GLOSSARIY 1.Oddiy gulqurg‘on – gulning toji, kosachasi bilan birga murakkab yul qurg‘onni tashkil qiladi, agar gulbarglar kasocha va tojga differensiyalanmagan bo’lsa, u xolda oddiy gul qurg‘on deyaladi.
2. Tojsimon gulqurg‘on – bunday gulqurg‘on rangli bargchalardangina iborat bo’ladi.
3. Kosachasimon gulqurg‘on - kosachasimon barglardan iborat oddiy gulqurg‘on.
4.Monokarp o’simliklar-(gr. monos –bitta+karpos –meva)- xayotida faqat bir marta gullab urug‘laydigan (meva beradigan) o’simliklar. Ular meva xosil berganlaridan so’ng halok bo’ladi.
Oilaning gul tuzilishiga asosan guruxlarga bo’linishi.
Qoqidoshlar oilasi vakillaridagi gul tiplari asosida oilachalarga bo’linishi va asosiy turkum vakillariga ta’rif.
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Yalpiznamolar qabilasi, yalpizdoshlar oilasi, qoqio’tnamolar qabilasi, qoqidoshlar oilalarining sistematik belgilari, asosiy turkum va turlarining tuzilishi va tarqalishi va ahamiyati xaqidagi ma’lumotlar berish.
Pedagogik vazifalar:
-Yalpizdoshlar oilasining sistematik belgilari, tuzilishi, tarqalishiga oid ma’lumotlar berish.
-Yalpizdoshlar oilasi vakillarining xalq xujaligidagi ahamiyati xaqida fikr yuritish.
-Qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasining sistematik belgilari, xaqida ma’lumot berish.
-Oilaning gul tuzilishiga asosan guruxlarga bo’linishi bo’yicha fikr yuritish.
-.Qoqidoshlar oilasi vakillaridagi gul tiplari asosida oilachalarga bo’linishi xususida ma’lumot berish.
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba:
-Yalpizdoshlar oilasining sistematik belgilari, tuzilishi, tarqalishi xaqida tushunchalarga ega bo’ladi.
-Yalpizdoshlar oilasi vakillarining xalq xujaligidagi ahamiyati xaqida o’z fikrini beradi.
-Qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasining sistematik belgilari xaqida gapirib beradi.
-.Oilaning gul tuzilishiga asosan guruxlarga bo’linishi xaqida o’z fikrini ifodalaydi.
-Qoqidoshlar oilasi vakillaridagi gul tiplari asosida oilachalarga bo’linishi va asosiy turkum vakillari xaqida tushunchalarga ega bo’ladi
O’qitish uslubi va texnikasi
Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat, bayon qilish, aqliy hujum, blis so’rov