4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Ziranamolar qabilasi — Apiales



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə42/63
tarix07.01.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#208788
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Ziranamolar qabilasi — Apiales
Qabila ikkita yirik va bitta kichik oilani o'z ichiga oladi. Bulardan eng kattasi va keng tarqalgani ziradoshlar oilasi.


Ziradoshlar (Soyabondoshlar) oilasi — Apiaceae (Umbelliferae)


Bu oila 300 taga yaqin turkumga mansub 3000 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Ular butun Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra oilada bir va ko'p yillik o'tlar ustunlik qiladi, qisman yarimbuta va butalardan iborat. Barglari turli darajada bo'lingan, butunlari ham bor. Ko'pincha turlarida (kavrak) bargining asosida qini (novi) bo'ladi. To'pguli oddiy yoki murakkab soyabon, kallakchadan iborat. Gullarining rangi juda ham xilma-xil, gulqo'rg'oni murakkab, gulkosachabarglari reduksiyalangan 5 tadan, mayda, gultojibarglari 5 ta, tutashmagan. Changchisi 5 ta, urug'chisi 2 ta, tugunchasi ostki. Gul formulasi: Ca5 0 Co5 A5 G(2). Mevasi — pistacha


O'rta Osiyoda oilaning 97 turkumga mansub 422 ta turi, O'zbekistonda 69 ta turkumga oid 198 ta turi o'sadi. Oila 3 oilachaga bo'linadi. Bulardan eng kattasi, ya'ni turkum va turlarga boyi Apiumdoshchalar (Apioideac) oilachasi bo'lib, u O'zbekistonda keng tarqalgan eng yirik turkumlar va foydali xususiyatlarga ega bo'lgan turlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, kovrak (Ferula) ning 45 turi, shashir (Prangos) ning 9 turi, zira (Bunium) ning 8 turi, skaligcriya (Scaligeria) ning 12 turi o'sadi. Bulardan tashqari ko'plab iste'mol qilinadigan turlardan petrushka (Petroselinum crispum), zira (Bunium persicum), shivit, ukrop (Anethum graveolens), sabzi (Daucus sativus) kabilar ham shu oilachaning vakillari sanaladi.
Kovrak (Ferula) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik monokarpik (hayotida bir marta gullab meva beradigan) va polikarpik (har yili gullab meva beradigan) poyalari yo'g'on va baland bo'yli o't o'simliklardan iborat. Barglari uzun bandli, yirik, yaprog'i bir nech karra bo'lingan, poyadagi barglarining qini yaxshi rivojlangan. Soyabonlari yirik, ko'p gulli. Gullari bir yoki ikki jinsli, sarg'ish. Mcvalari — pistachadan iborat. Turkum vakillari asosan Yevrosiyo va Afrikada tarqalgan. O'zbekistonda uning 45 turi o'sadi. Kovraklar cho'ldan tortib, tog'larning yuqori qismlarigacha bo'lgan hududlaridagi sho'rxok, gipsli, mayda chag'ir toshli tuproqlarda, shag'alli hamda toshli joylarda tarqalgan. Respublikada keng tarqalgan turlaridan biri — F. diversivittata (3.34-rasm). Kovraklar yaxshi yem-xashak, asalshira beruvchi, dorivor va iste'mol qilinadigan (sassiq kovrak) o'simliklar hisoblanadi Zira (Bunium) turkumi. Zira turkumiga ko'p yillik, tugunakli o't o'simliklar kiradi. Ildiz bo'g'zida joylashgan to'p barglari uzun bandli, yaprog'ipatsimon qirqilgan. Gullari 2 xil — ikki va bir jinsli gulqo'rg'oni murakkab, gultojibarg-chalari oq rangli. Ziraning xushbo'y zira (B. persicum) nomli turini ko'pchilik yaxshi biladi. U tuganakli, poyasi tik o'suvchi, oqimtir yashil rangli, tuksiz ko'p yillik o't. Asosan O'zbekistonning janubiy tumanlarida mayda chag'ir toshli soz tuproqlarda, tog'ning pastki va o'rta qismlarida o'sadi. Zira iyunda gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Bu turli taomlar tayyorlashda-ishlatiladigan muhofazaga muhtoj tur. Urug'idan va tuganagidan ko'payadi.




Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin