O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning
natijalari:
1991-2000 yillarda
sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy konsepsiyasi
belgilab olindi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. Mavjud tajriba va
qonunchilikni tahlil qilish asosida sud-huquq tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, odil
sudlov tizimini demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda
tengligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi;
O„zbekiston o„z mustaqilligini qo„lga kiritgan paytda sobiq sho„rolar davridan
markazlashgan totalitar tuzum, ma‟muriy buyruqbozlikka va yakka mafkuraga
asoslangan davlat boshqaruvi, rejali-taqsimot tizimi meros sifatida qolgan edi.
Mustaqillik e‟lon qilingan dastlabki yillardan O„zbekiston bozor iqtisodiyotiga
o„tishning “o„zbek modeli” deb nom olgan o„z taraqqiyot yo„lini belgilab oldi. Uni
amalga oshirish uchun davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan bozor
iqtisodiyotiga o„tishning besh prinsipi ilgari surildi va ushbu prinsiplar asosida davlat
va jamiyat qurilishida islohotlar izchil, tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.
O„zbekiston Respublikasi birinchiPrezidenti I.Karimov ta‟kidlaganidek, “Sud
hokimiyati - mustaqil hokimiyat. Qonunga qat‟iy rioya qilish va uning fuqarolar
tomonidan so„zsiz bajarilishini ta‟minlash - sud hokimiyatining oliy burchidir.”
5
Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining dastlabki bosqichi
Sud-huquq islohotlarining dastlabki bosqichida bir qancha tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ya‟ni, O„zbekiston Respublikasi mustaqilligining
dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimida tub islohotlarni amalga oshirishga
katta e‟tibor qaratdi. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko„lami,
miqyosi va samaradorligi keyingi o„n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga
ko„tarilganini ko„p-ko„p misollarda ko„rish mumkin.Jumladan, 1991 yil 20 noyabrda
“Hakamlik sudi va xo„jalik nizolarini hal etish tartibi to„g„risida”gi O„zbekiston
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq ijro hokimiyati
qoshidagi “arbitraj” sud hokimiyatining tarmog„i sifatida “sud” maqomini oldi.
Qonunda hakamlik sudining vazifalari, hakamlik sudlarining tizimi, xo„jalik
nizolarini hakamlik sudi tomonidan hal etish tartibi belgilandi.
1992 yil 8 dekabrda O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Asosiy
qonunimizning qabul qilinishi sud-huquq tizimini milliy konsepsiyasining,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning
konstitutsiyaviy-huquqiy asosini belgilab berdi. Asosiy Qonunimizning 11-modda-
sida O„zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo„linishi prinsipiga asoslanishi
mustahkamlandi.
5
Karimov I.A. Istiqlol yo„li: muammolar va rejalar. – T.: O„zbekiston, 1992.
7
Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning
mustaqilligini ta‟minlash, uni sobiq tuzumda bo„lgani kabi qatag„on quroli va
jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‟nodagi mustaqil
davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko„lamli tashkiliy-huquqiy chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Konstitutsiyaning 106-moddasida O„zbekiston Respublikasida sud hokimiyati
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi mustahkamlandi.
O„zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi,
O„zbekiston Respublikasi Oliy xo„jalik sudi, Qoraqalpog„iston Respublikasi
fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha oliy sudlari, Qoraqalpog„iston Respublikasi
xo„jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha
viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha tumanlararo,
tuman, shahar sudlari, harbiy va xo„jalik sudlaridan iborat.
Sudlarning haqiqiy mustaqilligini va erkinligini ta‟minlashda sudyalarning
lavozimlarga Prezident tomonidan tayinlanishi xalqaro tajribada o„zini oqlagan eng
maqbul yo„l hisoblanadi. Prezident tomonidan sudyalarni tayinlash sudyalarga o„z
vakolatlarini bevosita davlat boshlig„idan olish imkonini beradi. Bunday maqom
sudyalar uchun odil sudlovni O„zbekison Respublikasi nomidan amalga oshirish
kafolatini kuchaytiradi.
Konstitutsiyada O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi
va Oliy xo„jalik sudining vakolatlari belgilanib, ularga taalluqli bo„lgan ishlar
ko„rsatildi.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 112-moddasida sudyalarning
mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo„ysunishlari belgilandi. Sudyalarning odil
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo„l
qo„yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo„lishi
belgilandi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlandi.
Asosiy Qonunimizning 114-moddasiga ko„ra sud hokimiyati chiqargan hujjatlar
barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Sud-huquq islohotlarining rivojlanishi sobiq ittifoq davrida o„ta markazlashgan,
faqat vertikal buysinishga asoslangan markazga to„g„ridan-to„g„ri hisob beruvchi
respublika prokuratura organlari tizimini mustaqil O„zbekiston Respublikasi organiga
o„tkazish to„g„risidagi Davlat rahbarining siyosiy qarori muhim ahamiyatga ega
bo„ldi. 1992 yil 9 dekabrda “Prokuratura to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining
8
Qonuni qabul qilindi. U mamlakatimizda prokuratura idoralari faoliyatining huquqiy
asosi bo„lib xizmat qildi. Unda O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga
bo„ysunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar, davlat
nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek kimga bo„ysunishidan, kimning tasarrufida
bo„lishidan va mulkchilik shaklidan qat‟i nazar, muassasalar, korxonalar va
tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar
qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishlari
belgilandi.
Sud hokimiyatining huquqiy asoslari 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan
“Sudlar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonunida belgilab berildi. Unda
sud tizimi, O„zbekistonda odil sudlovni faqat sud amalga oshirishi, sudyalar
mustaqilligi, faqat qonunga bo„ysunishi, sudyalarning odil sudlarni amalga oshirish
borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo„l qo„yilmasligi va bunday
aralashuv
qonunga
muvofiq
javobgarlikka
sabab
bo„lishi, O„zbekiston
Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan,
siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi
yana bir bor mustahkamlandi.
Shuningdek, mazkur Qonunda inson huquqlarini ta‟minlashning demokratik
prinsiplari: sudlovning oshkoraligi, aybsizlik prezumpsiyasi, umumiy sudlar, xo„jalik
sudlari, sudyalarning maqomiga bag„ishlangan huquqiy normalar mustahkamlandi.
1994 yil 22 sentabrda O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-
protsessual kodeksi, Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodekslari qabul qilindi.
Ushbu kodekslar shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat
manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy
tajovuzlardan qo„riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash, jinoyatlarni tez va to„la
ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi
bo„lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun
aybdorlarni fosh etish hamda qonunning to„g„ri tatbiq etilishini ta‟minlash, mulkni,
davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va
qonuniylikni ta‟minlash, ma‟muriy huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarning o„z
vaqtida va ob‟ektiv ko„rib chiqilishini ta‟minlashni asosiy maqsad qilib belgiladi.
“O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to„g„risida”gi O„zbekiston
Respublikasining Qonuni 1995 yil 30 avgustda qabul qilinib, unda O„zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni
ko„radigan sud hokimiyati organi hisoblanishi belgilandi.
Shuningdek, Qonunda Konstitutsiyaviy sud O„zbekiston Respublikasi qonunlari
va Oliy Majlis qabul qilgan boshqa hujjatlar, O„zbekiston Respublikasi
9
Prezidentining farmonlari, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlarining
qarorlari, O„zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalar bilan olgan va
boshqa majburiyatlari O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini
aniqlashi;
Qoraqalpog„iston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
O„zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog„iston Respublikasining qonunlari
O„zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to„g„risida xulosa berishi;
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh berishi;
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o„zining vakolatlari
doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko„rib chiqishi ko„rsatildi.
Konstitutsiyaviy sud faqat O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal
qilgan holda ishlarni hal etishi va xulosalar berishi belgilandi.
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining
Qonuni 1995 yil 30 avgustda qabul qilindi. Unda har bir fuqaro davlat organlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o„zini o„zi
boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g„ayriqonuniy xatti-harakatlari
(qarorlari) bilan o„z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan
sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlandi.
1997 yil 1 martdan kuchga kirgan bozor munosabatlarini huquqiy tartibga
solishga qaratilgan O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning,
intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini
hamda ularni amalga oshirish tartibini belgiladi, shartnoma majburiyatlari va o„zga
majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog„liq shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni tartibga solish huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Yurtimizda odil sudlov tizimini demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va
himoyani amalda tengligini ta‟minlash va advokatura mavqeini ko„tarish maqsadida
1996 yil 27 dekabrda “Advokatura to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining
Qonuni qabul qilindi.
Qonunda advokatura – huquqiy institut bo„lib, u advokatlik faoliyati bilan
shug„ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug„ullanuvchi
ayrim shaxslarning mustaqil, ko„ngilli, kasbiy birlashmalarini o„z ichiga olishi
ko„rsatildi.
Mazkur Qonunda advokatga qo„yiladigan talablar, advokatura faoliyatining
prinsiplari va tashkiliy shakllari, advokatlik faoliyatining turlari, advokatning
huquqlari hamda vazifalari, advokatlik siri, advokatlik faoliyatining kafolatlari,
advokatning ijtimoiy huquqlari, uning intizomiy javobgarligiga oid masalalar
yoritildi.
10
1997 yil 25 aprelda O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi qabul
qilindi. Unda jazo ijrosini ta‟minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir
etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning qonuniy asoslari, shuningdek, jinoiy jazoni, boshqa
jinoyat-huquqiy ta‟sir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini;
mahkumlarning huquqiy maqomini; mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda
ularni qo„llash tartibini; mahkumlarni jazoni o„tashdan ozod qilish tartibini; jazoni
ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; mahkumlarni axloqan tuzatishda
davlat hokimiyati va fuqarolar o„zini o„zi boshqarish organlarining, korxona,
muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki belgilandi.
Sud ishlarini yuritishning protsessual tartibini belgilash va takomillashtirish, bu
jarayonda inson huquqlarini yanada kengroq ta‟minlash tizimini isloh etish
maqsadida 1997 yil 30 avgustda O„zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksi va Xo„jalik protsessual kodeksi (yangi tahriri) qabul qilindi. Ularda fuqarolik
sudlarida va xo„jalik sudlarida sud ishlarini yuritish tartibi belgilandi.
FPKga ko„ra fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o„zini o„zi
boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo„riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to„g„ri, o„z vaqtida ko„rib chiqish va hal
etishdan iboratdir.
XPKda xo„jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat deb
belgilandi:
1) iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo„riqlanadigan
manfaatlarini himoya qilish;
2) iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning
oldini olishga ko„maklashish.
XPKda birinchi marta sud buyrug„i nomli yangi huquqiy institut joriy qilindi.
Advokatlarning prokurorlar bilan mavqeini tenglashtirish, ular faoliyatini
kafolatlash va advokatlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 1998 yil 25 dekabrda
“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga ko„ra
advokatlik faoliyati bilan O„zbekiston Respublikasining fuqarolari jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‟tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar,
shug„ullanishga haqlidir.
Qonunda advokatning vakolatlari, uning mustaqilligini ta‟minlash, advokatning
daxlsizligi, advokatning faoliyatiga aralashishga yo„l qo„yilmasligi, advokatning
ijtimoiy himoyasi choralari bilan bog„liq demokratik normalar belgilandi.
11
O„zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning natijalari:
Dostları ilə paylaş: |