4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy
birinchi instansiya sudida ish bo„yicha ayblov xulosasini o„qib eshittirish majburiyatini faqat prokuror zimmasiga yuklash ninazarda tutadigan
normani o„rnatish taklifi ilgari surilgan.Bu o„z navbatidasud mustaqilligini yanada
mustahkamlash, odil sudlov tamoyillarini rivojlantirish va eng muhimi, jinoyat
protsessida o„zaro tortishuv prinsipining samarali qo„llanilishini kengaytirishga
qaratilgan islohotlarning bugungi bosqichi talablaridan kelib chiqadi. Jinoyat-
protsessual qonunchiligiga yuqorida ko„rsatib o„tilgan normaning kiritilishi sudning
mustaqilligi, xolisligi va beg„arazligini taminlashga, jinoyat protsessida tortishuv
prinsipini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shu o„rinda xorijiy davlatlar jinoyat protsessual qonunchiligini kuzatadigan
bo„lsak, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina va Ozarbayjon Respublikalari
JPKga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasini o„qib
eshittirish bilan boshlanishi belgilangan.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson huquqlarini samarali himoya qilishning eng
muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlashga qaratilgan
ishlarning mantiqiy davomi sifatida Konsepsiyada
sudning jinoyat ishini qo„zg„atishga doir vakolatlarini O„zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksining 321-moddasidan chiqarish haqidagi taklif ilgari surildi.
Ma‟lumki, jinoyat ishini qo„zg„atish avvalo surishtiruv va dastlabki tergov
organlari, jinoiy ta‟qibni amalga oshiradigan boshqa huquq-tartibot organlarining
vazifasi hisoblanadi. Suddan esa shaxsga qo„yilgan ayblovning qonuniy va asosli
ekanini xolis baholash talab etiladi. Vaholanki, hozirgi paytda sud tomonidan jinoyat
ishini qo„zg„atish tarzidagi protsessual harakatning amalga oshirilishi mohiyatan
jinoiy taqibning va undan kelib chiqadigan barcha oqibatlarning boshlanishi
hisoblanadi. Bu esa sudni jinoiy taqib ishtirokchilari toifasiga kiritib qo„yadi. Aytish
kerakki, bunday amaliyot sudning oliy maqsadi bo„lgan odil sudlovni amalga oshirish
tamoyiliga mutlaqo mos kelmaydi.
Konsepsiyada tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, asoslari,
shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab beradigan “