qonuniylik prinsipi
bo„lib, ungamuvofiq
sodir etilgan
qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat
kodeksi bilan belgilanadi, shu orqali jinoyat qonunini
o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash
man etiladi
. Hech kim sudning hukmi bo„lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb
topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir
etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va
majburiyatlarni bajaradi (JKning 4-moddasi).
5
Jinoyat kodeksining 5-moddasida jins, irq, millat, til, din, ijtimoiy kelib chiqish,
e‟tiqod, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar,
fuqarolarningqonun oldida
tengligi prinsipi
mustahkamlangan.
Jinoyat kodeksining 6-moddasida qayd etilgan
demokratizm prinsipi
jamoat
birlashmalari, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat
sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishida qonunda nazarda tutilgan hollarda
ishtirok etishlarini nazarda tutadi.
Insonparvarlik prinsipiga binoan
jazo va boshqa huquqiy ta‟sir choralari
jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko„zlamaydi
(JKning 7-moddasi).
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimida inson
qadr-qimmatini kamsitgan va ma‟naviy azob bergan surgun qilish
2
, badarg„a qilish
3
hamda tarbiya-mehnat profilaktoriyasiga yuborish kabi g„ayriinsoniy jazo turlari
nazarda tutilmagan.
Oldin amal qilgan Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan
odillik prinsipiga
asosan
jinoyat sodir etishda aybdor bo„lgan shaxsga nisbatan qo„llaniladigan jazo
yoki boshqa huquqiy ta‟sir chorasi odilona bo„lishi, ya‟ni jinoyatning og„ir-
yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo„lishi
kerak (JKning 8-moddasi).
Ayb uchun javobgarlik prinsipiga
muvofiq
hech bir qilmish, qay darajada xavfli
oqibatlar keltirib chiqarishidan qat‟i nazar,
aybsiz holda sodir qilingan taqdirda,
jinoyat sifatida e‟tirof etilmaydi.
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan
ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo„ladi (JKning 9-moddasi).
Jinoyat
to„g„risidagi qonun hujjatlarini liberallashtirish O„zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining qabul qilinishidan keyin ham davom ettirildi.
Masalan, jazo chorasi sifatida o„lim jazosini ko„zda tutgan jinoyat tarkiblar soni
qisqartirilgan, ozodlikdan mahrum qilish o„rniga iqtisodiy jazo choralarini qo„llash
imkoniyati kengaytirildi.
O„zbekiston Respublikasi 1999 yil 20 avgustdagi Qonuni
4
bilan Jinoyat
kodeksining 8 ta moddasiga qo„shimchalar kiritildi. Ularga muvofiq yetkazilgan
moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo qo„llanilmaydi. Ushbu tajriba jinoyat to„g„risidagi qonun hujjatlarini
yanada liberallashtirishda ijobiy rol o„ynadi.
2
Surgun qilish mahkumni muayyan boshqa bir joyda yashash uchun majburiy ravishda ko„chirib, uni turar joyidan
haydashdan iboratdir (1959 yildagi JKning 24-moddasi).
3
Badarg„a qilish mahkumni yashab turgan joyidan haydab yuborish bilan muayyan joylarda turishini ham taqiqlashdan
iboratdir (1959 yildagi JKning 25-moddasi).
4
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 229-modda.
|