4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja


davlat  hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan



Yüklə 260,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix26.12.2023
ölçüsü260,44 Kb.
#198349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

davlat 
hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, 
prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun 
ustuvorligini 
taminlash 
bo„yicha adliya organlarining rolini yanada 
kuchaytirish
ga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni o„rnatadigan hujjatlarni 
ishlab chiqish va qabul qilish muhim o„rin tutadi.


24 
Tahlillar shuni ko„rsatadiki, aksariyat xorijiy davlatlarda adliya vazirligi qonun 
ijodkorligi va huquqni qo„llash sohalarini nazorat qiladi, hukumat va boshqa davlat 
tuzilmalariga yuqori sifatli yuridik yordam ko„rsatish kabi vazifalarni bajaradi. 
Masalan, Germaniya Federal adliya vazirligi mamlakat parlamenti (Bundestag va 
Bundesrat)ga qonun loyihala-rini tayyorlashga ko„maklashadi, sud va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy yordam ko„rsatish bilan bog„liq 
faoliyatlarini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Yaponiyada adliya vazirligi 
milliy qonunlarni va hukumat tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning 
ijro etilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta‟minlash tizimining faoliyati 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bir so„z bilan aytganda, xorijiy davlatlarda adliya organlari davlat hokimiyati 
idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura 
faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini taminlash 
bo„yicha ham faoliyat olib boradi.
Darhaqiqat, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, 
adliya organlarining huquq ijodkorligi sohasi va huquqni qo„llash amaliyotida yagona 
davlat siyosatini o„tkazishdagi rolini kuchaytirish uchun ularga zarur bo„lgan tegishli 
vakolatlarning berilishi mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat 
organlari tizimida o„zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali 
mexanizmini yaratish imkonini beradi hamda ushbu organlar faoliyatida qonuniylik 
va qonun ustuvorligini taminlashga xizmat qilishi, shubhasiz. 
Jamiyatning demokratiya yo„lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko„p jihatdan odamlarning huquqiy ongi 
va huquqiy madaniyat darajasiga bog„liq. Mamlakatimizni isloh etish va 
demokratlashtirish jarayonida odamlarimiz o„zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik 
faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo„layotgan barcha voqea-
hodisalarga daxldorlik tuyg„usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotganini ko„rish 
mumkin. Biroq shunday bo„lsa-da, yurtboshimiz ta‟biri bilan aytganda, aholining 
huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa 
bo„lib qolmoqda. Zero, yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori 
va huquqiy tizimning yetuklik ko„rsatkichidir.
Ma‟lumki, O„zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan 
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” huquqiy hayotimizni 
tubdan yaxshilashga xizmat qiladigan davlat va jamiyat ahamiyatiga molik huquqiy 
hujjat sifatida xizmat qilib kelmoqda. Biroq bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni 
hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy talim va marifatni, jamiyatda huquqiy 
bilimlar targ„ibotini tubdan yaxshilashga yo„naltirilgan maqsadli keng ko„lamli 
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. O„z navbatida ushbu dasturning amalga 
oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan 
munosabatda bo„lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg„usining yanada 
ortishini taminlash bilan birga fuqarolarimizning mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallash-tirish 
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga, jamiyatimizning demokratiya yo„lidan 
jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini 
to„liq ta‟minlanishiga xizmat qiladi.


25 
Ushbu tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bugun barcha sud, 
huquqni muxofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar hamda nodavlat tashkilatlari 
oldiga ulkan vazifalarni yuklaydi. 
Xulosa qilib aytganda, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish mamlakatimiz 
oldiga qo„ygan asosiy maqsad demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishga, inson huquq va erkinliklarini yanada to„laroq 
ta‟minlanishiga, odil sudlovni adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga 
oshirishga xizmat qiladi. 
 
 

Yüklə 260,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin