4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja



Yüklə 260,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix26.12.2023
ölçüsü260,44 Kb.
#198349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy

 2001
-
2010 yillar
sudlarni ixtisoslashtirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, odil 
sudlov sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Sud va huquqni 
muhofaza qilish organlari xodimlarining mas‟uliyatini kuchaytirish, tadbirkorlik 
sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo„yicha huquqiy 
asoslarni takomillashtirishga qaratilgan va boshqa tadbirlar amalga oshirildi; 
 
Sud-huquq islohotlarining ikkinchi bosqichi. 
Sud-huquq islohotlarining ikkinchi bosqichidasud hokimiyatini bosqichma-
bosqich mustahkamlash, sudning mustaqilligini ta‟minlash, sudlarni ixtisoslashtirish 
kabi muhim yo„nalishlarda islohotlar davom ettirildi. Ayni paytda sudyalik 
lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to„xtatish va 
muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo„zg„atish 
vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam 
bo„ldi.
Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‟minlash, xususan, sud 
tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug„ullanish vazifasi O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2000 yil 4 maydagi “Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish 
bo„yicha Oliy malaka Komissiyasini tuzish to„g„risida”gi PF-2599-sonli Farmoni 
bilan tuzilgan maxsus organ – O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo„yicha oliy malaka komissiyasiga 
yuklatildi. 
Bundan asosiy maqsad sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qo„yishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga 
tayinlash masalalarini hal etish chog„ida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, 
shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini ta‟minlashdan iborat edi. 
O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli tuzilma – 
Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta‟minlash 
departamenti tashkil etildi. Bu esa sudlarning ularga xos bo„lmagan vazifalardan 
sezilarli darajada xalos bo„lishi va butun diqqat-e‟tiborini o„zlarining asosiy burchi 
bo„lmish odil sudlovni amalga oshirish uchun qaratish imkonini berdi.
2001 yil 29 avgustda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unda sud 
hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida 
jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag„lari va boshqa mol-mulkni 
o„zga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish 
yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o„zini tiyish majburiyatini yuklash 
huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy 
ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish ekanligi 
ko„rsatildi. 
Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta‟minlash vazifasi 
maxsus vakolatli organ – Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar 
faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta‟minlash departamentiga 
yuklatildi.


12 
Mustaqillikni qo„lga kiritgandan so„ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning 
to„laqonli mustaqil tarmog„i sifatida o„z o„rniga ega bo„lib bormoqda. Sudlar 
faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga 
bo„ysunishini ta‟minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga 
oshirildi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi “O„zbekiston 
Respublikai sud tizimini takomillashtirish to„g„risida”gi Farmoni bilan umumiy 
yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, jinoyat ishlari bo„yicha tuman sudlari va 
fuqarolik ishlari bo„yicha tumanlararo sudlar tashkil etilishi nazarda tutildi. Bu 
sudyalar faoliyatining sifatini oshirish hamda odil sudlovni ta‟minlashga xizmat 
qilmoqda. 
2000 yil 14 dekabrda “Sudlar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi 
Qonunining yangi tahriri qabul qilindi. 
Mazkur Qonun fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va 
erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirdi hamda sudlarning 
ixtisoslashuvini mustahkamladi. Unga ko„ra, “umumiy sudlar” “umumiy 
yurisdiksiya sudlari” sifatida ko„rsatildi va umumiy yurisdiksiya sudlari 
ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha sudlar tashkil etildi. Bu o„z 
navbatida ularning jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko„rib chiqish, inson 
huquq va erkinliklarini to„la va har tomonlama himoya qilish bo„yicha faoliyati 
samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu o„rinda ta‟kidlash joizki, 
rivojlangan davlatlarning sud tizimi tajribasidagi hayot sinovidan o„tgan sudlarni 
ixtisoslashtirish fuqarolarning huquq va erkinliklari sud yo„li bilan himoya qilish 
kafolatlarini kuchaytirishdagi muhim omillardan biridir. 
Yangi tahrirdagi “Sudlar to„g„risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh qilishda 
muhim bosqich bo„lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni 
tartibga solish, har qanday ko„rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning 
muqarrarligini ta‟minlash, fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini 
zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy himoya qilish ishlarini 
rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi. 
I.Karimov qayd etganidek, “Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari 
jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada 
kengaytirishni ta‟minlash bo„yicha katta ko„lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Aynan ushbu davrda kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta 
ko„rishning apellyatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo„ldi. Mazkur 
o„zgarishlarga muvofiq endilikda apellyatsiya instansiyasi ishni yangitdan ko„rib 
chiqishga yubormasdan, uni o„zi to„la hajmda ko„rib chiqishi mumkin. 
Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sud 
qaroridan norozi bo„lgan taqdirda, o„z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya 
instansiyasida, o„z advokati ishtirokida bevosita himoya qilish imkoniga ega 
bo„lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya sudlarining qarorlariga nisbatan 
shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko„rib chiqish tartibi batamom tugatilganini 
ta‟kidlash lozim. Amalga oshirilgan o„zgarishlar tahlili shuni ko„rsatadiki, joriy 
etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo„l qo„yilgan xatolarni o„z 


13 
vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo„l qo„ymaslikning muhim kafolatiga 
aylandi.
Shu borada quyidagi raqamlarga e‟tiboringizni qaratmoqchiman. Agar 2000 
yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo„lsa, 2009 yil 
yakunlariga ko„ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig„i apellyatsiya va kassatsiya 
tartibida bartaraf etilgan.”
6
Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo„jalik ishlari bo„yicha ixtisoslashuvi, jinoiy 
jazolarning liberallashuvi, yarashuv institutining joriy etilishi, mamlakat hayotida 
yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni chuqurroq o„rganib, ularni maqbul muddatlarda 
adolatli qarorlar qabul qilish yo„li bilan hal etish imkoniyatini tug„dirdi. 
O„zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan “O„zbekiston 
Respublikasining Jinoyat-protsessual, xo„jalik protsessual va fuqarolik protsessual 
kodekslariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi Qonuni bilan 
fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi. Aynan 
ushbu Qonun bilan kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta 
ko„rishning apellyatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo„ldi. Mazkur 
o„zgarishlarga muvofiq endilikda apellyatsiya instansiyasi ishni yangidan ko„rib 
chiqishga yubormasdan, uni o„zi to„la hajmda ko„rib chiqishi mumkin. 
2001 yil 29 avgustda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma‟muriy 
javobgarlik to„g„risidagi kodeksiga o„zgartishlar va qo„shimchalar kiritish haqida”gi 
O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga ko„ra, 
jinoyatlarning tasnifi o„zgartirildi. Buning natijasida og„ir va o„ta og„ir toifadagi 
jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan va uncha og„ir 
bo„lmagan jinoyatlar toifasiga o„tkazildi. 
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo„yicha qamoq va ozodlikdan mahrum 
etish jazolari o„rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo„llash imkoniyati ancha 
kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo„lgan 
mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi. 
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararning 
o„rni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo„llanmasligi 
haqidagi qoidalar kiritildi. 
Bundan tashqari huquqni qo„llash va sud amaliyotiga yarashuv instituti joriy 
etildi. Yarashuv institutining talabiga ko„ra, ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan jinoiy 
qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to„liq qoplab bergan 
taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Hozirgikunda 
53 
ta 
jinoyattarkibibo„yichayarashuvinstitutiniqo„llashimkoniyatinazardatutilgan. 
Shu borada yana bir misolga e‟tibor beraylik. Yarashuv institutining joriy 
etilishi natijasida o„tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy 
javobgarlikdan ozod etildi. 
6
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi: O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma majlisidagi ma‟ruza. 
2010yil 12 noyabr / I.Karimov. -Toshkent: «O„zbekiston», 2010. - 18 bet


14 
2001 yil 29 avgustda “Prokuratura to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi 
Qonunining yangi tahriri qabul qilinishi, prokuratura organlarining fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini himoyasini ta‟minlashga yo„naltirilgan faoliyatlarini yanada 
takomillashtirdi. Unda: 
• fuqarolar prokurorlik nazorati ob‟ektlari qatoridan chiqarildi; 
• prokurorlarning sud qarorlari ijrosini to„xtatish huquqi bekor qilindi; 
• prokurorlarning ijro etish uchun majburiy bo„lgan amrnoma kiritish vakolati 
olib tashlandi; 
• shahar va tuman prokurorlarining tergov va aybdorlarni qamoqda saqlash 
muddatlarini uzaytirish huquqi bekor qilindi; 
• qonunga viloyat, tuman, shahar prokurorlari qonunchilikning va 
jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli to„g„risida xalq deputatlari mahalliy 
Kengashlariga har yili bir marotaba axborot berib turishi shart ekanligi haqidagi 
qoida kiritildi; 
• O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari 
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo„lsa, O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinishi belgilandi. 
2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma 
majlisidagi jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va 
isloh etishga bag„ishlangan dasturiy ma‟ruzada prokuratura organlarining sud 
jarayoniga aralashuvini jiddiy cheklash bo„yicha qonunchilik normalariga zarur 
o„zgartishlar kiritilganligini, bugungi kunda sud jarayonida tortishuv tamoyili, ya‟ni 
prokuror bilan advokat huquqlarining tengligi ta‟minlanayotganligini alohida 
ta‟kidlagan.
7
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik 
sub‟ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi PF-3619-sonli Farmoni bilan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab 
tadbirkorlik sub‟ektlariga nisbatan huquqiy ta‟sir choralarini faqat sud orqali 
qo„llanish tartibi joriy etildi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 iyundagi “Tadbirkorlik 
sub‟ektlarining xo„jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini 
erkinlashtirish to„g„risida”gi PF-3622-sonli Farmoni bilan tadbirkorlik sub‟ektlari 
tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, 
shuningdek Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg„armalariga to„lovlar kamroq 
tushishiga olib kelmaydigan huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan 
qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat 
ma‟muriy javobgarlik choralari qo„llanilishi belgilandi. 
Materiallar sud instansiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik sub‟ekti 
soliqlar va boshqa majburiy to„lovlarni to„lamaganlik uchun sodir etilgan 
huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o„rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy 
ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to„lagan 
tadbirkorlik sub‟ekti moliyaviy sanksiyalar qo„llanilishidan ozod etilishi belgilab 
qo„yildi. 
7
Karimov I.A. O„zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo„lmaydi. T.13. –T.: O„zbekiston, 2005. -174-222



15 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustda “O„zbekiston 
Respublikasida o„lim jazosini bekor qilish to„g„risida”gi PF-3641-sonli Farmoni bilan 
O„zbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o„lim 
jazosi bekor qilindi va uning o„rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan 
mahrum etish jazosi joriy etildi. 
Umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi O„zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo„yicha Qoraqalpog„iston Respublikasi Oliy 
sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O„zbekiston Respublikasi Harbiy sudi 
tomonidan tayinlanishi mumkinligi;
jinoyat sodir etganlik uchun umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum 
etishga hukm qilingan shaxslar jazoni maxsus tartibli jazo ijro etiladigan 
ixtisoslashtirilgan muassasalarda o„tashlari belgilandi. 
2007 yil 11 iyulda “O„lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O„zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish 
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun 
bilan jinoiy jazolar tizimidan o„lim jazosi chiqarib tashlandi va uning o„rniga umrbod 
yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. 
Mamlakatimizda o„lim jazosining bekor qilinishi xalqaro hamjamiyatning katta 
e‟tibor va e‟tirofiga sazovor bo„lgani, albatta, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik o„ta 
muhim voqeadir. Nufuzli xorijiy ekspertlarning ta‟kidlashiga ko„ra, ushbu chora va 
bu sohada yuqorida ko„rsatilgan boshqa bir qator ishlarning amalga oshirilishi bilan 
O„zbekistonda dunyodagi eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. Chet el 
tajribasini o„rgangan xalqaro ekspertlarning bu boradagi qiyosiy tahlillariga asosan, 
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va Polshada 5 ta, Belgiya va 
Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, Shvesiyada 13 ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta 
jinoyat turi bo„yicha tayinlanishi qayd etilgan. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi sifatida ko„rsatilib, 
faqat ikki turdagi jinoyat, ya‟ni javobgarlikni og„irlashtiruvchi holatlarda qasddan 
odam o„ldirish va terrorizm uchun tayinlanishi belgilandi. Ushbu jazo turi 
mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan 
shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo„llanilishi mumkin emasligi 
ko„rsatildi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 avgustdagi “Qamoqqa 
olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o„tkazish to„g„risida”gi PF-3644-sonli 
Farmoni bilan jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan 
shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi 2008 yil 1 yanvardan e‟tiboran 
sudlar vakolatiga o„tkazildi.
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qonunda belgilangan boshqa ehtiyot 
choralarini qo„llash samarasiz bo„lgan alohida holatlarda va faqat jinoyat ishlari 
bo„yicha sudlar yoki harbiy sudlar vakolatiga muvofiq ularning qarori bo„yicha 
amalga oshirilishi lozimligi belgilandi. 
2007 yil 11 iyulda “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga 
o„tkazilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining 
Qonuni qabul qilindi. 


16 
Mazkur Qonun bilan qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga 
o„tkazildi. Endilikda hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki 
qamoqda saqlanishi mumkin emasligi belgilandi. 
Shuningdek, mazkur Qonun bilan sudlar tomonidan qamoqqa olishga sanksiya 
berishning protsessual tartibi o„rnatildi. 
Bu borada “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya‟ni 2008 yildan ehtiyot 
chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga 
o„tkazilishi prinsipial qadam bo„ldi. Ushbu qarorning o„z vaqtida va puxta o„ylab 
qabul qilingani bugungi kunda ko„pgina amaliy misollarda o„z isbotini topmoqda. 
Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon 
bo„lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar 
tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot 
chorasini qo„llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi. 
Mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohani liberallashtirish borasidagi islohotlar 
haqida gapirganda, jinoyat-protsessual qonunchiligimizga kiritilgan o„zgartishlarga 
muvofiq tergov va shaxsni qamoqda saqlash muddatlari qisqartirilganini ta‟kidlash 
lozim. 
Sud-huquq sohasini isloh qilishda fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib 
chiqadigan nizolarni hal etish bo„yicha davlat sudlari bilan birga nodavlat sudlarini, 
ya‟ni hakamlik sudlarini, sudgacha taraflarning o„zaro kelishuvini tashkil etish 
yuzasidan mediatsiya institutini joriy etish maqsadga muvofiqdir. 
Bu borada 2006 yil 16 oktabrda “Hakamlik sudlari to„g„risida”gi O„zbekiston 
Respublikasining Qonuni qabul qilindi va hakamlik sudlarini tashkil etishning 
huquqiy asoslari belgilab berildi. 
Ushbu Qonunda hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko„rsatuvchi hakamlik sudi yoki 
muvaqqat hakamlik sudi) – fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi 
nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub‟ektlari o„rtasida vujudga keluvchi xo„jalik 
nizolarini hal etuvchi nodavlat organ ekanligi, hakamlik sudida nizoni hal etish uchun 
hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan 
O„zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi bo„lishi mumkinligi ko„rsatildi. 
Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, 
shu jumladan tadbirkorlik sub‟ektlari o„rtasida vujudga keluvchi xo„jalik nizolarini 
hal etishi belgilandi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi “O„zbekiston 
Respublikasida advokatura 
institutini yanada 
isloh 
qilish chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi PF-3993-sonli Farmoni qabul qilindi. 
Farmonda advokatura institutini yanada isloh qilish fuqarolik jamiyati 
institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali 
himoya qilinishini har tomonlama ta‟minlashga qaratilgan sud-huquq tizimi 
sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi deb hisoblanishi 
ko„rsatildi. Unda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida fuqarolik 
jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida advokaturaning samarali o„zini o„zi 
boshqaradigan markazlashtirilgan tizimini tashkil qilish; advokatlikka nomzodlarning 
malakasiga nisbatan qo„yilayotgan talablarni kuchaytirish, ularning yuridik soha 


17 
bo„yicha ish tajribasiga ega bo„lishi va advokatlik tuzilmalarida amaliyot o„tashi, 
shuningdek advokatlarning muntazam kasbga oid malakasini oshirish; advokaturani 
halol va kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan to„ldirishda samarali litsenziyalash 
tizimini tashkil etish; advokatlik tuzilmalarining vakolatlari va huquqiy maqomini 
belgilash; jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlari 
tengligini ta‟minlash; sud ishida taraflar vakilligi institutini bosqichma-bosqich 
takomillashtirish; advokatlar tomonidan kasb etikasi qoidalariga rioya etilishini 
nazorat qilish mexanizmi va advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritish tizimini 
takomillashtirish advokatura institutini yanada isloh qilishning asosiy yo„nalishlari 
etib belgilandi. 
Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy 
a‟zoligiga asoslangan O„zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi negizida O„zbekiston 
Respublikasi Advokatlar palatasini tashkil etildi. Palataning asosiy vazifalari va 
faoliyati yo„nalishlari belgilab berildi. 
2008 yil 31 dekabrda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan 
O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar 
kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 
Shu asosda amaldagi qonunchiligimizga sud-huquq tizimini liberallashtirish, 
inson huquqlari himoyasini ta‟minlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismi 
bo„lgan advokatura mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator 
o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi. 
Ushbu Qonunga muvofiq, himoyachiga jinoyat ishini yuritishga mas‟ul bo„lgan 
davlat organlari va mansabdor shaxslardan mutlaqo mustaqil ravishda jinoyat ishi 
protsessining har qanday bosqichida malakali yuridik yordam ko„rsatish huquqi 
berildi. 
Shu bilan birga, himoyachining ko„rilayotgan ishda ishtirok etish uchun huquqni 
muhofaza qiluvchi organlardan o„ziga ijozat berilgani to„g„risida yozma ravishdagi 
tasdiqlovchi hujjat va shuningdek, o„z himoyasidagi shaxs bilan uchrashish uchun 
ruxsat olish majburiyatini belgilaydigan normalar jinoyat-protsessual qonunchiligidan 
chiqarildi. Endilikda bularning barchasi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlik 
muassasasi tomonidan beriladigan orderning o„zi yetarli ekanligi ko„rsatildi. 
Qonunda advokatning professional faoliyatiga to„sqinlik qilish, uning o„z 
himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini o„zgartirish maqsadida har qanday 
shaklda ta‟sir o„tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilandi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 23 iyundagi “Sud 
qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini 
ta‟minlash bo„yicha Tadqiqot markazini tashkil etish to„g„risida”gi PQ-896-sonli 
Qarori bilan O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini 
demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta‟minlash 
bo„yicha Tadqiqot markazi tashkil etildi.
Tadqiqot markazining asosiy vazifalari sud faoliyatini amalga oshirish, 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud tizimi vazifalarini belgilab 
beruvchi qoidalari ro„yobga chiqarilishi samaradorligi masalalari bo„yicha 
qonunchilik bazasini tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, Qonun 
ustuvorligini ta‟minlashga yo„naltirilgan huquqni qo„llash, sud amaliyotini o„rganish 


18 
hamda umumlashtirish; jinoiy, ma‟muriy jazolar tizimini yanada liberallashtirish, 
sud, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xo„jalik protsessual qonunchiligini, 
sud ishlarini yuritishni demokratlashtirish bo„yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; 
odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro„sini oshirish 
va mustaqilligini mustahkamlash, sud faoliyatiga aralashish hollariga barham berish, 
g„ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo„l qo„ymaslik bo„yicha takliflar 
tayyorlash; sud faoliyati sohasida xalqaro huquqning umume‟tirof etilgan prinsiplari 
va normalarini chuqur o„rganish hamda milliy qonunchilikka tatbiq etish deb 
belgilandi. 
Huquqni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish va liberallashtirish 
jarayonida 2008 yilning 22 sentabrida qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasining 
ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi Qonun 
muhim o„rin tutadi. 
Jumladan, ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksiga jinoyatlar to„g„risidagi arizalar, 
xabarlar va boshqa ma‟lumotlarni qabul qilish, ruyxatdan o„tkazish yoki ko„rib 
chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga 
olishdan qasddan yashirishi uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi yangi 241
1
-modda 
kiritildi. 
Shuningdek, mazkur Qonun bilan O„zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 
kodeksining 345-moddasiga jinoyat ishlarining tergovga tegishliligi qoidalarini 
takomillashtirishga 
qaratilgan 
o„zgartishlar kiritildi. Xususan, prokuratura 
organlarining tergoviga taalluqli Jinoyat kodeksining ellikta moddasida nazarda 
tutilgan va ularni fosh etish hamda tergov qilish bevosita Ichki ishlar organlarining 
profilaktik va tezkor-qidiruv faoliyati bilan bog„liq jinoyatlar bo„yicha ishlar ichki 
ishlar vazirligi organlarining tergoviga o„tkazildi. Shuningdek, prokurorning 
vakolatidan Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlarining bir tergov 
tarmog„idagi bitta tergovchidan boshqa tergovchiga ishni o„tkazish huquqi chiqarib 
tashlandi, tergovga tegishliligidan qat‟i nazar ishni bir tergov organidan boshqa 
tergov organiga o„tkazish vakolati esa, qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda 
faqat Bosh prokuror va uning o„rinbosarlarida saqlab qolindi. Jinoyat ishlarini 
birlashtirishda tergovga tegishliligini aniqlash masalalarida ham qat‟i qoidalar 
o„rnatildi. 
2008 yilning 28 avgustida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
tomonidan “O„zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e‟lon qilinganligining o„n yetti 
yilligi munosabati bilan amnistiya to„g„risida”gi Qarori e‟lon qilindi. Ushbu 
amnistiya akti qabul qilinishi va uni qo„llash tartibi haqida Nizom tasdiqlanishi bilan 
respublikamizda mazkur aktni sudga qadar ish yuritish va sud qarorlarini ijro etish 
masalalarini sudlar ixtiyoriga o„tkazish bo„yicha yangi tartib joriy qilindi. 
2008 yil 22 dekabrda esa O„zbekiston Respublikasining “Amnistiya aktini 
qo„llash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining 
ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul 
qilindi. 
Amnistiya aktini qo„llash masalasi sudlarning vakolatiga kiritilishi sud tizimini 
isloh qilishning mantiqiy davomi bo„lib, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish 


19 
masalalasini hal qilish borasida odillik, xolislik va beg„arazlik prinsiplarini 
ta‟minlashga hamda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga qaratildi. 
2010 yilning 18 may kuni ma‟qullangan “O„zbekiston Respublikasining Jinoyat 
kodeksiga qo„shimcha kiritish to„g„risida”gi Qonun jinoyat qonunini yanada 
liberallashtirish va jinoiy jazolarni differensiyalashga qaratilgan. Mazkur Qonun bilan
Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi barcha 
holatlardan faqatgina aybini bo„yniga olish to„g„risidagi arz qilish, chin ko„ngildan 
pushaymon bo„lish, jinoyatni ochish uchun faol yordam berish va yetkazilgan zararni 
bartaraf etish (55-modda birinchi qismining “a” va “b” bandlari) kabi holatlar 
aybdorning jinoyat sodir etilgandan so„ng faol ijobiy harakatlari ajralib turadi. 
Yuqoridagi to„rtta holat aybdorning amalda pushaymon bo„lganligini bildirib, 
uning o„z qilmishining g„ayriqonuniyligini anglaganligidan va u uchun jazo olishga 
tayyor ekanligidan dalolat beradi. 
Shu sababdan qabul qilingan Qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi 57-1-modda 
kiritilib, unda yuqorida ko„rsatilgan hollarda va og„irlashtiruvchi holatlar yo„qligida 
jazo muddati yoki miqdori Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida 
nazarda tutilgan eng ko„p jazoning uchdan ikki qismidan oshmaydigan jazo 
tayinlanishi lozimligi belgilab qo„yildi. 
2010 yil 1 iyunda “Sud ekspertizasi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining 
Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunda sud ekspertizasi – bu fuqarolik, xo„jalik, 
jinoyat va ma‟muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan 
hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san‟at yoki hunar sohasidagi maxsus 
bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o„tkazish va xulosa berishdan iborat 
bo„lgan protsessual harakat ekanligi ko„rsatildi. 
Xulosa berish uchun fan, texnika, san‟at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga 
ega bo„lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs sud 
eksperti hisoblanishi qayd etildi. 
2010 yil 28 sentabrda “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv 
organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o„zaro hamkorligi tartibi 
takomillashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-
protsessual kodeksiga o„zgartish va qo„shimcha kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston 
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 
Mazkur Qonun bilan O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 
“Jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik” nomli yangi o„n 
to„rtinchi bo„lim bilan to„ldirildi. 
Mazkur bo„limda Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining 
xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o„zaro hamkorligining tartibi to„g„risidagi 
asosiy qoidalar o„z ifodasini topdi. 
2011 yil 21 aprelda “O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining 
Qonuni qabul qilindi. 
Mazkur Qonun bilan kiritilgan qo„shimchaga ko„ra, endilikda ma‟muriy 
huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarni fuqarolik ishlari bo„yicha sudlar ham ko„rib 
chiqishlari belgilandi. 


20 
Qonun bilan O„zbekiston Respublikasining Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi 
kodeksi yangi 245
4
-modda bilan to„ldirildi. Unga ko„ra fuqarolik ishlari bo„yicha sudlar 
fuqarolik ishlarining muhokamasichog„ida ma‟muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan 
hollarda ushbu Kodeksning 180- va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma‟muriy 
huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarni ko„rib chiqadi. 
Shuningdek, Qonun bilan O„zbekiston Respublikasining Xo„jalik protsessual 
kodeksiga ham o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi. Xususan, Kodeksning sud 
buyrug„i bo„yicha talablar deb nomlanuvchi 103-moddasi yangi 1
1
-bandi bilan 
to„ldirildi. Bundan buyon kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to„lovlari bo„yicha 
qarzdorlikni undirish to„g„risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qo„yilsa 
sud buyrug„i berilishi mumkinligi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda Kodeks “Huquqiy ta‟sir choralarini qo„llash to„g„risidagi 
ishlarni yuritish” deb nomlanuvchi yangi 20
3
-bob bilan to„ldirildi.
Huquqiy ta‟sir choralarini qo„llash to„g„risidagi ishlar XPKda nazarda tutilgan 
qoidalar asosida, mazkur toifadagi ishlarning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olingan holda ko„rib chiqilishi qayd etildi. 
Bundan tashqari atrof tabiiy muhitga zararli ta‟sir ko„rsatayotgan ob‟ektlar 
faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish ham huquqiy ta‟sir chorasi 
sifatida ko„rsatildi. 
Yangi bobda huquqiy ta‟sir chorasini qo„llash to„g„risidagi arizaga ilova 
qilinishi lozim bo„lgan hujjatlar sanab o„tildi. 
Shuningdek, ushbu bobda mazkur toifadagi ishlarni ko„rib chiqish uchun 
qisqartirilgan protsessual muddatlar belgilandi. 

Yüklə 260,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin