minlash va jinoyatchilik miqdorini kamaytirish asosiy maqsad 
sifatida belgilandi. Jinoyat qonunida, Konstitutsiya va xalqaro normalarda qayd 
etilgan qadriyatlar tizimini aks ettirish; davlatimiz va Markaziy Osiyo hududida 
shakllangan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy turmush tarzini, diniy va ma‟naviy-
axloqiy holatni mos ravishda ifodalash; davlatchilik va ijtimoiy munosabatlarning 
istiqboldagi rivoji va ushbu munosabatlarni jinoyat huquqi vositasida muhofaza 
qilishda ijtimoiy va kriminologik shart-sharoitlarni hisobga olish; yuridik 
shaxslarning 
va 
fuqarolarning 
hayotiga 
jinoyat-huquqiy 
“aralashishning” 
chegaralarini belgilash; ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bo„yicha avval 
to„plangan tajribani inobatga olib qonun va uni qo„llash amaliyotining uzviyligini 
ta‟minlash; unda jinoyatchilik dinamikasi va tuzilishining asosiy yo„nalishlari va 
zamonaviy jinoyatga oid siyosatning eng muhim ijobiy holatlari, shuningdek 
demokratik va iqtisodiy sohadagi muqarrar o„zgarishlarni aks ettirish; jamoatchilik 
fikrini, aholining huquqiy ongi va qonunga itoatkorlik, huquqiy madaniyatning 
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi: O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo„shma majlisidagi ma‟ruza.
2010 yil 12 noyabr. – Toshkent: O„zbekiston, 2010. – B. 15-16. 



darajasini hisobga olish; ilmiy-nazariy ishlanmalar va tavsiyalarni imkon qadar 
to„laroq e‟tiborga olish; xalqaro qonun ijodkorligi va xalqaro huquqning umume‟tirof 
etilgan jinoyat-huquqiy normalarini implementatsiya qilish; jinoiy jazoning ijtimoiy-
tartibga solish imkoniyatlarini hisobga olish; jinoyat qonunining haqiqatda amalga 
oshirilishi mumkin bo„lgan vazifalarini aniqlash; ularni maksimal darajada qonunda 
aks ettirish va jinoyat huquqi tamoyillarini aniq belgilash ustuvor vazifalar sifatida 
belgilandi. 
Jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlarning mazkur maqsad va vazifalarini: barcha 
jinoyat-huquqiy institutlar va normalar jinoyat qonunining vazifalarini maksimal 
ravishda bajarilishini ko„zlab tuzilishi; qonun normalarida jinoyat huquqi 
tamoyillarini mujassamlashtirish va aniqlashtirish; qilmishni kriminalizatsiya va 
dekriminalizatsiya qilish asoslarini hisobga olish; kriminalizatsiya qilish tamoyillarini 
kompleks va tizimli qo„llash; javobgarlikning ijtimoiy va kriminologik jihatlari 
asoslantirilib, qilmish va aybdor shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini 
differensiatsiya qilish; residiv jinoyatchilar va davlat va xalq uchun muhim va qadrli 
bo„lgan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan shaxslarga nisbatan qat‟iy jinoyat-
huquqiy ta‟sir choralarini saqlab qolish; jinoyat huquqining ijtimoiy va siyosiy 
mohiyatidan kelib chiqib, qonunda qo„llanilgan jinoyat tarkibi va jinoyat-huquqiy 
institutlari tushunchalarining bir xilda qo„llanilishini ta‟minlash; qonunchilik 
texnikasi qoidalariga rioya etish; tergov-sud ixtiyorini toraytirish orqali amalga 
oshirish mumkin edi. 
Maqsad 
va 
vazifalarni 
to„liq amalga oshirish zamonaviy jinoyat 
qonunchiligining umumiy tabiati to„g„risidagi masalaning to„g„ri yechimini topishga 
bog„liq edi, chunki bu borada ikki yondashuv mavjud edi. Muammoni hal etish 
uchun: ijtimoiy xavflilik darajasi nisbatan yuqori bo„lgan xulq-atvor uchun jinoiy 
javobgarlik belgilash bilan cheklanib, “ixcham” qonun yaratish yoki ijtimoiy 
ahamiyati “kamroq” bo„lgan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz etgan xulq-atvor 
ustidan ham davlat va jamoat nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan kodeks 
ishlab chiqish masalasini yechish lozim edi. Mazkur masalani hal etishda birinchi 
yondashuvning ma‟lum darajada jozibador bo„lishiga karamasdan, u kator salbiy 
oqibatlar olib kelishi mumkinligi hisobga olindi. Uning asosiy kamchiligi shundan 
iborat ediki “ixcham” kodeksini ishlab chiqish uning og„ir jazo choralarini nazarda 
tutuvchi hamda jinoyat huquqining uzoq yillar davomida shakllangan qator aosiy 
qoidalarini tubdan qayta ko„rib chiqishni talab qiladigan radikal yo„nalishni tanlashni 
takozo qiladi.
Bu hol o„z navbatida qonunchilikdagi vorisiylikni buzish bilan birga huquqni 
muhofaza qiluvchi organlardan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida shakllangan va 
amaliyotda sinovdan o„tgan shakl va uslublarni qayta ko„rib chiqilishini, shuningdek, 
jinoyat-protsessual, ma‟muriy, tezkor-qidiruv, jinoyat ijroiya huquqi va boshqa huquq 



sohalarining huquqiy asoslarini qaytadan ko„rib chiqilishini taqozo qilgan bo„lar edi. 
Undan tashqari kriminalizatsiya qilinadigan xulq-atvor doirasini belgilashda 
kriminalizatsiya barcha huquqiy, ayniqsa tizimli huquq guruhiga kiruvchi prinsiplari 
e‟tiborga olinishi mumkin emasligi tufayli samarasi kam bo„lgan yoki ijtimoiy shart-
sharoitlarga mos bo„lmagan qonunlar qabul qilinishiga sabab bo„lgan bo„lar edi. 
Bunday qoidaning qabul qilinishi uncha og„ir bo„lmagan, shu jumladan, ehtiyotsizlik 
orqasida sodir etilgan barcha qilmishlarga qarshi kurashning samaradorligi 
pasayishiga sabab bo„lar edi. Ushbu qilmishlarning kattagina qismi samarasi jinoyat-
huquqiy choralarga nisbatan ancha kam bo„lgan ma‟muriy yustitsiya sohasiga 
o„tkazilishiga olib kelgan bo„lar edi. 
Yuqorida ko„rsatilgan va boshqa sabablar jinoyat huquqining demokratik 
prinsiplari amalga oshirilishiga xizmat qiladigan va davlatimizning jinoyat-huquqiy 
sohadagi g„oyalarini aks ettiruvchi qonunni yaratilishi zarurligini ko„rsatadi. 
1994 yil 22 sentabrdagi O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining so„ngi 
chaqiriq o„n oltinchi sessiyasida O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qabul 
qilindi va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritildi.
Mustaqil O„zbekistonning birinchi Jinoyat kodeksi nafaqat o„z tuzilishi, balki 
mohiyatiga ko„ra ham ilgargi qonunlardan tubdan farq qilishini ta‟kidlash joizdir. 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi qabul qilinguniga qadar ham ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda ro„y bergan o„zgarishlarni hisobga olib, o„sha 
vaqtda amalda bo„lgan 1959 yilgi Jinoyat kodeksiga qator o„zgartirish va 
qo„shimchalar kiritilgan edi. Fikrimizni isbotlash uchun bir qancha misollar 
keltiramiz. 
1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining normalarida umuminsoniy ne‟matlarning ustunligi prinsipi izchil amalga 
oshirildi. Mazkur kodeks, birinchi navbatda, shaxs xavfsizligi, fuqarolarning hayoti, 
sog„lig„i, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini, ularning daxlsizligini imkon boricha 
to„liq ta‟minlashga yo„naltirilgan. 
1994 yildagi Jinoyat kodeksida sud tizimining jinoiy-huquqiy faoliyatiga doir 
eng asosiy prinsiplari mustahkamlandi, mazkur prinsiplar oldin amal qilgan Jinoyat 
kodeksiga ma‟lum bo„lmagan. 
Ulardan birinchi 

Yüklə 260,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin